Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti konchilik fakulteti kon elektromexanikasi kafedrasi


Download 0.63 Mb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1000025
  1   2   3
Bog'liq
kon turgun oybegim



NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI KONCHILIK FAKULTETI
KON ELEKTROMEXANIKASI KAFEDRASI
KON TURG`UN MASHINALARI FANIDAN


MUSTAQIL ISH
Guruh: 19A-20 TMJ Bajardi: Shomamatova O Tekshirdi:Djurayev R
Navoiy 2022

Mavzu: Maxsus nasoslar

Reja:


  1. Tik o᾽qli nasoslar

  2. Porshenli nasoslar




Tik o᾽qli nasoslar.
Tik o’qlik nasoslar yuritmasiing joylashish o’rniga qarab ikki turga, yuritma yer yuzasida joylashgan va yuritma quduq yoki skvajinada suyuqlik ichiga joylashgan turlarga bo’linadi.
Yuritma suv ichiga tushirilmagan nasoslar ATN, A va Na turidagi artezian nasoslari bo’lib, val uzunligi 100m gacha boradi, unumdorligi esa va skvajinaning minimal diametri 200-600mm. Bunda nasos quduq ichiga joylashib, elektr yuritmasi yer yuzasida joylashgan bo’ladi.
Suvga tushirilmagan tik o’qlik nasoslar osilgan lahm o’tuvchi shaxta nasoslari (turi PPN va VP) bo’lib, bu turdagi nasoslar yuritmalari suvga botirilmagan nasos qismi esa suv ichida bo’ladi, stvollar, shurflar o’tish paytida qo’llaniladi.
Suvga botirilgan ko’p pog’onalik vertikal nasoslar suv ichida ishlaydigan elektr yuritma bilan jihozlangan bo’lib, truboprovod yordamida skvajinaga suv sathidan pastga tushiriladi. Elektr kabeli orqali elektr yuritmasiga tok beriladi, nasos haydagan suv esa truboprovod orqali yer yuzasiga chiqariladi. Suv chiqarish uchun qo’llanadigan nasos turlari ETSV(elektr yuritmali markazdan qochma suv haydash uchun).Maksimal zriqmasi 550 m gacha, unumdorligi.NTMKda PN-6-200-150 turidagi suv ostida ishlaydigan markazdan qochma nasoslar keng ko’lamda geotexnologik skvajinalarda qo’llaniladi. Ushbu skvajinalarda kislotalik eritmalar bo’lganligi uchun kislotalarga chidamli holda ishlab chiqarilgan.

1-rasm. Artizan nasosi: 1-val, 2- ishchi gildirak, 3-korpus, 4-konussimon vtulka, 5-6-yukori va pastki korpus,7-rezinali podshipnik, 8-prujinli kulf, 9-ulovchi shpilka.
Ishchi g’ildirak, yo’naltiruvchi apparat va boshqa ko’p qismlari plastmassadan tayyorlangan. Unumdorligi , maksimal zo’riqmasi 200m, tashqi diameri 150mm ga teng, elektr yuritmasining o’rtacha quvvati 11kvt ga teng.
PN-6-200150 turidagi nasoslar Zafarobod va Ketmonchi konlarida keng ko’lamda qo’llanilmoqda.
Ushbu nasosar Navoiy mashinasozlik zavodida ishlab chiqariladi.
Markazdan qochma nasoslarning kon sanoatida ishlatiladigan yana bir turi maxsus nasoslar savjud. Bu nasoslarga ko’mir suruvchi nasoslar va shlam nasoslari hamda grunt nasoslari kiradi.


2-rasm. Suvga botirilgan ko’p pog’onalik vertikal nasoslar urnatish sxemasi: 1-kup pogonali nasos, 2-suruvchi setka, 3-elektrodvigatel, 4-suv kutaruvchi truba, 5-tindiruvchi(obsadnaya) truba.
Ko’mir suruvchi gidroshaxtalarda ko’mirni gidravlik usulda qazib olishda ishatiladi. Ushbu nasoslar ko’mir gidroaralashmasini(ko’mirni suvga nisbati) 1:5 miqdorigacha so’rib haydash imkonini beradi, bunda ko’mir bo’laklarining kattaligi 100mm gacha boradi.
Ko’mir so’ruvchi nasoslarning asosiy turlari 10U4, 12U10, 14U7 va 12UV6, bunda birinchi son so’rish trubasining diametri(25 marta kichiklashtirilgan), U(uglesos)- ko’mir so’ruvchi, V(visokonaporniy) –katta zo’riqmalarda ishlay oladigan, so’ngi raqam tezlik koeffitsienti bo’lib, 10 marta kichiklashtirilgan.
Ko’mir so’ruvchi nasos 12UV6(2-rasm) ikki pog’onalik spiralsimon, gorizontal tekislikda qismlarga ajraluvchi bo’lib, qolgan turdagi ko’mir so’ruvchi nasoslar bir pog’onalik ishchi g’ildiraklar kirish qismi kengaygan va kuraklari soni kam bo’ladi.
Markazdan qochma o’lam nasoslari tozalanmagan shaxta suvlarini , zumpf va suv to’plagichlarni shlamdan(loyqadan) tozalash uchun, bundan tashqari boyitish fabrikalarining har xil gidroaralashmalari va pulpalarni haydash uchun keng qo’llaniladi.
Markazdan qochma shlam nasoslari bir pog’onalik konsol nasoslar bo’lib, ishchi g’ildiragi yopiq yoki ochiq holda bo’ladi. Yopiq ishchi g’ildiraklik 68 va 8SH8 turlari bo’lib, ochiq ishchi g’ildiraklik VSHN-150, SHN-200-1, SHN-150-1 turlaridir.
SHN turidagi nasoslar 50% qattiq aralashmalarni hayday oladi va qattiq jinslarning maksimal diametri 20mm gacha bo’ladi.
Ko’mir so’ruvchi va shlam nasoslari qattiq jinslar gidroaralashmasini so’rib haydagani uchun ularning kuraklari va suyuqlik oquvchi qismi yeyilishiga chidamli materiallardan tayyorlanadi yoki ushbu materiallar bilan qoplanadi.
Grunt nasoslari karьer va shaxtalarda gidrotransport va gidromexanizatsiya qo’llanilganda ishlatiladi.
Gidromexanizatsiya usuda foydali qazilmalarni qazib olishda va tashishda qattiq tog’ jinslarini va katta bo’laklarni nasos ichidan o’tkazishga to’g’ri keladi. Bunda qattiq jinslarni ishqalanishi natijasida nasos ishchi g’ildiragi va suv o’tkazuvchi qismlari tezda yeyilib ketadi. SHuning uchun grunt nasoslarning konstruktiv tuzilishi suv va boshqa nasoslarnikidan bir muncha farq qiladi.
Grunt nasoslari yengil holdagi tayrlanganlari L harfi bilan, masalan, GRUL turidagi va og’ir holda tayyorlangani T harfi bilan GRUT turidagilari bo’ladi. Harflardan so’ngi birinchi son unumdorlikni (m3/soat) maxrajdagi son zo’riqmani ko’rsatadiNasosning tez yeyiladigan ichki qismiga ichki qobiq (protektor) o’rnatilgan. Yengil grunt nasoslarida ichki qobiq bo’lmaydi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling