NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
KIMYO-METALLURGIYA FAKULTETI
Asosiy texnologik jarayon va qurilmalarFANIDAN
MUSTAQIL ISH
GURUH: 41 - 20KT
BAJARDI: Jurayev Xurshid
TEKSHIRDI: _______________________
Mavzu: Nurlanuvchi va cho‘ktiruvchi elektrod
Reja
1.Elektrmaydon ta’sirida gazlarni tozalash.
2.Ionlashtirish.
3.Nurlanuvchi (tojli) va cho’ktiruvchi elektrod.
4.Elektrofiltrlar turlari, tuzilish iva ishlash prinstipi
Elektr maydon kuch chiziqlarining sxemasi.
Agar, gaz yuqori kuchlanishli o’zgarmas tokg ulangan ikki ele ktro dorasida hosil bo’lgan elektrmaydoniga gaz yuborilsa uning molekulalari ionizastiyaga uchraydi, ya’ni musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarga ajraladi. Natijada ular kuch chiziqlar yo’nalishida harakat qilishni boshlaydi. Zaryadlangan zarracha tezligining vector yo’nalishining musbat yoki manfiyligiga bog’liq bo’lsa, xarakat tezligi esa elektrmaydoni kuchlanganligi bilan belgilanadi.
Agar elektr maydon kuchlanganligini 10000V dan oshirsak, ion va elektronlar kinetic energiyasi shunchalik kattalashadiki, harakat yulida uchragan gazning barcha neytral molekulalari musbat ion va erkin elektronlarga parchalaydi. Yangidan hosil bo’lgan zaryadlar ham uzharakat yo’nalishida gazlarni ionizastiyaga duchor qiladi. Natijada to’xtovsiz ravishda ion hosil bo’ladi va hamma gaz ionizastiyalanadi. Bunday jarayon zarbali ionizastiya deb nomlanadi.
Gaz to’liq ionizastiyaga uchraganda, elektrodlar orasida elektr razryadi paydo bo’lishi uchun sharoitlar yaratiladi. Agar, elektrmaydon kuchlanganligi yanada oshirilsa, uchqun sakrab o’tishi, keyin esa elektr o’tishi va elektrodlar qisqa tutashuvi bo’lishi mumkin. Bunday hodisalar oldini olish uchun turli jinsli elektr maydoni hosil qilinadi.
Buning uchun, truba o’qidan yoki ikki parallel plastinalar orasida tortilgan ingichka similar ko’rinishida elektrod yasaladi.
Sim atrofida elektrmaydon kuchlanganligi juda yuqori bo’lib, truba yoki plastina tomonga yaqinlashgan sari kamayib boradi Shuni alohida ta’kidlash kerakki, truba yoki plastina oldidagi maydon kuchlanganligi shundayki, uchkun va elektr o’tish hodisalari ro’y bermaydi.
To’liq ionizastiyaga oid maydon kuchlanganligida elektrodlar orasida "tojli" razryad hosil bo’ladi. Bunda butunlay ionizastiyaga uchragan gaz qatlami chug’lanib, nur va charsillagan ovoz chiqaradi. Tojda hosil bo’ladigan elektrod "tojli" elektrod deb nomlanadi. Truba yoki plastina ko’rinishidagi qarama – qarshi zaryadlangan elektrod - cho’ktiruvchi elektrod deb ataladi.
"Tojli" elektrod manfiy, cho’ktiruvch iesa – musbat qutbga ulanadi. Bunday holatlarda elektrodlarga juda yuqori kuchlanish berish mu mkin. "Toj" hosil bo’lishi bilan ikkala ishorali ion va erkin elektronlar paydo bo’ladi.
Elektrmaydon kuchlanganligi ta’sirida ionlar "tojli'' elektrod tomon harakat qiladi va unda neytrallanadi.
Manfiy ion va erkin elektronlar cho’ktiruvch ielektrod tomon yunaladi.Yul-yulakay chang va tomchilar bilan to’qnashib, ularga o’z zaryadini o’tkazadi va cho’ktiruvchi elektrod tomon olib ketadi. Natijada chang yoki tuman zarrachalari shu elektrodda cho’kadi. Gazdagi chang zarrachalarining asosiy qismi manfiy zaryadlanadi, chunki musbat ionlarga qaraganda xarakatchan manfiy electron va ionlar cho’ktiruvchi elektrodga etguncha kata masofani bosib o’tadi. Shuning uchun ham, gazdagi zarrachalar bilan ularning to’qnashish ehtimoli katta. Faqat "tojli" elektrod atrofidagi musbat zaryadlangan ionlar bilant o’qnashganda, chang yoki tuman zarrachalarining kichik bir qismi "tojli" elektrodda cho’kadi. Manfiy zaryadlangan ionlar, chang yoki tuman zarrachalari cho’ktiruvchi elektrodga etganda, unga o’z zaryadini beradi va og’irlik kuchi ta’sirida cho’kadi. Bunday cho’ktirish jarayoni elektrofiltrda olib boriladi.
Elektrodlarga o’tirib qolgan chang zarrachalarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida, vaqti-vaqti bilan elektrodlarga o’tirib qolgan zarrachalar silkitib tushiriladi yoki elekgrofiltrga kiritilishdan avval changli gaz namlanadi
(o’tkazuvchanliginioshirishuchun). Lekin, gazning temperaturasi shudring nuqtasidan pasayib ketishi mumkin emas.
Changli gazlar tarkibidagi (qattiq zarrachalarni elektrmaydoni ta’sirida tozalash, boshqa usullarga qaraganda ko’pgina afzalliklarga ega. Cho’ktirish qurilmalarida, ya’ni stiklon, engli filtr, skrubberlarda og’irlik va markazdan qochma kuchta’sirida mayda zarrachalarni ajratib bulmaydi.
Turli jinsli gaz aralashmalarini elektrmaydon ta’sirida ajratish elektrodlarda amalga oshiriladi. Chang va tutunlarni tozalash uchun quruq, tumanlarni tozalash uchun esa - ho’l elektrofiltrlar qo’llaniladi.
Oddiy elektrofiltr- ikkita elektroddan iborat bo’lib, bittasi - anod- truba yoki plastina, ikkinchisi esa - katod – sim ko’rinishida tayyorlanadi. Katod – sim truba ichiga yoki plastina anodlar orasiga tortiladi. Anodlar har doim yerga ulanadi.
Elektrodlar o’zgarmas tok manbasiga ulanganda 4...6
kV/smga teng potenstiallar farqi hosil bo’ladi. Bu qiymat katodning 1m uzunligida 0,05...0,5 mA tok zichligini ta’minlaydi.
1-rasm.1-«tojli» elektrod; 2-cho’ktiruvchi trubali elektrod; 3-kuch yo’nalishlari; 4-cho’ktiruvchi, plastinal ielektrod. I-changli gaz; II-tozalangan gaz.
Gazli aralashma trubali-elektrodichiga yokiplastinalar orasiga uzatiladi. Elektrodlardagi yuqori potenstiallar farqi va elektr maydonining turli jinsliligi tufayli manfiy elektrod-katod atrofidagi gaz qatlamida anodga qarab yo’nalgan elektronlar oqimi hosil bo’ladi. Natijada gaz neytral molekulalarining elektronlar bilan to’qnashuvi tufayli gaz ionizastiyaga uchraydi. Ionizastiya o’z navbatida gazni musbat va manfiy ionlar ajratishiga olib keladi. Musbat ionlar katod, manfiylari esa katta tezlikda anod tomon harakat qiladi. Odatda chang va tuman zarrachalari anodga cho’kadi va uni cho’kma qatlami bilan qoplay di. Elektrmaydoni ta’sirida cho’ktirish tezligi sekundiga bir necha santimetrdan bir necha o’nlab santimetrgacha oraliqda bo’ladi. Cho’ktirish tezligi zarracha o’lchami va gazning gidravlik qarshiligiga bog’liq.
Elektrmaydonida zarracha parning cho’kish tezligini aniqlash uchun jarayonla minar rejimda amalga oshadi deb qabul qilamiz. Elektrmaydoni zaryadlangan zarrachaga F =pe0·Ex (bu yerda p – zarracha olgan zaryad; e0 – elementar zaryad kattatigi; Ex –kuch bilan ta’sir etadi
Trubalielektrofiltrlar. Chang va tutun gazlari qurilmaning pastki qismi bo’lmish elektrodla rmahkamlangan teshikli panjara tagiga uzatiladi va trubali elektrod (anod)lar ichiga taqsimlanadi Trubali elektrodlar ichiga "toj" hosil qiluvchi elektrodlar- katodlar urnatilgan. Elektrodlar izolyatorga tayanib turuvchi umumiy romda maxkamlanadi. Elektrmaydoni ta’sirida gaz tarkibidagi zarrachalar cho’kadi. Anodga cho’kib, kotlam hosil qilgan zarrachalar vaqt-vaqti bilan silkitib turiladi va qurilmaning pastki qismida konussimon tubda yig’iladi. Yig’ilgan chang zarrachalardan iborat cho’kma pastki shtusterdan to’kiladi tozalangan g az esa – filtrninng tepa qismidagi shtusterdan atrof muhitga chiqarib yuboriladi Odatda, trubalar diametri 150...300 mm va uzunligi 3...4 m qilib yasaladi. Trubalar ichida tortilgan similar diametri 1,5...2,0 mm. Gazlarning tozalanish darajasi 99%, ayrim hollarda 99,9% ni tashkil etadi.
Plastinali elsktrofiltrlarda anod vazifasini plastinalar, katodni esa – plastinalar orasiga tortilgan similar bajaradi. Elektrofiltrda gazlarni tozalanish darajasi, changlarning elektro’tkazuvchanlngig bog’liq.
Agar zarrachalar elektrtokini yaxshi o’tkazsa, unda zarrachalar zaryadini bir zumda beradi va electron zaryadini egallaydi. Bunda, bir – biridan qochish Kulon kuchi hosil bulib, filtrdan taz bilan zarrachalar uchib ketishga olib keladi va tozalanish darajasi kamayadi.
Agar, zarrachalar elektr tokini yomon o’tkazsa, unda elektrodda manfiy zaryadlangan zarrachalardan iborat
Zich qatlam ,hosil bo’lib, asosiy elektrmaydonga qarshi ta’sir qiladi.
Gaz tarkibidagi zarrachalar konstentrastiyasi yuqori bo’lganda ham, gazning tozalanish darajasi past bo’ladi. Chunki, ionlarning zarrachalarda cho’kishi, olib o’tilgan zaryadlar sonini kamayishiga sababchi bo’ladi.
Elektrostatik kuchlar ta’sirida gazlarni tozalash elektr razryadi yordamida gaz molekulalarining ionizatsiya qilinishiga asoslangan.
Agar yuqori kuchlanishli o`zgarmas tokka ulangan ikki elektrod orasida hosil bo`lgan elektr maydoniga gaz yuborilsa uning molekulalari ionizatsiyaga uchraydi, ya`ni musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarga ajraladi. Natijada ular kuch chiziqlar yo`nalishida harakat qila boshlaydi. Zaryadlangan zarracha tezligining vektor yo`nalishi, uning musbat yoki manfiyligiga bog’liq bo`lsa, harakat tezligi elektr maydoni kuchlanganligi bilan belgilanadi.
Agar elektr maydon kuchlanganligini 10000 V dan oshirsak, ion va elektronlar kinetik energiyasi shunchalik kattalashadiki, harakat yo`lida uchragan gazning barcha neytral molekulalarini musbat ion va erkin elektronlarga parchalaydi. Yangidan hosil bo`lgan zaryadlar ham o`z harakat yo`nalishida gazlarni ionizatsiyaga duchor qiladi. Natijada to`xtovsiz ravishda ion hosil bo`ladi va hamma gaz ionizatsiyalanadi. Bunday jarayon zarbali ionizatsiya deb nomlanadi. Gaz to`liq ionizatsiyaga uchraganda, elektrodlar orasida elektr razryadi paydo bo`lishi uchun sharoitlar yaratiladi. Agar, elektr maydon kuchlanganligi yanada oshirilsa, uchqun sakrab o`tishi, keyin esa elektr o`tishi va elektrodlar qisqa tutashuvi bo`lishi mumkin. Bunday hodisalar oldini olish uchun turli jinsli elektr maydoni hosil qilinadi. Buning uchun truba o`qidan yoki ikki parallel plastinalar orasida tortilgan ingichka simlar ko`rinishida elektrod yasaladi.
Sim oldida elektr maydon kuchlanganligi juda yuqori bo`lib, truba yoki plastina tomonga yaqinlashgan sari kamayib boradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, truba yoki plastina oldidagi maydon kuchlanganligi shundayki, uchqun va elektr o`tish hodisalari ro`y bermaydi. To`liq ionizatsiyaga oid maydon kuchlanganligida elektrodlar orasida "tojli" razryad hosil bo`ladi. Bunda butunlay ionizatsiyaga uchragan gaz qatlami cho`g’lanib, nur va charsillagan ovoz chiqaradi. "Toj" hosil qiladigan elektrod nurlanuvchi elektrod deb nomlanadi. Truba yoki plastina ko`rinishidagi qarama - qarshi zaryadlangan elektrod - cho`ktiruvchi elektrod deb ataladi.
Nurlanuvchi elektrod manfiy, cho`ktiruvchi esa - musbat qutbga ulanadi. Bunday holatlarda elektrodlarga juda yuqori kuchlanish berish mumkin. "Toj" hosil bo`lishi bilan ikkala ishorali ion va erkin elektronlar paydo bo`ladi Elektr maydon kuchlanganligi ta`sirida ionlar nurlanuvchi elektrod tomon harakat qiladi va unda neytrallanadi.
Manfiy ion va erkin elektronlar cho`ktiruvchi elektrod tomon harakatlanadi. Yo`l-yo`lakay chang va tomchilar bilan to`qnashib, ularga o`z zaryadini o`tkazadi va cho`ktiruvchi elektrod tomon olib ketadi. Natijada chang yoki tuman zarrachalari shu elektrodda cho`kadi. Gazdagi chang zarrachalarining asosiy qismi manfiy zaryadlanadi, chunki musbat ionlarga qaraganda harakatchan manfiy elektron va ionlar cho`ktiruvchi elektrodga etguncha katta masofani bosib o`tadi. Shuning uchun ham, gazdagi zarrachalar bilan ularning to`qnashish ehtimoli katta. Faqat nurlanuvchi elektrod atrofidagi musbat zaryadlangan ionlar bilan to`qnashganda, chang yoki tuman zarrachalarining kichik bir kismi nurlanuvchi elektrodda cho`kadi. Manfiy zaryadlangan ionlar, chang yoki tuman zarrachalari cho`ktiruvchi elektrodga etganda, unga o`z zaryadini beradi va og’irlik kuchi ta’sirida cho`kadi.
Bunday cho`ktirish jarayoni elektrofiltrlarda olib boriladi.
Elektrodlarga o`tirib qolgan chang zarrachalarining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida, vaqti-vaqti bilan elektrodlarga o`tirib qolgan zarrachalar silkitib tushiriladi yoki elektrofiltrga kiritilishdan avval changli gaz namlanadi (o`tkazuvchanligini oshirish uchun). Lekin gazning temperaturasi shudring nuqtasidan pasayib ketishi mumkin emas.
Changli gazlar tarkibidagi qattiq zarrachalarni elektr maydoni ta’sirida tozalash, boshqa usullarga qaraganda ko`pgina afzalliklarga ega. Cho`ktirish qurilmalarida, ya’ni siklon, engli filtr, skrubberlarda og`irlik va markazdan qochma kuch ta’sirida mayda zarrachalarni ajratib bo`lmaydi Turli jinsli gaz aralashmalarini elektr maydon ta’sirida ajratish elektrofiltrda amalga oshiriladi. Chang va tutunlarni tozalash uchun quruq, tumanlarni tozalash uchun esa - ho`l elektrofiltrlar qo`llaniladi.
Oddiy elektrofiltr - ikkita elektroddan iborat bo`lib, bittasi - anod- truba yoki plastina, ikkinchisi esa - katod - sim ko`rinishida tayyorlanadi. Katod - sim truba ichiga yoki plastina anodlar orasiga tortiladi. Anodlar har doim yerga ulanadi.
Elektrodlar o`zgarmas tok manbasiga ulanganda 4-6 kV/sm ga teng potentsiallar farqi hosil bo`ladi. Bu qiymat katodning 1 m uzunligida 0,05-0,5 mA tok zichligini ta`minlaydi.
Gazli aralashma trubali elektrod ichiga yoki plastinalar orasiga uzatiladi. Elektrodlardagi yuqori potentsiallar farqi va elektr maydonining turli jinsliligi tufayli manfiy elektrod-katod atrofidagi gaz qatlamida anodga qarab harakatlangan elektronlar oqimi hosil bo`ladi. Natijada gaz neytral molekulalarining elektronlar bilan to`qnashuvi tufayli gaz ionizatsiyaga uchraydi. Ionizatsiya o`z navbatida gazni musbat va manfiy ionlar ajralishiga olib keladi. Musbat ionlar katod, manfiylari esa katta tezlikada anod tomon harakat qiladi. Odatda, chang va tuman zarrachalari anodga cho`kadi va uni cho`kma qatlami bilan qoplaydi. Elektr maydoni ta`sirida cho`ktirish tezligi sekundiga bir necha santimetrdan bir necha o`nlab santimetrgacha oraliqda bo`ladi. Cho`ktirish tezligi zarracha o`lchami va gazning gidravlik qarshiligiga bog’liq.
Elektr maydonida zarrachalarning cho`kish tezligini aniqlash uchun jarayon laminar rejimda amalga oshadi deb qabul qilamiz Elektrfiltr metall korpus 5 dan va unda joylashgan gaz taqsimlovchi panjaralar 2 dan iborat. Bu panjaralar gazni qurilma kesimi bo`yicha bir xilda taqsimlanishini ta`minlaydi. Elektrofiltrning faol zonasi plastinali cho`ktirish elektrodlaridan iborat. Bu plastinali elektrodlarning har biri rama 9 ga osilgan va yuk yordamida rama 13 bilan tortilgan nurlanuvchi elektrod 10 va alohida simlar o`ramidan tuzilgan. Cho`ktirish elektrodlari orasidagi masofa – 300 mm. Ushlab qolingan zarrachalarni nurlanuvchi va cho`ktirish elektrodlaridan olib tashlash uchun silkituvchi mexanizmlar 8 va 12 dan foydaniladi.
Bunkerda ushlab qolingan zarrachalarni aralashtirish mexanizmi texnik uglerodni ushlash uchun ishlatiladi. Katalitik changni ushlab qolish uchun bu mexanizm ishlatilmaydi. Har bir maydon ustiga ehtiyot klapanlar 1 joylashtirilgan va izolyatsiya qutisida chang o`tirib qolmasligi uchun izolyatorlarni shamollatish sistemasi 6 ko`zda tutilgan.
Elektr cho`ktirish apparatlarining foydali ish koeffitsiyenti 90...99% ga va gidravlik qarshiligi juda kam bo`lib, 10-15 mm suv ustuniga teng. Shuning uchun elektr cho`ktirish apparatlari eng yuqori samarali apparat hisoblanadi va katta hajmdagi changli gazlarni ajratish uchun qo`llaniladi. Bunda 1000 m3 changli gazni tozalash uchun juda kam elektrenergiyasi sarflanib, uning miqdori 0,8 V ga teng Payvandlash erish haroratga chet qismlar isitish tomonidan yo'nalishlarga ishonchli ishlab chiqarish uchun bir jarayon. MMA - o'z turiga eng keng tarqalgan. Bu usul, ko'p qirrali, yuqori samarali texnologik oddiy va uyda bemalol metall novda yoki noruda kelib chiqishi - yaratish va arc qilish uchun ishlatiladigan havola elektrod. Ish ular orasida (uch fazali boshq manbai) qo'shimcha ariq yaratish qobiliyati bilan bitta yoki bir nechta PIN bo'lib amalga oshirilishi mumkin. vositasi bug'lari va uning qamrov erish metall buyumlar bilan o'ralgan ionlashgan elektron oqimi bog'lanishiga, havo bilan ularning o'zaro ta'sir MODDIY TOMONIDAN ISHLAB CHIQARISH MAJMUASI TASNIFLASH
uning yadrosidagi, RDS uchun barcha payvandlash vositalari erishi va nodavlat sarf bo'linadi.
Erib: temir, po'lat, alyuminiy, mis yasalgan metall vositalari (metall turiga qarab payvandlangan qilinmoqda). rod katot yoki Anote bajaradi, shuningdek, ulamoq ko'lmak va chok shakllanishini to'ldirish uchun plomba moddasi sifatida xizmat qiladi.
Neplavjashchimsja: volfram, grafit tayyorlangan uglerod novda; faqat asosiy vazifasi faoliyat; Bundan tashqari, plomba metall sim ishlatiladi; Volfram qachon manba Tig kerak.
natijalari. payvandlash uchun elektrod turlarini hisobga xususan material xos barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston”, 2017. - 488 b.
2. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi.- T.: “O‘zbekiston”, - 2017. - 48 b.
3. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: “O‘zbekiston”, 2016. - 56 b.
4. Skoblo A.I., Molokanov YU.K., Vladimirov A.I., Щelkunov V.A. Protsessы i apparatы neftegazopererabotki i nefteximii. – Uchebnik. -M.: Nedra, 2000. – 677 s.
5. Gelperin N.I. Osnovnыe protsessы i apparatы ximicheskoy texnolo-gii. – Uchebnik. M.: Ximiya, 1991. - t.1-2. – 810 s.
6. G.D. Kavetskiy, A.V. Korolev. Protsessы i apparatы piщevыx proiz-vodstv. – Uchebnik. -Moskva: VO «Agropromizdat» 1991. – 431s.
7. Nurmuhamedov X.S., Gulyamova N.U.va boshqa “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar” fanidan uslubiy qo’llanma – Uslubiy qo’llanma. -T,: 2012. - 152. b.
Do'stlaringiz bilan baham: |