Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti xuziridagi nukus konchilik instituti “umum texnika” fakulteti
Download 131.76 Kb.
|
1 2
Bog'liqkasbiy psixologiya 4
Shaxs borasidagi differensial psixologik konsepsiyaning rivojlanishi, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat, kasbiy moslashuv professionalizasiyaga doir muammolarni hal qilish uchun asos bo‘ldi. Mehnat psixologiyasi kasbiy layoqat, kasbiy diagnostika, kasbiy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi masalalarini o‘rganadi. Yosh davrlar psixologiyasi shaxsiy va kasbiy rivojlanishi, kasbiy o‘zlikni anglashdagi inqirozlarning psixologik xususiyatlari va kelishmovchiliklari masalalarini o‘rganadi. Ta'kidlash mumkin-ki, insonning kasblar olami bilan hamkorligi to‘planib, psixologiyaning turli sohalarida o‘rganilib borilgan. Bugungi kunga kelib, bu bilimlarni bitta ilmiy yo‘nalishi – kasblar psixologiyasini shakllantirish uchun sharoit yaratiladi. Shunday qilib, 1990- yillar boshida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy sabablar tufayli psixologiyaning yangi sohasi-kasblar psixologiyasi vujudga keldi. Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin.XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir.
Download 131.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling