Qayta o`rash jarayondagi uzluklar va chiqindilarni kamaytirish yo`llari


Download 58.12 Kb.
bet1/5
Sana02.11.2023
Hajmi58.12 Kb.
#1741109
  1   2   3   4   5

Qayta o`rash jarayondagi uzluklar va chiqindilarni
kamaytirish yo`llari.
Reja.
1.Qayta o‘rash jarayonidagi iplar chiqindilari.
2. Ipni tozalach va nazorat qilish
3.Qayta o’rash mashina va avtomatlari.
1.Qayta o‘rash jarayonidagi iplar chiqindilari.
Chiqindilar deb, ip o‘rashda va tuftakda qoladigan hamda ip taxtlashda chiqadigan chiqindilarga aytiladi. Chiqindining chiqishi, jarayonga keladigan o‘ramlardagi
iplarning uzunligiga va ularning uzilishiga bog‘liq. O‘ramadagi ip uzunligi oshishi ip uzilishining kamayishiga olib keladi. Qayta o‘rashda umumiy qayta o‘ralayotgan ipga nisbatan o‘rtacha 0,1–0,5 % chiqindi chiqadi. Chiqindi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Чq.o‘=( l chiquvchi / L kiruvchi )  100%;
bu yerda: lchiquvchi–texnologik jarayonni bajarish uchun chiqadigan chiqindilar uzunligi, m; Lkiruvchi–kirish o‘ramasidagi (naycha, bobina va h.k.) ip uzunligi, m.
2.Ipni tozalach va nazorat qilish .
Ip yigirish jarayonini qanchalik takomillashtirilishiga qaramasdan, yigirilgan iplarda turli nuqsonlar uchraydi. Ularga: iplarni ingichkalashgan va yo’g’on qismlari, sirtida ilashgan has cho’plar, katta tugunlar kiradi. Bu nuqsonlar iplarni qayta ishlashda dastgoh va mashinalarning to’xtashiga, iplarning uzilishiga sabab bo’lishi mumkin. Yigirilgan iplarning ingi chka qismlari taranglik ta'sirida uzilishlari oldin ta'kidlangan edi. Iplarning yo’g’on qismlari ip tozalagichlar yordamida bartaraf etiladi. Iplarni tozalash ikki usulda bajarilishi mumkin:
1.Bеvosita tozalash. Bunda, iplar sirtida ilashgan turli xas cho’plar mеxanik va pnеvmatikusulda tozalanadi.
2.Iplarni uzish yo’li bilan tozalash. Bunda, iplarning yo’g’on joylari tolalar bilan birikib kеtgan xas cho’plar, katta tugunlarni uzish yo’li bilan nuqsonlar barataraf etiladi.
Iplarni tozalash ko’pincha yakka pishitilmagan iplarda bajariladi. Bu iplarni qayta o’rash jarayonida bajarilishini taqozo etadi. Lеkin ayrim hollarda iplarni pishitilayotganda, ya'ni qo’shib o’rash jarayonida ham bajarilishi mumkin. Agar ip pardozlansa –oqaritirilsa yoki bo’yalsa, unda uni pardozlashdan kеyingi qayta o’rashda tavsiya etiladi.

Download 58.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling