№3-Laboratoriya ishi
Mavzu: Ishlab chiqarish korxonalari va inshoatlarida tabiiy yorug`likni aniqlash
Mashg`ulotning maqsadi:Ishlab chiqarish binolaridagi ish o’rinlarida
yoritilganlikni
aniqlashni va uni sanitariya me’yorlariga mos kelishini o’rganish. Yoritilganlikni o’lchash uchun
qo’llaniladigan uskuna va jihozlarni tuzilishi va ishlash usullarini o’rganish.
Laboratoriya ishini o’tkazish uchun qo’llaniladigan asboblar, uskuna va jihozlar,
ko’rgazmali qurollar:
a) lyuksmetr Ю-116, Ю-117
b) shtativ.
v) mahalliy yoritgich manbai.
g) cho’g`lanma chiroq.
d) lyuminessent chiroq.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
a) laboratoriya xonasida tabiiy yoritilganlikni tahlil etish.
b) sun’iy,
aralash yoritilganliklarni, mahalliy yoritilganlikni o’rnatish
balandligiga
bog`liqligini tahlil etish.
Laboratoriya ishini bajarganligi to’g`risida talabaning hisoboti.
a) Yoritilganlikni o’lchash uchun qo’llanadigan Ю-116, Ю-117
asboblarini tuzilishi,
ishlatish qoidalarini o’rganish.
b) Ish o’rinlarida tabiiy va sun’iy yoritilganlikni o’lchash va olingan ma’lumotlarni maxsus
jadvalga kiritish.
v) Yoritilganlik bo’yicha ish gazarazryadlari to’g`risidagi ma’lumotni o’rganish
g) O’lchash natijasida olingan ma’lumotlarni sanitariya QMQ 2.01.05-19 me’yorlari
bo’yicha tabiiy va sun’iy yoritish me’yorlariga mos kelish-kelmasligi to’g`risida xulosa qiling.
VI. O’tkazilgan laboratoriya to’g`risida hisobotni to’ldiring.