Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 39sb 21tja


Tartib (qator) shkalasi - o’lchanadigan kattaliklarning o’sish yoki kamayish tartibida joylashgan o’lchamlari


Download 79.1 Kb.
bet10/11
Sana23.04.2023
Hajmi79.1 Kb.
#1384580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kattaliklarning o’lchov birliklari. Reja

Tartib (qator) shkalasi - o’lchanadigan kattaliklarning o’sish yoki kamayish tartibida joylashgan o’lchamlari, bularda:

  • ekvivalentlik munosabati qo’llaniladi

  • tartib munosabati («katta-kichik» turidagi) qo’llaniladi

  • proporsionallik munosabati qo’llanilmaydi

  • jamlash munosabati qo’llanilmaydi - nol tushunchasi mavjud yoki yo’q - o’lchash birligi mavjud emas.

Misol:
Moosa minerallarining qattiqlik shkalasi (Brinnel, Vikkers, Rokvell, Shor va b) jismlarning qattiqlik shkalalari yorug’lik sezuvchan shkalalari (yorug’lik sezuvchanlik) ishqorli, yodli, gidroksilli, efirli sonlar shamol kuchining balli (Bofort shkalasi bo’yicha, ersilkinish (qimirlash) kuchi (Rixter shkalasi bo’yicha), atom elektrostansiyalaridagi portlashlar (MAGATE shkalasi bo’yicha) va buzilishlarga mustahkamligi.
Oraliqlar (interval) shkalasi, bularda:

  • ekvivalentlik munosabati qo’llaniladi;

  • katta-kichik turidagi tartib munosabati qo’llaniladi;

  • proporsionallik munosabati qo’llaniladi;

  • jamlash munosabati qo’llaniladi;

  • kelishuv bo’yicha o’rnatilgan nol tushunchasi mavjud;

  • - kelishuv bo’yicha belgilangan o’lchash birligi mavjud.

Oraliq shkalasida o’lchanadigan kattaliklarning o’lchamlari aniq intervallarda (oraliqlarda) joylashtiriladi.
Misol:

  1. Qiymatlari Metrik Кonvensiya mamlakatlari o’rtasidagi kelishuv bo’yicha qabul qilingan va aniq o’lchashlar asosida belgilangan reper nuqtalar qatoridan tuzilgan Xalqaro harorat shkalasi haroratni o’lchash uchun boshlang’ich asos bo’lib xizmat qiladi.

  2. Vaqt intervallari shkalasi. Vaqt intervallari shkalasi bo’yicha oraliqlarni (intervallarni) qo’shish (ayirish) va bir interval ikkinchisiga qaraganda qanchaga katta (kichik) ekanligini taqqoslash mumkin, lekin qandaydir hodisa vaqtini qo’shishning hech qanday ma’nosi yo’q.

  3. Uzunlik shkalasi (uzunlik o’lchovlari chizg’ichlar, ruletkalar, kalibrlar, qisqichlar (hupo’) va h.k.).

  4. Selsiy, Farangeyt, Reomyura va boshqa harorat shkalalari.


Download 79.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling