Navoiy Davlat Konchilik va texnologiyalari universiteti Kimyo-metallurgiya fakultet Investetsion loyihalar tahlili fanidan Qayta o’zlashtirish Guruh : 25-19 iq bajardi : Bahronov. E qabul qildi: Xasanov. M mavzu: Moliyaviy tahlil


Download 103 Kb.
bet2/3
Sana15.03.2023
Hajmi103 Kb.
#1270334
1   2   3
Bog'liq
elbek7

RENTABELLIK (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. Rentabellik korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. Rentabellik foyda olib ishlashning kiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va b. sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun Rentabellikning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy oʻsishning intensiv omillarini kuchaytirish asosida Rentabellikni oshirishga, foydani maksimumlashtirishga zarur shartsharoitlar yaratiladi. Bozor talab qilgan xaridorgir tovarlarni ishlab chikarish, i. ch. ni modernizatsiyalash, xom ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejabtergab ishlatish asosida joriy xarajatlarni kamaytirishmehnat unumdorligini muttasil oshirib borish, kapital tarkibini shakllantirish (aylanma kapital), mexnat motivatsiyasini kuchaytirish (ishchixizmatchilar mehnatini ragʻbatlantirish mehnat unumdorligini oshirishga, tejamkorlikni taʼminlashga intilishni paydo etadi) Rentabellikni oʻstirishning asosiy omillaridir. Bu omillarni qoʻllash korxona darajasida boshkarib boriladi. Shu maqsadda Rentabellik monitoringa yuritiladi.
3. Moliyaviy tahlilni tashkil etish yuzasidan rasmiy jihatlarning belgilanmaganligi sababli uni tashkil etishda an’anaviy yo‘nalishlardan foydalanish mumkin.

Odatda, buxgalteriya hisobini va auditni (ichki, tashqi) tashkil etishdagi rasmiy jihatlar bilan belgilangan aniq tartib va qoidalar moliyaviy tahlilni tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jumladan, yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi qonunning “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish” to‘g‘risidagi 11-moddasi buxgalteriya hisobi va hisobotini buxgalteriya hisobi subektining rahbari amalga oshirishi qayd etiladi hamda buxgalteriya hisobi subektining rahbari qanday huquqlarga ega ekanligi tarkiblanadi. Ushbu huquqlar qatorida:
Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish;
Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga (auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari va ustavida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma asosida yuklashi;
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritishi qayd etiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning ushbu tartiblari bevosita, moliyaviy tahlilga nisbatan ham to‘la mos deyish mumkin.
Tahlilni tashkil etish shakli sifatida ichki moliyaviy tahlilni tashkil etilishi va tashqi moliyaviy tahlilni tashkil etilishini tarkiblash maqsadga muvofiqdir.
Tashqi moliyaviy tahlil cheklangan axborotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakllari asosida xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy holatini o‘rganishni xarakterlaydi va korxona erishgan natijalarining barcha sirlarini ochib berish imkonini bermaydi. Ushbu tahlil ichki axborot bazasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan, korxona faoliyati bilan qiziquvchi kontragentlar, mulk egalari yoki davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
- tahlil subektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‘pligi;
- tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli tumanligi;
- hisobga olish va hisobotlarning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy jihatlarining belgilanganligi;
- tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar bazasiga tayangan holda o‘tkalishi;
- qo‘yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi;
- axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi.
Tashqi moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida korxona aktivlari, o‘z mablag‘lari manbai va majburiyatlarining o‘zgarishi, to‘lov layoqati va likvidlilik darajasi, moliyaviy holati va barqarorligibozor va ish aktivligi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy mustahkamligi va nochorligi, foyda va rentabellik darajasi, pul oqimi va xususiy kapitalning o‘zgarishlari, korxonaning iqtisodiy reytingini aniqlashga qaratiladi.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling