Navoiy davlat pedagogika institu
Download 79.7 Kb.
|
Salimaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- NORQULOVA SALIMANING MAVZU: Ruboiy janrining turkiy adabiyotdagi taraqqiyot bosqichi
- I. Kirish I.1. Ruboiy poetikasi II. Asosiy qism II.1 O’zbek ruboriyoti tarixi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI O`ZBEK TILI VA ADABIYOT YO’NALISHI SIRTQI BO’LIM IKKINCHI MUTAXASSISLIK 3 kurs “A-21” GURUHI TALABASI NORQULOVA SALIMANING MAVZU: Ruboiy janrining turkiy adabiyotdagi taraqqiyot bosqichi Qabul qildi: SHaripova R NAVOIY-202 REJA: I. Kirish I.1. Ruboiy poetikasi II. Asosiy qism II.1 O’zbek ruboriyoti tarixi II.2 Ruboiy genezisiga doir ma’lumotlar. II4Janr qonuniyati va ijodkor mahorati III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma'naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Mustaqil O‘zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O‘zbekiston Davlat mukofoti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi til va adabiyot instituti, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, opera va balet akademik teatri, O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma'rifiy muassasalar, jamoa xo‘jaliklari ulug' shoir nomi bilan ataladi. Navoiy, nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun dunyo, Sharq-u G‘arb xalqlarini o‘ziga rom etgan shoir. U kishining asarlarini hamma birdek sevib o‘qiydi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida bu haqida shunday yozgan edilar: "O‘zbek xalqi ma'naviy dunyosining shakllanishida g‘oyat kuchli va samarali ta'sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yanabiri- bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha'n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san'atkoridir. Ta'bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa"1. Ruboiy ko’p sayqal topgan dovrug’dor janr. Uning olamaro shuhrat topishi avvalo bu sohaning Benazir ustodi Umar Xayyom Nishopuriy nomi bilan bo’g’liq.O’zbek adabiyotida ruboiy qadimdan mavjud she’riy shakl bo’lsada , u o’zining yuksak taraqqiyotiga Alisher Navoiy va Bobur ijodlari orqali erishildi. Ammo shungacha bu janr juda uzoq murakkab evolyutsion jarayonni boshidan kechirdi 1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: M'anaviyat, 2008. – B. 47. Ushbu kurs ishida O’zbek adabiyotshunosligida ruboiy poetikasi va tarixi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Bundan tashqari Navoiy va Bobur.ijodida Pahlavon Mahmud ijodida ruboiylari ularning ma’no mazmuni haqida tanishamiz. Download 79.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling