Navoiy davlat pedagogika institu
Download 79.7 Kb.
|
Salimaaa
O’zbek ruboiyoti tarixi
Ruboiy shaklidagi sheʼrlar xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, namunalari "Devonu lugʻotit turk"da uchraydi. Dastlabki ruboiylarni Rudakiy va Shahidi Balxiy yaratgan. Badriddin al Qavomiy (XII asr) arab, fors va turkiy tillarida ruboiy yozgan. A. Runiy, S. Salmon, Ibn Sino, Umar Hayyom va boshqalar ruboiyning mohiyati va uslub jihatdan yuksak namunalarini ijod qilganlar. Navoiy ijodida esa yuqori bosqichga koʻtarilgan. Navoiy ruboiylarida hayotiy taassurot, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-axloqiy mulohazalar yuksak badiiy shaklda oʻz ifodasini topgan. Keyinroq Bobur bu janrni rivojlantirgan. XIX asrda Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy va boshqalar ruboiyning goʻzal namunalarini yaratganlar. Hozirgi davr oʻzbek adabiyotida Shayxzoda, Shuhrat, Ramz Bobojon, Tolib Yoʻldosh kabi shoirlar ruboiy yozganlar. Biroq ularning baʼzilari ruboiy vaznida yozilmaganligi uchun dubaytiy yoki toʻrtlik deb ataladi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodida ham ruboiy janrining turli mavzularda tarannum bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Mumtoz adabiyotshunos olim Anvar Hojiahmedovning “Mumtoz badiiyat malohati” kitobida ruboiy janrining Navoiy va Bobur ijodidagi o‘rni va ularning turlari haqida ma’lumot beriladi: “…Jumladan, Alisher Navoiy “Xazoyin ul-maoniy”sidagi 133 ruboiydan 116 tasi tarona shaklida, 17 tasigina a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Shoirning “Nazm ul-javohir” asaridan o‘rin olgan 268 ruboiyning barchasi taronadir. Navoiy o‘zining forsiy tildagi 73 ruboiysini ham tarona shaklida bitgan. Chunonchi, shoir XV jildlik asarlarining V jildidan o‘rin olgan 51 ruboiy tarona shaklida yozilgan. Binobarin, shoir yaratgan jami 474 ruboiydan 461 tasi taronadir. Bobur qalamiga mansub 196 ruboiydan 17 tasi tarona, qolgani esa oddiy a-a-b-a shaklida qofiyalangan. Ogahiy esa 73 ruboiysidan 10 tasinigina tarona shaklida yozgan ”.5 “Majolis ul-ushshoq”ning eng maroqli majlislaridan biri “Xorazm Hayyomi” – Pahlavon Mahmud Puryoyvaliyga bag‘ishlangan fasldir. Zeroki, unda muallif bir tomondan shoirning ijtimoiy kelib chiqishi, kasb-kori, ilmiy iqtidori, jahonpahlavonligi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tasavvuf haqida yaxshi she’r, raso risolalar bitilgan yaxshi ruboiylari borligini, “Al-haqoyiq” kitobini yozganligini, Pahlavon Mahmudning javonmardlik xislatini bayon etayotib, yozuvchi uning kuragi yerga tegmagan bahodirligini ko‘rsatadigan uch hikoyani batafssil naql qiladi. Unda shoirning tanti, jo‘mard, insondo‘st. ayni paytda vatanparvar inson ekanligi o‘z ifodasini topgan. Naql etishlaricha, Puryoyvaliyning dong‘i Hind shohi Jo‘na qulog‘iga yetib boribdi. Jo‘na ko‘p in’om-ehsonlar va’da qilib, bir zargar yigitni Xorazmga jo‘natibdi. Choparga Jo‘na taklifini keltirgan Pahlavon Mahmud shunday javob beribdi: Zangarbachae guft: “Rav Mo‘ltonro” Ovard ba man qoidayi Sultanro. On joki manu himmati pironi man ast, Ba yak jav naxaram Jo‘nayu Hindustonro. Ushbu to‘rtlikning ma’nosi shunday: “Zargar yigit Sulton nomasin keltirib, “Mo‘lton”ga bor dedi. Vatanim va ustozlarim hoki turgan joyfa Jo‘nayu Hindistonni bir arpaga olmasman”.2 Mana shu ruboiydan so‘ng yana gap Pahlavon Mahmudning jo‘mardligi haqida ketadi-yu, unda bir naql keltiriladi: Ikkinchi safar Dehli Sultonining rad etmay, Hindistonga boradi. Shu o‘rinda Fanoiy Pahlavon Mahmudning sulton saroyidagi yosh bahodir bilan kurash tushishi haqidagi mashhur rivoyatni keltiradi. Hikoya oxirida quyidagi baytlar bialn boshlanadigan 22 misradan iborat she’r shoir tilidan keltiriladi: Mo sangi niyat ba tarozu nihodayem, Sudi ziyoni xeshro ba yak su nihodayem. Sargashtagoni bodiyayi mehnat-u g‘amem, Dar gohi visol hamin ro‘ nihodayem. Bar gardani umide tani notavoni xud, Zanjirho az on xamgeso‘ nihodayem. Ma’nosi shunday: “Biz taroziga niyat toshini qo‘yganmiz, foydayi ziyonimizni bir yoqqa qo‘yganmiz. Biz mehnat-u g‘am sahrosining sargashtalaridanmiz, visol yo‘lida shu ko‘yga yuz burganmiz. Notavon tanimizning umid gardoniga o‘sha gajak sochlardan zanjirlar solganmiz”.3 She’rda orifning maslak yo‘lida sobitqadam, fidoiyligi rang-barang tashbehlarda, g‘oyatda ta’sirchan ifodalanagan. Diqqatga sazovar jihati shundaki, majlisda goh muallif, goh Pahlavon Mahmud tilidan keltirilgan baytlarning barchasi (ulardan birida “Fanoiy” taxallusi qo‘llanilgan) poklik, iymon-e’tiqodli, fidoiy musulmon bo‘lish, mardlik, oliyjanoblik targ‘ibiga bag‘ishlangan. “Masnaviy” ruknida keltirilgan mana bu baytlar fikrimizni tasdiqlaydi: Chi neki gufton mardi suhandon, Bad on so‘fi sargardon-u hayron. Ki so‘fi-yu imom-u shayxi zohid, Si moh ro‘zador-u xilvatnishinu obid. Muraqqa’ po‘shu jamjamdor-u hoji, Masalagiru masjidjo‘yu noji. Xatib-u voiz-u mufti-yu, qozi Mudarris-u fattohoyi holi mozi. Hama kishtu shudgorat basomon, Vaqtast agar gardi musulmon. Musulmoni dorayi inu on ast, Ki on ast ilmi xossayi xosi jonast. Ma’nosi shunday: “U so‘zamol donishmand, o‘sha hayron va sargardon so‘figa ko‘p yaxshi aytgan: “Ey so‘fi, imom-u shayx-u zohid; o‘ttiz kun ro‘zador-u kunjaknishin-u obid: muraqqa’ po‘sh-u, hashamli-yu hoji, masala aytib, masjid qidirib yuruvchi noji: imom-u mufti-yu, voiz-u qozi, mudarris-u, o‘tmish-u hozirni bilguvchi, hamma ekin-u tekining ko‘kka sovrilgay, sening musulmon bo‘ladigan vaqting yetdi. Musulmonda hamma narsa border, zeroki, u jonga xos bo‘lgan ilmdir”. Demak, Pahlavon Mahmud aqidasicha, mansab, martaba, amal, davlat, mol-dunyoga hirs qo‘yish, unga ruju etish islomiy ahkomga zid: u mo‘minni haq yo‘lidan g‘aflatga tortibgina qolmay, balki iymonning mustahkamligi-butligiga ham putur yetkazadi: chunki u “jonga taalluqli ilmdir”. Pahlavon Mahmud haqidagi majlis “Sayyor ruboiy”ga aylangan fors-tokij adabiyotining “Odam otasi” Rudakiy qalamiga mansub, insonparvarlikni targ‘ib etuvchi Gar bar sari nafsi xud amiri-mardi, Var bar digare nukta nagiri mardi, Mardi nabuvad fitodaro poy zadan, Gar dasti fitoda bigiri-mardi. Mazmunida “O‘z nafsingnin tiya olsang, birovga qattiq gapirmasang, mardsan. Yiqilganni tepib o‘tgan mard emas, qoqilganni suyab o‘tgan marddir” degan ruboiy va Hamadonlik yosh yigitning Puryoyvaliyga shogird tushishi hikoyati bilan tugaydi. Demak, Fanoiy Pahlavon Mahmudni, bir tomondan, atoqli olim, mohir ruboiynavis, shoir sifatida tasvirlasa, ikkinchi tomondan, butun Sharqda dong taratgan bahodir, insonparvar va vatanparvar, hamisha beva-bechora, yo‘qsillar, bekaslarning pushti panohi sifatida ta’riuflagan. Shoir siymosi hamma zamonlarda barcha tabaqa kishilariga ibrat bo‘lib qolaveradi. Demak, Fanoiyning qarashlarida Pahlavon Mahmud va uning ijodi tasavvufiy aqidalar bilan birga chambarchas ekanligi, bu aqidalarning amaliyoti esa Pahlavon Mahmudning shaxsiyati ham hammaga ibrat ekanligi o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari, Pahlavon Mahmud haqida ba’zi lug‘atlardan ham ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, “G‘iyos ul-lug‘at”da bu haqida shunday deyiladi: “Puryoyvaliy yoki Puryoyi Vali xorazmlik Pahlavon Mahmudning laqabidir. Bunda kurash ilmidan mahorat ko‘rsatgan keksa pahlavon, zo‘rxona pahlavonlarining boshlig‘i nazarda tutiladi. Zero, qaysi bir kurashchi zo‘rxonaga kirmoqchi bo‘lsa, dastlab Puryoyvaliyning qadamiga (oyog‘iga) bosh qo‘yadi. Shu jihatdan “Puryoyvaliy” so‘zi majozan aziz va mukarram ma’nosini ham bildiradi.”4 Uning pahlavonligi Eron va Hindistonda ham mashshur bo‘lgan. Bir jangda u Hindiston shohi Roy Ropoy Cho‘nani o‘limdan qutqarib qoladi. Shunda shoh “nimani istasang, shuni bajaraman” deb va’da beradi. Shunda Pahlavon Mahmud: “Sizning qo‘lingizda Xorazmdan kelib asir tushgan bandilar bor. Ularni ozod qiloib vatanga qaytishga ruxsat bersangiz” deydi. Shoh ularni ozod qiladi. Pahlavon Mahmud “Qitoliy” taxallusi bilan ham ijod qilgan. Ushbu taxallus ham pahl;avonlik bilan bog‘liq. “Qitol” so‘zining ma’nosi “bir-biri bilan jang qilmoq, kurashmoq”, demakdir. Pahlavon Mahmud, asosan, po‘stindo‘zlik, telpakdo‘zlik bilan shug‘ullangan. Badiiy ijod sohasida uning “Kanz ul-haqoyiq” nomli masnaviysi haqida ma’lumot bor. Asosan, ruboiylari bilan mashhurdir. Umar Hayyomdan keyin ijodini faqat ruboiy janri bilan boyitgan shoir Pahlavon Mahmuddir. Pahlavon Mahmud fors-tojik tilida ham ijod qilgan. Uning ruboiylarini Ulfat (Imomiddin Qosimov), Boqir (Omonulla Valixonov), Muinzoda, Shoislom Shomuhamedov, To‘xtasin Jalolov, Vasfiy, Muntazar Abdulhakim, Ergash Ochilovlar tarjima qilishgan. Ruboiy janrining Pahlavon Mahmud ijodiga qadar adabiyotda tutgan o‘rni Badiiy mumtoz adabiyotda qisqa va aniqligi, hikmatli so‘z darajasida ibratomuzligi bilan o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi kichik she’riy janrlardan biri – ruboiydir. Mumtoz adabiyotda ruboiy janri Pahlavon Mahmud ijod yillaridan oldin ham o‘z maqomatiga ega bo‘lgan. Ayniqsa, Umar Hayyom ijodining asosiy qismi ruboiylardan iboratdir. Ruboiy Sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan bo'lib, ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari va pand-nasihatlari ifodalanadi. Pahlavon Mahmuddan oldin ruboiy janrida serunum ijod qilgan shoir Umar Hayyom hisoblanadi. Umar Hayyomga uning ruboiylari jahonshumul shuhrat keltirgan. Ularda shoir dunyo, odam haqida, hayot mazmuni haqida fikr yuritadi. Ruboiylarida u materiyaning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi, eskining yemirilib, yangining paydo boʻlishini (kulol, koʻza, tuproq haqidagi ruboiylar va hokazo) ifodalaydi. Umuman, ishq va hayot, inson tafakkurining qudrati, umrning maʼnosi, insoniy fazilat va qusurlar, maʼrifat va jaholat kabi mavzular shoir ruboiylarining asosini tashkil etadi. Tez-tez uchrab turadigan may obrazi esa ilohiy muhabbat, hayot lazzatlarini ulugʻlash vositasidir. Firdavsiy masnaviyni, Hofiz gʻazalni qanchalik takomilga yetkazgan boʻlsalar, Hayyom ham ruboiyni shunchalik yuksak mavqega koʻtardi. Hayyom ruboiylari dunyoning deyarli barcha asosiy tillariga tarjima qilingan. Bu ruboiylar oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. XIX asrdan Gʻarbda ham mashhur boʻlgan. Aynan u tufayli ruboiy jahon soʻz sanʼatining mashhur janrlaridan biriga aylangan. U oʻzining falsafiy jihatdan teran va sermazmun ruboiylari bilan Sharq sheʼriyatida falsafiylikning chuqurlashuviga katta hissa qoʻshgan. Amerikada Umar Hayyom asarlari asosida teatrlashtirilgan sahna asari, Londonda maxsus Hayyomxonlar saroyi mavjud. Ularda shoir ruboiylari ham aslida, ham tarjimada badiiy soʻz ustalari, mohir notiqlar tomonidan oʻqiladi. Sharqda bunday sahna asari — „Oʻz-oʻzim bilan suhbat“ Tojikiston xalq artisti Mahmudjon Vohidov tomonidan yaratilgan. Hayyom ruboiylarini XX asr boshlaridan oʻzbek tiliga tarjima qilishga kirishilgan. 1914 - yil „Shoʻro“ jurnalining bir necha sonlarida shoirning ruboiylari ilmiy sharhi bilan nasriy tarjimada eʼlon qilingan. Fitrat „Fors shoiri Umar Hayyom“ nomli risolasida (1929-yil) uning 35 ta ruboiysini nasriy tarjimada keltirgan. Keyinchalik F.Abdullayev uning 14 ta ruboiysini sheʼriy tarjima qilgan. Hayyom ruboiylari tarjimasi asosan Sh. Shomuhamedov nomi bilan bogʻliq: shoir ruboiylari uning tarjimasida bir necha marta bosilib chiqqan. Soʻnggi yillarda Umar Hayyom ruboiylarining J.Kamol, E.Ochilovlar tomonidan aruzda qilingan yangi tarjimalari paydo boʻldi. 2001 - 2004-yillarda Nabi Jaloliddin Umar Hayyom hayotiga bagʻishlangan roman yozdi. Bu ajoyib roman Hayyom ruhiyatining barcha qirralarini toʻla namoyon etgan. (Alisher Navoiy) Shayx Ahmad bin Xudoydod Taroziy “Funun al-balogʻa” asarida (hijriy 840–milodiy 1436–1437-yillar) oʻz davridagi oʻnta sheʼriy janrlarga tavsif beradi (qasida, gʻazal, qitʼa, ruboiy, masnaviy, tarjeʼ, musammat, mustazod, mutavval, fard). Biz yaxshi bilamizki, Navoiy ijodida – “Xazoyin ul-maʼoniy”da sheʼriy janrlarning 16 ta xili mavjud. Ularning orasida eng barakalilaridan biri ruboiy ekanligini mutaxassislar koʻp marta taʼkidlashgan. “Nazm ul-javohir” (“Gavharlar tizmasi”) asari, asosan, tasavvuf gʻoyalari targʻibiga bagʻishlangan. Unda tasavvufdagi asosiy tushuncha va tamoyillar nihoyatda sodda va tushunarli tilda talqin qilinadi. Masalan, “Roʻa aboka yuroʻuka” (“Otangga rioyat qil – bolangdan qaytadi”) hadisi uchun quyidagi ruboiy keltirilgan: Farzand ato qulligʻin chu odat qilgʻay, Ul odat ila kasbi saodat qilgʻay, Eng bila menging yaxshi, saqogʻing yaxshi. Bir-bir ne deyin, boshdin ayogʻing yaxshi. Mazkur ruboiy turkiy tilning ichki imkoniyatlarini, har qanday hol va holatning, narsa va predmetning, hodisaning tasvirini ona tilida yaratib bera olish imkoniyatini yaqqol koʻrsatib berishi bilan ham eʼtiborga molik. Unda maʼshuqa portretini chizib koʻrsatish asosiy maqsad sifatida namoyon boʻlgan. Dastlab yuzning yuqori qismidagi uzvlar koʻz, qosh va qaboq qalamga olinadi. Ularning barchasi yor uchun mos va munosib. Bu hukm “yaxshi” soʻzi orqali ravshanlashadi. Bu soʻzning misra oxirida kelishi uning gapdagi vazifasi kesim ekanligini koʻrsatib turibdi. Odatda, gapdagi hukmning asosiy mazmun va mohiyati kesimda oʻz ifodasini topadi. Keyingi qismda yuzning navbatdagi uzvlar: yuz bilan dudoq qoʻyiladi. Ayni paytda roʻyxatga yuz bilan bevosita bogʻlanmagan yana bir jumla (“soʻz”) ham jalb etiladi. Demak, shoir maʼshuqaning faqat tashqi koʻrinishini emas, balki uning maʼnaviy olamini ham nazarda tutadi. Zero, inson maʼnaviyati uning nima deyishida, nimani qanday aytishida ham oʻz aksini topadi. Soʻng yana zohiriy belgilarga oʻtiladi: yuz, yuzdagi xol, iyaklarning mos va mutanosibligi qayd etiladi. Oxirgi bayt ruboiyga yakun yasaydi. Bu yerda yana bir yangi soʻz oʻyiniga duch kelamiz. U “boshdin oyogʻing yaxshi” tarzida shakllantirilgan. Bu yerda ham soʻzlarning oʻz va koʻchma maʼnolari mujassamlashgan. Yaʼni, “boshing ham, oyogʻing ham yaxshi” degan sanoq va boshingdan oyogʻinggacha boʻlgan hamma uzvlaring goʻzal degan mulohaza oʻz ifodasini topgan. Navoiy ruboiylarini ingliz tiliga tarjima qilish ishlari tashabbuskorlaridan biri iste’dodli tarjimon K.Ma’murovdir. Albatta, ruboiy shakliy hususiyatlari va ichki qofiyalanishi jihatdan g‘azaldan farq qilib, vazn qo‘llanishi jihatidan soddaroqdir. Shu ma’noda K.Ma’murov uning ohangini tarjimaga aniq ko‘chira olish, turkiy ruboiylar jarangini inglizcha yangratish imkoniyatini topgan. Alisher Navoiy ruboiylari orasida turli tillarga oid so‘zlar ishtirokida yozilgan she’rlar bor. She’rni yaratishdagi bunday usul ijodkorlar orasida «shiru shakar», «shiru shahdu shakar» kabi nomlar bilan atalib kelingan. Mazkur ruboiyda o‘zbek tilida keng qo‘llanilayotgan “aziz” va “umr” kabi so‘zlarining ishlatilishiga balki e’tibor bermas edik, biroq ularning “umri aziz” shaklidagi birikmasi grammatik nuqtai nazaridan forscha iborani yasamoqda, shu sababli bu ruboiyda mazkur badiiy usuldan ustalik bilan foydalanganligini anglash mumkin: Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz, Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. Har neniki sevmak ondin ortuq bo‘lmas, Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz . Q.Ma’murov tarjimasi: I love you more than my soul, oh, my dear, I love you more than all numbers, oh, my dear, Loving anything can not be more than that, I love you much more than that, oh, my dear. Ruboiyning inglizcha jarangi ham aynan Sharqona ohangga egaki, bunday she’rlar ingliz lirikasida uchramaydi. Ammo mazkur ruboiydagi “Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz” misrasida shoir “son” deganda aynan sanoq sonlarni nazarda tutmagan balki “sanalishi mumkin bo‘lgan har qanday mavjudotdanda kuchliroq sevaman” demoqchi. Bu esa cheksizlikni anglatadi. Shu o‘rinda tarjimon son so‘zini soddagina qilib – numbers (raqamlar,sonlar) so‘zi bilan tarjima qilib jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan: I love you more than all numbers, oh, my dear… So‘zma-so‘z tarjimasi: Men seni hamma raqamlardanda ko‘ra kuchliroq sevaman azizim… Ingliz tilida “hamma raqamlardan ko‘ra kuchli sevmoq” degan ibora yo‘q. Binobarin chet tilida o‘ta jo‘n chiqqan bu iborani Navoiy ham qo‘llayotgani yo‘q. Agar tarjimon “sondin” so‘zining baytdagi ma’nosi sanab adog‘iga yetib bo‘lmas cheksizlik ekanligini tushunganida ingliz tilida bu so‘zni – infinity (cheksizlik)deb bergan bo‘lar edi. Bu so‘z makmillan lug‘atida quyidagicha izohlanadi: 1 [uncountable] a space, time, or distance that continues without end or limits a barren landscape stretching into infinity 2 [singular] a very large amount of something, or a very large number of things infinity of: an infinity of combinations an infinity of patience a. [uncountable] maths the largest number that exists Ko‘rib turganimizdek bu so‘zning 1-ma’nosi cheksizlik, chegara bilmas masofa, 2-ma’nosi juda katta sanoqqa ega bo‘lgan real va mavhum predmetlar, katta sanoq sonlar. Ba’zan arab raqamlarini ham anglatadi: Arabic numeral, arithmetic progression, base, coefficient, common factor, common multiple, computation, constant, cube, cube root.. Demak, bu so‘z aynan sanab bo‘lmaydigan cheksizlikni bildiradi. Ingliz badiiy adabiyotida mazkur bayt tarjimasiga aynan mos keluvchi: Love more than infinity — cheksizlikdanda ko‘proq sevmoq degan iborasi mavjud. Shu misrani mutarjim: I love you more than infinity, oh, my dear… deb tarjima qilganda edi, ingliz tilida asliyatning bor ma’nosi va badiiyligi to‘liq ifodalab berilar edi. Alisher Navoiy ruboiylari orasida qofiyalar to‘rt bo‘lakka bo‘lingan holda yaratilganlari ham bor. Dastlabki uch bo‘lakda bir xil qofiyali so‘zlar keltiriladi. She’rda bunday usul qo‘llanilganda ichki qofiya san’ati hosil bo‘ladi. Bunga quyidagi ruboiy misol bo‘ladi: Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi. Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi, Bir-bir ne deyin, boshdin-ayog‘ing yaxshi . Navoiy mazkur she’rida tavzi’ san’atidan ham ustalik bilan foydalanib suyuklining “boshdin-ayog‘” go‘zal qiyofasini mohirlik bilan tasvirlagan. Asliyatdagi otlarning uyushib kelishi tarjimaga ham ko‘chgan. Tarjimon radifdan oldin kelgan qofiyadosh qabog‘ing, dudog‘ing, saqog‘ing, ayog‘ing so‘zlarini ingliz tilida eyelids, lips, chins so‘zlari bilan berib, til imkoniyatidan kelib chiqqan, natijada o‘zaro ohangdoshlik hosil qilishga intilgan va bunga erishgan. Tarjimada ruboiy ohangi to‘liq saqlab qolingan va inglizcha bo‘yoqdorlikdan xoli. Ingliz poeziyasida aruz bo‘lmaganidek, o‘zbek she’riyatida ham yamb yo‘q. Bunday qaraganda, yamb bilan aruz o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Bir-biridan yiroq bo‘lgan ikki she’riy sistema va an’anani “omixta” qilishda tarjimon jur’at bilan qalam surgan. U ingliz yambiga asl nusxadagi ixchamlik va emotsionallikni saqlay oladigan, yangi ohang beruvchi radifli qofiya kiritgan. Natijada esa qandaydir uchinchi – ona tili va bo‘lak tildagi she’riy unsurlar omixtasidan iborat nazmiy mushtaraklik barpo etilgan. Eng qizig‘i shundaki, asliyatdagi tavzi’ san’ati tarjimada qayta yaratilgan. Alisher Navoiy yorni yanada jozibaliroq tasvirlash maqsadida tashbih san’atidan va uning turlaridan ham keng foydalanadi: Dedim zaqaning tutub, saqog‘ingni o‘pay, Ko‘z qoshingga surtubon qabog‘ingni o‘pay, Guldek yuzung islabon dudog‘ingni o‘pay, Yo‘q, yo‘q, yo‘q, agar desang ayog‘ingni o‘pay . Alisher Navoiy bu tashbihda -dek qo‘shimchasidan foydalanib tashbihi mutlaq (aniq o‘xshatish) xilini xosil qilmoqda. “O‘pay” radifli ruboiy tarjimasiga ham ohang va jarangdorligi jihatidan Sharqona uslubning G‘arbcha jarangi deya baho berish mumkin. Tarjima shu darajada aniq va tushunarli chiqqanki, inglizcha matndanoq Navoiy ohangi sezilib turadi. Oshiqning yor labi, yonoqlari, ko‘zu-qoshlaridan o‘pish orzusi va bu orzuga erisholmasa, ya’ni ma’nan balandda turgan ma’shuqa ruxsat bermasa, hech bo‘lmasa, oyog‘idan o‘pish va yor vasliga qonish ilohiy va majoziy ishq savdosi dardiga malham bo‘lishi ikkala matnda (asliyat va tarjimada) birdek tushunarli va chiroyli ifoda etilgan. Ruboiyda qo‘llangan savolu javob san’ati ham tarjimada qayta yaratilgan. Inglizcha tarjimaga Navoiy ruboiylarining ohangi va ruhiyatining ko‘chganligiga, tarjimonning o‘zbek millatidan ekanligi va bu ohang uning shuuriga singib ketganidan tarjimon bu qadar muvaffaqiyatga erishgan bo‘lishi mumkin. Albatta, tarjimada ohang muhim. O‘ziga xos jarangga ega lirik janr chet el kitobxonida ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Qo‘shiq misolida aytadigan bo‘lsak, uning matnidan ko‘ra birinchi navbatda yoqimli ohangi e’tiborni tortadi. Navoiy ijodiyotini ingliz tiliga tarjima qilishda ma’no bilan bir qatorda ohang birinchi o‘ringa qo‘yilishi zarur deb o‘ylaymiz. Keyingi ruboiyda ham Alisher Navoiy tashbehning tashbihi mutlaq (aniq o‘xshatish) xilini xosil qilmoqda: G‘urbatda g‘arib shodumon bo‘lmas emush, El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emush, Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Fariddiddin Attorning “Muxtornoma” asaridan qalbni, xulqni, go‘zallashtirishga da’vat etuvchi besh mingdan ortiq ruboiy joy olgan. Mavlono Jaloliddin Rumiyning devonida bir yarim mingga yaqin ruboiy berilgan. Ular Xayyomning inson umri g‘animatligi, dunyoning o‘tkinchiligi to‘g‘risidagi SHarqu G‘arbda shuhrat topgan. Sрarq poetikasida ruboiy faqat hazaj bahrining axrab va axram tarmoqlarida yozilishi va albatta to‘rt misradan iborat bo‘lishi qat’iy belgilangan. Abu Ali ibn Sino, SHayx Najmiddin Kubro, Mirzo Abdulqodir Bedil singari donishmandlar o‘zlarining ma’rifiy aloqiy, ilohiy qarashlarini ruboiylarida ifodalashgan. Janrlar an’ana tarzida avvaldan mavjud bo‘lishi tabiiydir. Ammo uni mavzu, uning zamirida turgan hayot materiali, mazmun yo fikr tanlaydi. Ruboiy – lirikaning mo‘‘jaz janrlaridan biri bo‘lib, dastlab fors-tojik adabiyotida folklor ta’sirida paydo bo‘ldi, keyinchalik turkiy adabiyotdan ham mustahkam o‘rin oldi. Ruboiy (arabcha, to‘rtlik so‘zidan) – axloqiy-falsafiy, ishqiy mavzularda yaratiladigan to‘rt misradan iborat yaxlit, tugallangan she’r. Dastlab fors-tojik she’riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo bo‘lgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud. “Haft qulzum” asaring muallifi Qabul Muhammad ruboiy janriga shunday ta’rif beradi: “Bilgilki, ruboiy lug‘atlarda ikki baytli she’r deganidir. Vazn va qofiyada to‘rttala misrasi ham muofiq kelgan she’r ruboiy deyiladi. Ruboiyda aksar birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi misralar qofiyadosh bo‘ladi. Maboda uchinchi misra ham kelsa , unga “ruboiy tarona” deb yuritiladi”. «FUNUNU-L-BALOG‘A»dan: Ruboiy to‘rt misra’ bo‘lur. Avvalg‘i va ikkinchi va to‘rtinchi misra’ida qofiya keltirurlar. Va uchinchi misra’i ixtiyordur. Agar qofiya keltursalar ruboiyi musarra’ derlar. Eron olmi Muallim Nojiy ruboiyning har to‘rtala misrasi qofiyalangan shakliga “ruboiyi musarra (“kushodu ravshan” ravshanu oshkor” deb nom beradi. Ruboiyning bu turi Alisher Navoiy asarida “ruboiya” deb ataladi.BuhaqdaNavoiy “Mezonul-avzon” asaridashundayyozadi: “Ruboiy vaznikim, oni “dubaytiy” va “tarona” hamderlar, hazaj bahrining “axram” va “axrab”idin istixroj qilibdurlar va ul vaznedur asru xush oyanda vavaznedur bag‘oyatra boyanda”. Ruboiyni ta’riflash XX asr o‘zbek adabiyotshunosligida ham aytib o‘tildi. To‘rt misra’ligina bo‘lub, 1-, 2-, 4-misra’i qofiyadosh, 3- misra’i qofiyasiz bo‘lg‘an tizmalarga ruboyi deyiladir. Ruboyi forsi(y)ga maxsus bir tizim shaklidir. Bizga forslardan kelgandir. Buning maxsus vazni bordir. Arab-fors aruzini chig‘atoychada yozg‘an Navoyi ruboiy uchun “hazaj” bahridan yigirma to‘rt vazn borligini so‘ylaydir. Biroq bu yigirtma to‘rt vazn bir-biriga shuncha yaqindirkim, Navoyining o‘zi ham, misollarini ko‘rsatganda aralashtirib yuboradir” (Fitrat) Jumladan, Navoiy poetikasi masalalarini maxsus o‘rganish Hodi Zarifning«Ruboiy», «Lutfiy va Navoiy» nomli maqolalarida tilga olinib, shoirlirikasining g‘oyaviy-badiiy mohiyati, o‘zbek poeziyasi an’analariningNavoiy she’riyati taraqqiyotida tutgan o‘rni kabi sohalarda jiddiyfikrlar bayon qilinadi. Bundan tashqari, A. Haytmetovning (Navoiy lirikasi) tadqiqotlarida ruboiy bilan bog‘liq fikrlar mavjud. Adabiyotshunoslikdagi ruboiy janri bilan bog‘liq fikrlarni umumlashtirgan I.Haqqulov shunday ta’rif beradi “ o‘ziga xos kompozitsion qurilishga, qofiya va badiiy pritsiplarga ega, falsafiy, ijtimoiy, ishqiy va axloqiy mavzulardagi, hazajning mahsus vaznida yoziladigan she’r shakliga ruboiy deyiladi”. Ruboiy janri bilan bog‘liq adabiyotshunoslikda yana bir muammo mavjud. Turk adabiyotshunosi Muallim Nojiy “Ruboiy yana “tarona” va “dubaytiy” nomlari bilan atalur”,- deydi. O‘z o‘zidan ko‘rinib turibdiki, ruboiy, tarona, dubaytiy bir-birigia sinonim bo‘lgan so‘zlarmi degan savol tug‘iladi. Download 79.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling