Guruhi talabasi amanova sarvinozning mavzu


Download 195.53 Kb.
bet1/9
Sana09.02.2023
Hajmi195.53 Kb.
#1182600
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sarvinozzz




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI
FAKULTETI
O`ZBEK TILI VA ADABIYOT YO’NALISHI
SIRTQI BO’LIM IKKINCHI MUTAXASSISLIK
3 kurs “A-21” GURUHI TALABASI


AMANOVA SARVINOZNING


MAVZU: Mahbub ul-qulub” asaridagi masalalar
Qabul qildi: Z.J.Axmedova


NAVOIY-2022




REJA:


I. Kirish
I.1. “Mahbub ul- qulub”ning tuzilishi va asaridagi masalalar
II. Asosiy qism
II.1 “Mahbub ul-qulub” asarida inson va uning kamoloti xususida
II.2 Asarda ta’lim-tarbiya masalasi.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.



KIRISH
Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli joylarida yashayotgan turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat ma'naviy merosi umumjahon xazinasidan mustahkam o‘rin oldi. Mustaqil O‘zbekistonda Navoiyni anglash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri va uning markazi, O‘zbekiston Davlat mukofoti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi til va adabiyot instituti, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, opera va balet akademik teatri, O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, Samarqand Davlat universiteti va boshqa yuzlab madaniy-ma'rifiy muassasalar, jamoa xo‘jaliklari ulug' shoir nomi bilan ataladi.
Navoiy, nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun dunyo, Sharq-u G‘arb xalqlarini o‘ziga rom etgan shoir. U kishining asarlarini hamma birdek sevib o‘qiydi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida bu haqida shunday yozgan edilar: "O‘zbek xalqi ma'naviy dunyosining shakllanishida g‘oyat kuchli va samarali ta'sir ko‘rsatgan ulug‘ zotlardan yanabiri- bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so‘z yuritamiz. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha'n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san'atkoridir. Ta'bir joiz bo‘lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e'tiqod bilan qaramasa"1.
Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari shoir hayotining so‘ngida yozilgan eng so‘nggi yirik nasriy asar hisoblanadi. Asar 1500-yilda yozilgan bo‘lib, 3qism, 127 ta tanbeh, 13 ta hikoyatdan iborat. Birinchi qismda insonlar xulq-atvorida uchraydigan yaxshi-yomon xislatlar va illatlar haqida fikr yuritiladi. Ikkinchi
qismda tasavvufiy allomalar va ular hayoti bilan bog‘liq hikoyatlar uchraydi. Uchinchi qismda pand-nasihat ruhidagi 127 ta tanbeh kiritilgan.

1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. Toshkent: M'anaviyat, 2008. B. 47.

Ushbu kurs ishida “Mahbub ul-qulub”dagi hikoyatlar asosiy mavzu qilib olingan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Navoiyning ko‘pgina asarlarida hikoyatlar kiritilgan. Ulami alohida-alohida olib o‘rganish, bugungi kun talablari asosida fikr yuritish muhim vazifalardan hisoblanadi. “Mahbub ul-qulub” dagi hikoyatlami ana shu tarzda oTganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.



Download 195.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling