Bu esa insonning eng buyuk kashfiyotlaridan biri edi. Yuqorida tilga olingan va boshqa ko`pgina issiqlik hodisalari ma`lum bir qonunlarga bo`ysunadi. Issiqlik hodisalari qonunlarining kashf etilishi bu hodisalardan amalda va texnikada samarali foydalanishga imkon beradi. Hozirgi zamon issiqlik dvigatellari, gazlarni suyuqlika aylantiradigan qurilmalar, sovitkich apparatlar va ko`pgina boshha qurilmalar ana shu qonunlarga asoslanib loyihalanadi. Issiqlik almashinish jarayonlarini o`rganish, issiqlik energiyasidan tejamli foydalanish masalalari bilan chambarchas bog‟liq. Chunki hozirgi davrda butun dunyoda energiya tanqisligi ro`y berayotgan bir paytda issiqlik almashinish jarayonlarini o`rganish va uning boshqarish energiya manbalaridan tejamli foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |