2
A3
|
Tishli va chervyakli uzatmalarni loyiha va tekshiruv hisoblari.
|
2
|
Jami
|
6
|
Mashg’ulotlar shakli: tajriba (T)
|
soat
|
T1
|
Silindrik tishli va chervyakli reduktorlarni mexanik foydali ish koeffisiyentini (FIK) aniqlash.
|
2
|
T2
|
Uzatma, val va reduktorlarni muvofiqlashtirish (Chervyakli reduktorni sinash va ish qobiliyatini baholash)ni o‘rganish.
|
2
|
Jami
|
4
|
Kurs loyihasi bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar (KL/KI)
|
soat
|
|
«Mexanika (MD)» fanidan kurs loyihasi muxandislik ishi sohasida ta`lim olayotgan talabalar uchun mashina va mexanizmlarni loyihalash bo'yicha ilk amaliy- konstruktorlik tajribasi bo'ladi. Kurs loyihasiga topshiriqda talabalarga ularning ta`lim yo'nalishidagi ishchi texnologik mashina va mexanizmlaming yuritmalarini loyihalash bo'yicha shaxsiy topshiriqlar berildi. Topshiriqda odatda yuritmaning kinematik sxemasi, ekspluatatsion, yuklama va energetik parametrlari beriladi.
Talabalar berilgan vazifa bo'yicha yuritmaning hamma elementlari hisobini bajarishi va silindrik konussimon va chervyakli reduktor ko'rinishidagi yopiq va ochiq uzatmani hamda yuritmani loyihalashlari zarur bo'ladi.
Kurs loyihasi asosan talabalaming mustaqil ishga ajratilgan vaqti hisobiga bajariladi. Lekin talabalardan bu loyihani o'z vaqtida sifatli bajarish ancha jiddiy mehnat va malakani talab etadi. Shu sababli, kurs loyihasiga rahbar va maslahatchi o'qituvchilar o'tiladigan maslahat darslarida talabalarni aksariyat qismida qiyinchilik tug'diradigan masalalarni tushuntirib, talabalar to`g'ri anglashiga va ma`lumotnoma adabiyotlardan to`g'ri foydalanishiga yo`nalish, ko'rsatma va tavsiyalar berishi kerak bo'ladi. Bunda kurs loyihalari topshiriqlarini ayrim qismlarini dars vaqtida hamma talabalar bilan misol ishlab ko'rilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu bilan birga, talabalaming kurs loyihasini to'g'ri va o'z vaqtida bajarishga yordam beradigan boshqa choralarni, jumladan, loyihaning ma`lum qismi-hisoblari yoki chizmani kompyuter dasturlari yoki grafik dasturlar yordamida bajarishga imkon berish mumkin. Lekin, bu dastur va vositalardan foydalanganda talabaga ko'r-ko'rona ko'chirish yoki dasturdan shablon sifatida foydalanishga yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Kurs loyihasi vazifasini bajarishda talabaga tarqatiladigan topshiriq ochiq va bir-ikki pog'onali reduktor ko'rinishidagi uzatmadan iborat bo'ladi. Bu yuritmalami loyihalash uchun quyidagi yuritmalar bo'yicha topshiriqlar mavzulari:
-yuk tashuvchi mexanizmlar yuritmalari;
-yuk ko'tarish mexaiizmlari yuritmalari;
-ish bajaruvchi texnologik mashiialar yuritmalari.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |