Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar


Download 1.1 Mb.
bet8/11
Sana24.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1054415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
amaliyot chiqardim (1)

3-Amaliy mashg‘ulot
Gravitatsion boyitish jarayonini hisoblash.

Boyitishning asosiy texnologik ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: komponentning dastlabki ruda va boyitish mahsulotlaridagi miqdori, boyitish darajasi, boyitish mahsulotlarining chiqishi, komponentlarni boyitish mahsulotlariga ajralishi.


Komponentning miqdori deb mahsulotdagi komponent og‘irligini mahsulot og‘irligiga nisbatiga aytiladi. Boyitish natijasida erishiladigan boyitish darajasi deb boyitmadagi qimmatbaho komponent miqdorini uning dastlabki rudadagi miqdoriga nisbatiga aytiladi. Boyitish darajasi boyitma dastlabki mahsulotga nisbatan qancha boyligini ko‘rsatadi.
Boyitish mahsulotlarining chiqishi deb boyitish natijasida olingan mahsulot og‘irligini dastlabki mahsulot og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi. Chiqishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Birlik ulushlarda ifodalangan chiqishga teskari o‘lcham boyitish natijasida bir tonna mahsulot olish uchun dastlabki mahsulotning tonnalari sonini ko‘rsatadi.
Boyitish mahsulotlariga foydali komponentning ajralishi deb mahsulotdagi komponent og‘irligini shu komponentning dastlabki rudadagi og‘irligiga nisbatiga aytiladi. Ajralishni foizlarda yoki birlik ulushlarida ifodalash qabul qilingan. Foydali komponentning boyitmaga ajralishi boyitishda shu komponentning qancha qismi dastlabki mahsulotdan boyitmaga o‘tganini ko‘rsatadi.
Boyitish mahsulotlari va dastlabki mahsulotdagi qimmatbaho komponentning miqdori bo‘yicha chiqish va ajralishni hisoblash uchun formulalar chiqaramiz.
Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
, C va T – tegishli ravishda dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindining og‘irligi, t/soat yoki t/ sutka;
α, β va θ – dastlabki mahsulot, boyitma va chiqindidagi komponentning miqdori, %;
γ - mahsulotning chiqishi, % yoki birlik ulushida;
ε – ajralish, % yoki birlik ulushida.

Chiqishni aniqlaymiz:


boyitmaning chiqishi

Chiqindining chiqishi

Boyitish oxirgi mahsulotlari chiqishlarining yig‘indisi 100 % deb qabul qilinadigan dastlabki mahsulotning chiqishiga teng.

Muvozanat tuzamiz:
mahsulot bo‘yicha
Q=C+T
komponent bo‘yicha




Mahsulot muvozanati tenglamasidan


T = - C
C = – T
T va C larning qiymatini komponentning muvozanati tenglamasiga qo‘ysak



va



bundan

va

U holda chiqishlarni hisoblash uchun hisoblash formulasini olamiz.






Komponentning ajralishini aniqlaymiz
boyitmaga

chiqindiga

Komponentni boyitishning oxirgi mahsulotlariga ajralishi yig‘indisi uni 100 % deb qabul qilingan dastlabki mahsulot ajralishiga teng.







larning yuqorida topilgan qiymatlarini ga qo‘yib ajralishni hisoblash uchun formulani olamiz.




Texnologik ko‘rsatgichlar boyitish fabrikalaridagi boyitish jarayonlarini baholash uchun xizmat qiladi.


1-misol.
Misli rudalarni boyituvchi fabrikaning ishlab chiqarish unumdorligi 420 t/soat. Misning miqdori: dastlabki rudada α=1,2 % boyitmada β=22 %, chiqindida θ=0,1 %. Boyitmaning va chiqindining chiqishi, misni boyitma va chiqindiga ajralishi va boyitish darajasini aniqlang.












2-misol.
Qo‘rg‘oshinli ruda tarkibidagi qo‘rg‘oshinning miqdori 2%, boyitma tarkibidagi qo‘rg‘oshin miqdori 55%, qo‘rg‘oshinning boyitmaga ajralishi - 85%.


Boyitma va chiqindining chiqishini va chiqindi tarkibidagi qo‘rg‘oshinning miqdorini aniqlang.


















1) Xvost tarkibidagi foydali komponent miqdorini aniqlang %. Dastlabki maxsulot tarkibida foydali komponent miqdori 0.8%, olingan boyitma massasi 13 t, foydali komponentni boyitmaga ajralishi 90%.


2) Fabrikaning sutka davomida oladigan boyitmasi massasini aniqlang. Fabrikaning sutkalik ishlab chiqarish quvvati 5000 t/sutka. Dastlabki maxsulot tarkibida metall miqdori 1.8 %. Konsentratda 60%. Metallning konsentratga ajralishi 92%.
3) Konsentratdagi foydali kompanentni ajralishini xisoblang, agar fabrika tarkibida 20% foydali komponent bo‘lgan rudani qayta ishlasa. Konsentrat va xvost tarkibida f.k 50 va 2%.
4) Agar 0.8 % massa ulushli foydali komponenti bo‘lgan 1000 t rudani boyitish natajasida 60 % massa ulushli foydali komponentli 13t konsentrat olinsa konsentratning chiqishi va foydali komponentning ajralishini xisoblang. Foydali mineral tarkibida foydali komponentning massa ulushi 64% bo‘lganda, boyitish samaradorligini aniqlang.
Javob: 1,30; 97,5; 93.75 %.
5) Korxonaning bir sutkada oladigan qo‘rg‘oshin massasini, qo‘rg‘oshinni boyitmaga ajralishi va chiqindi tarkibidagi metall miqdorini aniqlang. Konsentrat tarkibidagi metall miqdori 63 % va konsentratni chiqishi 5%. Fabrikaning sutkalik unumdorligi 3000t/sutka. Fabrika rudani uchta kondan oladi: A kondan 30 %, B kondan 10%, S kondan 60%. A, B, S, konlardagi rudalar tarkibida dastlabki metall miqdori tegishli tartibda 6, 5, 8 %.
Javob : 65.3%. 1.69 %. 94.5 t/sutka
6) Konsentratning chiqishini va foydali komponentni chiqindigi yo‘qotilishini toping. Fabrikaning unumdorligi 200 t/sutka. Dastlabki ruda tarkibida foydali komponent miqdori 0.8 %. Boyitish jarayoni natijasida 26 t 48 % li konsentrat ajratib olinadi.
Javob 1.3 % va 22%.
7) Konsentratning chiqishini aniqlang. Fabrika qalayli rudani A va B konlaridan teng miqdorda qabul qiladi, kon rudalaridagi metall miqdori 0.3 va 0.5 %. Boyitish jarayonidan so‘ng 28 % li boyitma va 0.2 % li chiqindi olinadi.
Javob: 0.72 %.
8) Metallning konsentratga ajralishi va boyitish samaradorligini aniqlang. Fabrika 1000 t 0.5 % misli rudani boyitib 10 t 45 % li konsentrat ajratib olsa. Foydali metall miqdori foydali mineralda 86 % ni tashkil qiladi.
9) Konsentratning chiqishi va tkmirning boyitmanga ajralishini aniqlang. Boyitmadagi metall miqdori 56 %, chiqindida esa 15 %. Rudaning 25 % A kondan, 35 % B kondan, 40 % S kondan qazib olinadi. A, B va S kon rudalaridagi metall miqdori tegishli tartibda 28, 25, 31%.
Javob: 32.1 va 63.8 %.
10) Konsentrat tarkibidagi temir miqdorini aniqlang. Agar boshlang‘ich maxsulot tarkibida temir miqdori 20 %, konsentratning chiqishi 30 %, konsentratga ajralish 90 % bo‘lsa.
Boyitilish darajasi quyidagi formuladan aniqlanadi:

1) Temirning boyitmaga ajralishi va boyitmaning chiqishini aniqlang. Boyitmada 56 % va chiqindida 15 %. A-kondan umumiy rudaning 25 %, B kondan 35 % va S- kondan esa 40 % . A, B, va S konlari rudalaridagi metall miqdori 28, 25, 31 %.


Javob: 32.1 va 63.8 %

2)Misning boyitmaga ajralishini aniqlang. Fabrika 3000 t rudani bir sutkada qayta ishlaydi va 90 t 20 % li boyitma ajratib oladi. Ruda ikkita kondan teng miqdorda olinib tarkibida metall miqdori 1 va 0.6 %.


Javob: 75%

3)Rux konsentratigi misning ajralishini aniqlang. Fabrikada misg‘ruxli boyitma olinib, tarkibida 4 % mis bor va boyitmanmng chiqishi 10 %. A kondan 60% ruxli ruda olinib tarkibida 1.5 % mis bor. B-kondan qolgan qismi olinib tarkibida mis miqdori 2 %.


Javob: 23.5%

4) Konsentratning chiqishini va olinadigan mis miqdorini toping (metallurgiya zavodida misning chiqindiga yo‘qolishini nol % deb xisoblang). Boyitish fabrikasi 2000 t/soat unumdorlikda 1.5 % li misli rudani qayta ishlaydi. Boyitma va chiqindi tarkibidagi metall miqdori tegishli tartibda 20.5% va 5 %.


Javob: 5% va 20.5 t.

5) Konsentratning chiqishini, farikaning boyitma bo‘yicha ishlab chmqarish unumdorligini va misning boyitmaga ajralishini aniqlang. Boyitma tarkibida misning miqdori 19 % va chiqindida 0.1 %. Fabrikaning ruda bo‘yicha unumdorligi 500 t/s, Ruda 3 ta kondan qazib olinadi: A-kondan 0.9 % misli ruda 35 %, B kondan 1.5 % misli ruda 42 % va S- kondan 2.0 % misli ruda 23 %.


Javob:6.9%, 34.5t/soat, 93%.

6) Dastlabki ruda tarkibida 1.5% mis bo‘lib boyitilish natijasida 15 % li boyitmaning chiqishi 8%. Boyitish samaradorligini aniqlang. Rudadagi foydali mineral xalkopirit bo‘lib undagi misning massa ulushi 35 %.


Javob: 75.2%

7) 0.01% li molibden rudasii boyitish natijasida 40 % li boyitma va 0.001 % li chiqindi olindi. Boyitish samaradorligini aniqlang. Foydali mineral tarkibida molibdenning miqdori 67 %.


Javob: 90%

8) 0.3% li qalay rudasii boyitish natijasida 45 % li boyitma va 0.03 % li chiqindi olindi. Boyitish samaradorligini aniqlang. Foydali mineral tarkibida qalayning miqdori 79 %.


Javob: 89.9%
9) Boyitish fabrikasi 4 ta shaxtadan ko‘mir rudasi qabul qiladi. A-400t/s 20% ko‘mir kulili, B-200 t/s 22 % li, S-250 t/s 24 % li, G-150 t/s 18% li. Ko‘mir kulining boyitmaga ajralishi 25% bo‘lsa va chiqindining chiqishi 24.3 % ni tashkil qilsa boyitma va chiqindidagi ko‘mir miqdorini toping.
Javob:64.6%
10. Fabrika 500 t/s unumdorlikda 3% ruxli rudani qayta ishlaydi. 40 % li konsentrat soatigi 25 t olinadi. 0.01% li molibden rudasii boyitish natijasida 40 % li boyitma va 0.001 % li chiqindi olindi. Boyitish samaradorligini aniqlang. Foydali mineral sfalerit, tarkibida ruxning miqdori 64.6 %.
Javob: 64.6%
11-misol. Misli rudalarni boyituvchi fabrikaning ishlab chiqarish unumdorligi 100 t/soat. Misning miqdori: dastlabki rudada α=2,3 % boyitmada β=40 %, chiqindida θ=0,2 %. Boyitmaning va chiqindining chiqishi, misni boyitma va chiqindiga ajralishi va boyitish darajasini aniqlang.
12-misol. Qo‘rg‘oshinli ruda tarkibidagi qo‘rg‘oshinning miqdori 1.,7%, boyitma tarkibidagi qo‘rg‘oshin miqdori 46%, qo‘rg‘oshinning boyitmaga ajralishi - 85%.
Boyitma va chiqindining chiqishini va chiqindi tarkibidagi qo‘rg‘oshinning miqdorini aniqlang.
13-misol. Oltinli rudalarni boyituvchi fabrikaning ishlab chiqarish unumdorligi 1000 t/soat. Oltinning miqdori: dastlabki rudada α=0,3 % boyitmada β=15 %, chiqindida θ=0,08 %. Boyitmaning va chiqindining chiqishi, oltinni boyitma va chiqindiga ajralishi va boyitish darajasini aniqlang.
14-misol. Ruxli ruda tarkibidagi ruxning miqdori 1,9%, boyitma tarkibidagi rux miqdori 50 %, ruxning boyitmaga ajralishi - 85%.
Boyitma va chiqindining chiqishini va chiqindi tarkibidagi ruxning miqdorini aniqlang.
15-misol. Kumushli ruda tarkibidagi kumushning miqdori 4 g/t boyitma tarkibidagi kumush miqdori 16%, kumushning boyitmaga ajralishi - 85%.
Boyitma va chiqindining chiqishini va chiqindi tarkibidagi kumushning miqdorini aniqlang.
16-misol. Misli rudalarni boyituvchi fabrikaning ishlab chiqarish unumdorligi 400 t/soat. Misning miqdori: dastlabki rudada α=1.1 % boyitmada β=40 %, chiqindida θ=0,09 %. Boyitmaning va chiqindining chiqishi, misni boyitma va chiqindiga ajralishi va boyitish darajasini aniqlang.
17-misol. Qo‘rg‘oshinli ruda tarkibidagi qo‘rg‘oshinning miqdori 1.57%, boyitma tarkibidagi qo‘rg‘oshin miqdori 39 %, qo‘rg‘oshinning boyitmaga ajralishi – 79.5%.
Boyitma va chiqindining chiqishini va chiqindi tarkibidagi qo‘rg‘oshinning miqdorini aniqlang.
18-misol. Oltinli rudalarni boyituvchi fabrikaning ishlab chiqarish unumdorligi 1000 t/soat. Oltinning miqdori: dastlabki rudada α=2g/t boyitmada β=8,5 %, chiqindida θ=0,02 %. Boyitmaning va chiqindining chiqishi, oltinni boyitma va chiqindiga ajralishi va boyitish darajasini aniqlang.
99-misol. Ruxli ruda tarkibidagi ruxning miqdori 2,29%, boyitma tarkibidagi rux miqdori 60 %, ruxning boyitmaga ajralishi – 90.5%.
Boyitma va chiqindining chiqishini va chiqindi tarkibidagi ruxning miqdorini aniqlang.
20-misol. Kumushli ruda tarkibidagi kumushning miqdori 09 % boyitma tarkibidagi kumush miqdori 9,6%, kumushning boyitmaga ajralishi – 95,4%. Boyitma va chiqindining chiqishini va chiqindi tarkibidagi kumushning miqdorini aniqlang.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling