Navoiy Davlat pedagogika instituti Fizika o’qitish metodikasi 1-kurs magistranti Nabiyeva Firuzaning Fizika va astronomiya ta’limida tahlil va tadqiqot usullari fanidan tayyorlagan


Tadqiqotning amaliy ahamiyat mezoni


Download 369.21 Kb.
bet5/9
Sana08.01.2022
Hajmi369.21 Kb.
#236074
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogik tadqiqotning sifat mezonlari. Nabiyeva F.

Tadqiqotning amaliy ahamiyat mezoni – ushbu mezon tadqiqotning amaliy ahamiyatini belgilab, olingan natijalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonga, o’qitish metodikasiga, uni tashkil qilishga, faoliyatning har xil turlariga, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka ko’rsatgan ta’siri bilan tavsiflanadi. Boshqacha aytganda, ilmiy-amaliy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilish natijasida erishilgan natijalar bilan belgilanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati ko’rsatkichlari quyidagilar: ● tadqiqot natijalari bilan qiziqqan foydalanuvchilar soni va hajmi; ● tadqiqot materiallari tavsiya qilingan o’quv yurtlari soni va ko’lami; ● joriy qilinish ko’lami. Olingan natijalarning qo’llanish sohasiga qarab, tadqiqotning amaliy ahamiyatini quyidagi uch darajaga bo’lish mumkin: ♦ xususiy metodik daraja – bu darajadagi amaliy ahamiyatga o’qitish metodikasi, tarbilash va rivojlantirishga taalluqli xususiy masalarni hal qilishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar ega bo’ladi. ♦ umummetodik daraja – bu darajadagi amaliy ahamiyatga, o’qitish va tarbiyalashga tegishli muhim umumiy masalalarni hal qilishga qaratilgan amaliy tadqiqotlar ega bo’ladi. ♦ umumdidaktik daraja – bu darajadagi amaliy ahamiyatga, didaktika yoki tarbiya nazariyasiga tegishli, ko’plab o’quv predmetlariga taalluqli tadqiqotlar ega bo’ladi.


Download 369.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling