Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo-mexanika fakulteti 31S"A"-20 tja guruh
Download 353 Kb.
|
Raqamli mustaqil ish
Elektromagnitli datchiklar
Elektromagnitli datchiklar sodda tuzilishi va puhtaligi bilan avtomatika tizimlarida keng miqyosda qo‘llanib kelinmoqda. Elektromagnitli datchiklar kirish kattaligini o‘zgarishi bo‘yicha induktiv, transformator va magnitoelastik turlariga bo‘linadi. Bir taktli induktiv datchik Induktiv datchiklar ish prinsipi datchikni magnit zanjiridagi elementlar mexanik siljishidagi chо‘lgamdagi induktivlik о‘zgarishiga asoslangan. Rasmda bir taktli induktiv datchik sxemasi keltirilgan. Datchik chо‘lgam 2 joylashgan qо‘zgalmas о‘zak 1 va qо‘zgaluvchan yakor 3 dan iborat. CHо‘lgam bilan ketma-ket yuklama qarshiligi RH, ulangan bо‘lib undan chiqish signali UN. olinadi. Datchik f chastotli Uman kuchlanishli о‘zgaruvchan tok manbaiga ulangan. 3-rasm. Oddiy induktiv datchik sxemasi. Ikki taktli induktik datchigi Ikki taktli induktiv datchikni biri taktli datchik asosida qurish mumkin. Buning uchun ikkita biri xil biri taktl datchik olinadi va ularni о‘lchanayotgan siljishga va chiqish signaliga nisbatan differensial ulash kerak. Ikki taktli datchikni tashkil qilish uchun bir taktli datchiklar sxemasi rasmda keltirilgan. Sxemada ikki tok konturi I1 va I2. kattaliklari chо‘lgamlar L1 va L2 induktivliklariga bogliq. Konturlar transformator Tr ikkilamchi differensial chо‘lgamlaridan ta’minlanayotganligi uchun konturlardagi toklar hamisha bir biriga qarama qarshi yо‘nalgan va yuklamadagi natijaviy tok ular farqiga teng. 4-rasm. Induktiv datchikni differensial ulanish sxemasi. Pezoelektrik datchiklar P’ezoelektrik datchiklarni ishlashi esa mehanik bosimlar ta’sirida kvars, segment tuzi kabi kristallarni polyarizatsiyalanish hodisasiga asoslangan. 5-rasm. Pezoelektrik bosim datchigi sxemasi. Pezoelektrik datchiklar bosim o‘zgarishi tez o‘tadigan qurilmalarda ishlatiladi. Bunda pezoelektrik effektdan foydalaniladi, ya’ni deformatsiya tufayli ba’zi bir dielektriklar qirg‘og‘ida elektr zaryadlari paydo bo‘ladi. Pezoelektrik effektga ega bo‘lgan materiallarga kvars, segnet tuzi, bariy titanati va shu kabilar kiradi. Ixchamlik sodda tuzilishga ega ekanligi ularni afzalligi bo‘lsa, sezgirligini ozligi, statik miqdorlarni o‘lchash imkoniyati yo‘qligi uning kamchiligidir.Pezoelektrik manometrlarning ishlash prinsipi ba’zi kristall moddalarning mexanik kuch ta’sirida elektr zaryad hosil qilish qobiliyatiga asoslangan. Bu hodisa pezoeffekt deb ataladi. Pezoeffekt kvars, turmalin, segnet tuzi, bariy titanat va boshqa moddalar kristallarida kuzatiladi. Bu turdagi 25 asboblarda ko‘pincha kvars ishlatiladi. Kvarsning pezoelektr effekti +500°C gacha bo‘lgan haroratga bog‘liq emas, lekin +570°S dan oshgan haroratda bu effekt nolga teng bo‘lib qoladi. 6-rasm. Pyezoelektrik manometr sxemasi. Download 353 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling