Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti imyo-metallurgiya fakulteti «kimyoviy texnologiya» kafedrasi


KIRISH Fan dasturining asosiy qismlari


Download 71.47 Kb.
bet2/9
Sana09.02.2023
Hajmi71.47 Kb.
#1182233
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
МУТ тажриба 4--курсларга (1)

KIRISH
Fan dasturining asosiy qismlari
Ushbu dastur sulfat kislota va bog‘langan azot birikmalari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari, ularning qo‘shimcha zararli aralashmalardan tozalash usullari, ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslari, texnologik tizimlarni solishtirish va tanlash masalalarini qamraydi.

FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Fanning maqsadi mazkur Sillabus asosida tavsiflaydi. Ushbu fan talabalarga noorganik moddalar va mineral o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarida o’z ish faoliyatlarini boshlash va rivojlantirishda amaliy ko’nikmalarini ishlab chiqish uchun nazariy va amaliy asos beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, ishlab chiqarish uskunalari, mineral o’g’itlar ishlab chiqarishini taraqqiy qilish masalalarini o`rganish, tarmoq normalarini va xavfsizlik qoidalarini o`zlashtirish, apparatlar va uskunalarni joylashtirish, kundalik texnologik xujjatlarni rasmiylashtirish, chiqindilardan foydalanish muammosini hal qilish va chiqindisiz texnologiyani joriy qilish.


Fanning vazifasi - talabalarni mustaqil fikrlashga, mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha barcha jarayonlarni to‘g‘ri olib borishni, mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish texnologiyasida yuzaga keladigan texnologik nuqsonlarni bartaraf etish choralarini, maxsulot balansini to‘g‘ri yuritish va xisob kitoblarni to‘g‘ri olib borishni o‘rgatishdan iborat. Mineral o’gitlar ishlab chiqarish texnologiyasi bo`yicha respublikamiz va xorijiy ilg`or yutuqlarini tahlil qilishda uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fanni o‘qitishda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalaridan, zamonaviy interaktiv ta’lim berish usullaridan - aqliy xujum, klaster usuli, bumerang va boshqa usulardan foydalaniladi.
Maqsadlar talabalarga quyidagilarni o’rganish imkonini beradi:
• mineral o’g’itlar ishlab chiqarishini taraqqiy qilish masalalarini o`rganish;
• tarmoq normalarini va xavfsizlik qoidalarini o`zlashtirish;
• apparatlar va uskunalarni ishlab chiqarish hududida joylashtirishni o’rganish;
• kundalik texnologik xujjatlarni rasmiylashtirishni o’rganish;
• chiqindilardan foydalanish muammosini hal qilish va chiqindisiz texnologiyani joriy qilish;
• mineral o’gitlar ishlab chiqarish texnologiyasi bo`yicha respublikamiz va xorijiy ilg`or yutuqlarini tahlil qilish.

Download 71.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling