NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI HUZIRIDAGI NUKUS KONCHILIK INSTITUTI “UMUM TEXNIKA” FAKULTETI
4B-Tj guruhi talabasi
Yo‘ldoshova Hilolaning
Avtomatlashtirishning texnik vositalari
fanidan
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: _____________Yo‘ldashova H
Qabul qildi: ___________Kazakbayev S
Mavzu:Ko‘p kanalli sanoat kontrollerlari Dasturiy-texnik kontrollerlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar va tasnifi - Kibernetika fanining asoschisi, amerikalik matematik N.Viner XVIII asr soatlar asri, XIX asr bug’ mashinalari asri, hozirgi payt esa aloqa va boshqarish asri deb ta’kidlagan edi. «Zamonamiz texnikasi murakkab kompleks tizimlardan foydalanish bilan tavsiflanib, ularda inson diqqati va xotirasi erisha olmaydigan tezlik va aniqlik bilan muvofiqlashtirish, boshqarish va tartibga solishni talab qiluvchi juda ko’p sonli va xilma xil moddiy, energetik va axborot oqimlari chirmashib ketgan. Boshqarishning bunday masalalarini amalga oshirish hisoblash texnikasi negizida faqat avtomatlashtirishning texnik vositalaridan foydalanibgina bo’lishi mumkin. Sanoat avtomatlashtirishi kompyuter tizimlarining texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (TJABT) rivojlanishini uchta yirik bosqichga ajratish mumkin. Bu bosqichlarda boshqarish tizimlari markazlashgan tuzilishga ega bo’lib, ko’pincha real vaqt rejimida yetarlicha tezkorlik va ishlashni ta’minlay olmasdi. O’sha vaqtdagi kompyuterlar element bazasi va dasturiy ta’minoti mukammal bo’lmagani sababli ishonchliligi past edi, shu sababli ko’pincha ishdan chiqar edi. Mikroelektronikadagi muvaffaqiyatlar, mikroprotsessorlarning paydo bo’lishi 80-yillarning boshlarida boshqarish tizimining tuzilish texnikasida inqilobiy o’zgarishlarni amalga oshirdi, sanoat ishlab chiqaradigan kompyuterlashtirishning va avtomatlashtirishning mutlaqo yangi texnik vositalarini yaratishning uchinchi bosqichini ochib berdi. Mikroprotsessorlar avtomatlashtirish va nazoratning ayrim vositalari tarkibiga kira boshladi. Ayrim qurilmalar o’rtasida ma’lumotlarni raqamli uzatish hisoblash tarmog’ini boshqarish tizimlarini qurishga asos qildi. Ma’lumotlarga ishlov berishning ayrim qurilmalari orasidagi raqamli aloqani ko’zda tutuvchi yangi tuzilishdagi texnologik jarayonni boshqarish tizimi markazlashtirilmagan - MTJABT yoki taqsimlangan - TTJABT degan nomni oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |