Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Konchilik fakulteti “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan


Download 60.28 Kb.
bet1/4
Sana20.02.2023
Hajmi60.28 Kb.
#1215412
  1   2   3   4
Bog'liq
9-1


Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti
Konchilik fakulteti

Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan




Bajardi: __________________________
Guruh 9c(b)-19 KI
Tekshirdi: ________________________


Navoiy -2022yil
Kon lahimlarini saqlab turish, ta’mirlash va qayta tiklash

Reja:

1.Kon lahimlarini saqlab turish, ta’mirlash va qayta tiklash


2.Gorizontal kon lahimlarini mustahkamlash turlari haqida umumiy tushuncha

Kon lahimlarini saqlab turish, ta’mirlash va qayta tiklash
Oxirgi yillarda konchilik sanoatida kreplarning har xil turlarini qo‘llash, shuningdek, uni tiklashning texnikasi va texnologiyasi borasida muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Kon (konli, shaxtali) krep deb, tog‘ jinslarining o‘pirilishi va bo‘rtishining oldini olish, lahimlarda zaruriy o‘lchamlar va ishchi holatni saqlash, shuningdek, yuklamani boshqarish uchun er osti lahimlarida tiklanadigan sun’iy qurilmalarga aytildi.
Kon lahimlarida mustahkamlash atamasi ostida lahimda kon krepini tiklash (o‘rnatish va montaj) bo‘yicha qilinadigan ishlar yig‘indisi tushuniladi. Qo‘llaniladigan krep asosiy texnik va iqtisodiy talablarni qondirishi lozim: mustahkam bo‘lishi va ishning xavfsiz holatini ta’minlash, yuqori bo‘lmagan dastlabki narx va uni tiklash va foydalanish (xizmat muddati davomida saqlash) jarayonidagi katta bo‘lmagan xarajat. Krep lahimda iloji boricha kam joyni egallashi, ishda ishonchli bo‘lishi, tayyorlashda uncha qiyin bo‘lmasligi, yuklash uchun qulay bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, krep lahim bo‘ylab havo harakatining kam qarshiligiga ega bo‘lishi lozim. Krep elementlari imkon boricha namunaviy o‘lchamlarning minimal soniga ega bo‘lishi va o‘zaro almashinuvchan bo‘lishi lozim.
Foydalanish muddati bo‘yicha doimiy va vaqtinchalik kreplar mavjud. Doimiy krep lahimning butun foydalanish muddati davomida o‘rnatiladi, vaqtinchalik esa odatda lahimning zaboy oldi qismini saqlab qolish uchun uni o‘tkazish davrida tiklanadi.
Kreplar ishlash tavsifi bo‘yicha qattiq va moslanuvchan bo‘ladi. Qattiq krepga foydalanish davrida deformatsiyasi taranglik chegarasidan chiqmaydigan monolit beton krepi misol bo‘la oladi. Qattiq beton odatda elementlarning sharnirli (oshiq – moshiqli) birikmasiga va moslanuvchanlik tuguniga ega bo‘lmaydi. Krep elementlarini o‘pirilishdan saqlash uchun, massivda deformatsiya va tog‘ bosimi o‘sib borishi davrida odatda moslanuvchan krep o‘rnatiladi. Moslanuvchan krep alohida elementlarning sharnirli birlashmasiga va albatta moslashishning maxsus tuguniga ega bo‘lishi mumkin, buning natijasida krep mustahkamlikni saqlashda deformatsiyaga va o‘z o‘lchamlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yadi. Moslanuvchan krepga maxsus po‘lat novli shaxta ko‘rinishidan tayyorlangan rakli metall krep misol bo‘la oladi.
Har bir krep (yaxlit krepdan tashqari) lahimda alohida mustaqil tutib turuvchi tuzilmalarni mustahkamlovchi ramalarni o‘rnatish bilan tiklanadi. Ular har tomonlama (bir-biridan ma’lum bir masofada) yoki bir biriga zich o‘rnatiladi. Ramali kreplar lahim konturi shakli bo‘yicha trapetsiyasimon, to‘g‘riburchakli, poligonal, arkli va xalqasimon ramalardan tuzilishi mumkin. Bu ramali kreplarni qisqa qilib mos ravishda trapetsiyasimon, arkli kreplar deb atash mumkin.O‘rnatilgan mustahkamlaovchi ramalar soni lahim uzunligi birligiga (1 m) krep zichligi deyiladi.Lahim shipi va yonlarini jinslar qulashidan saqlash uchun ramalar o‘rtasidagi oraliqlarga ramalar aro to‘siq o‘rnatiladi va bu tortib bog‘lovchi (zatyajka) deyiladi. Tortib bog‘lovchi ramalar krepida tog‘ jinslari bosimini teng taqsimlashni ta’minlaydi.
Ramali krepdan tashqari yaxlit krep, ankerli (shtangali) krep va murakkab kreplar ham keng qo‘llaniladi.
YAxlit krep lahimning shipi va yonini (ba’zan lahim tuprog‘ini) to‘liq yopadi va monolit (betonli) yoki yig‘ma (temir betonli) tuzilishga ega. Yig‘ma temirbetonli yoki metalli tyubingli yaxlit kreplar krepni yig‘gandan so‘ng yagona tuzilma sifatida ishlaydigan alohida elementlardan tuzilgan. Ankerli (shtangali) krep, tog‘ jinslari massivini qatlamlarga ajralishdan, siljishdan va o‘pirilishdan tutib turish uchun lahim shiplari va yonlariga mustahkamlanadigan, turli materiallardan tayyorlanadigan sterjenlardan iborat. Murakkab krepning aralashdan farqi shundaki, u uch to‘rttta mustaqil turdagi ( tuzilmadagi) krepdan tuzilgan. Bunday kreplarga ankerli sachratma betonli krepni, ankerli krep birikmali ramali krep va boshqalarni kiritish mumkin.
Har bir lahim uchun, asosiy o‘lchamlari ko‘rsatilgan krep tuzilmasi chizmasidan iborat, uning mustahkamlash pasporti tuziladi. SHuningdek, krep zichligi va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari (ko‘tarish qobiliyati, mteriallar sarfi, narxi va b.) ko‘rsatiladi. Lahimni mustahkamlash pasporti asosiy texnik hujjat hisoblanadi va uningsiz lahim o‘tkazish ta’qiqlanadi.
Ko‘mir shaxtalarida va konlarda tayyorlov lahimlarini mustahkamlashdagi yog‘och krep ulushi yildan yilga qisqarib bormoqda.Uning o‘rnini krepning ilg‘or turlari egallamoqda: ankerli, metalli, sachratmabetonli va b. Kapital lahimlarni yog‘och bilan mustahkamlash kam uchraydigan bir vaqtda (2—4%), rangli metallurgiya korxonalarida tayyorlov lahimlarini mustahkamlashdagi yog‘och krep ulushi ulkandir. Bu shunday izohlanadiki, kapital lahimlar asosan cho‘qqisimon jinslarda o‘tkaziladi. YOg‘och krep yumshoq va bo‘sh sochilmalarda lahimlar o‘tkazishda keng qo‘llaniladi, muzli sochilmalarda lahimlar o‘tkazishda esa chegaralangan qo‘llanishga ega. YOg‘och kreplarni xizmat muddati 2-3 yildan oshmaydigan, mo‘‘tadil o‘rnatilgan bosimda ( 60— 80 kPa gacha) tayyorlov lahimlarini o‘tkazish uchun qo‘llash maqbuldir. Katta bo‘lmagan bosimda yog‘ochning chirishga mustahkamligini oshiruvchi antiseptikalar bilan yog‘och shimdirilganda, bu krepning xizmat muddati ortishi mumkin.

Download 60.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling