Navoiy Davlat Pedagogika Instituti fizika texnalogiya fakulteti
Download 310.34 Kb.
|
1- slayd munisa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafaga berilgan tariflar
- Dunyoqarashning tarixiy shakllari: 1. Mifologik dunyoqarash 2. Diniy dunyoqarash 3. Falsafiy dunyoqarash
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti fizika - texnalogiya fakulteti fizika va astranomiya ta'lim yo'nalishi 2 - " G " guruh talabasi Tursunova Munisaning falsafa fanidan MUSTAQIL ISHI Falsafiy dunyo qarashning inson o'z- o'zini anglashdagi ro'li Reja: 1. Falsafa o'zi nima ? Falsafa haquda buyuklar fikri 2. Dunyoqarash tushunchasi va uning mazmun mohiyati 3. Inson dunyoqarashi nimalarga bog'liq va uni shakllantiringFalsafa tushunchasi qadimgi yunon tilidan olingan bo'lib , " Donolikka muhabbat " degan ma'noni anglatadi. Falsafa fani eramizdan avvalgi VI asrda Pifagor tomonidan ilk bora ishlatilgan. Fanga esa Platon asarlari orqali kirib kelgan va Fanlarning Otasi deb ta'riflanganFalsafaga berilgan ta'riflarFaylasuf Roziy Abu Bakr Muhammad Ibn Zakariy : " Kimki falsafani òrganish bilan mashģul bòlsa, u haqiqat yòlidan borishga loyiq. Haqiqat ham kishilarning ruhiyati , dunyoning zulmat va qabohatlaridan xalos bòlishi falsafani òrganish orqali bòladi Jan Jak Russo : " Falsafani òrganish jarayonida kishilarda adolatlilik , xaqqoniylik , insonparvarlik e'tiqodi shakllanadi. Boshqalarga qayģurish , achinish hissi shakllanadi " . • Falsafani bilmaydigan odam meditsina , ta'lim yoki san'at , madaniyat sohasi vakili bòladimi, bundan qat'iy nazar hayotning òz kasbining ma'no mazmunini yaxshi tushunmaydi. • Biror bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarni , odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib òz istiqbolini tasavvur eta olmaydi I. KARIMOVDunyoqarash - insonning òzini qurshagan borliqqa va òz - òziga bòlgan munosabatlar tizimi , shuningdek ularning mazkur munosabatlar bilan belgilangan hayotiy ideallari : e' tiqodlari , bilish va faoliyat tamoyillari , qadriyat va mòljallaridir.▪︎ Dunyoqarashning tuzilishi Dunyoni sezish bu òzini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyģular , kayfiyat dunyoni ranglarga bòyaydi , uning obrazi sub'ektiv , sof indivudial sezgilar orqali aks etadi. Dunyoni tushunish - insonni va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash , shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqealar va jarayonlarning òzaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy bilish faoliyatidirDunyoqarashning tarixiy shakllari: 1. Mifologik dunyoqarash 2. Diniy dunyoqarash 3. Falsafiy dunyoqarashMifologik dunyoqarash " Mif " tushunchasi yunoncha mythos sòzidan kelib chiqqan bòlib, rivoyat degan ma'noni anglatadi. Mif - bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari , fantastik mavjudodlar , xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi taassurotlarni ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashMif ayniqsa insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va òzaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan. Chunki unda axloqiy qarashlar , insonning borliqqa estetik munosabati òz ifodasini topgan. Mifologiyaga shu narsa xoski unda hamma narsa bir , yaxlit ajralmasdir.Diniy dunyoqarash Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. Din sòzi arabchadan tarjimada e'tiqod , ishonch , ishonmoq degan ma'nolarni anglatadi. Diniy dunyoqarash odamlarning ģayritabiiy narsalarga bòlgan e'tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va òziga xos harakatlaridir.Falsafiy dunyoqarash • Dunyoqarashning avvalgi shakllari : mif va dindan farqli òlaroq , falsafa dunyoni e'tiqodga va tuyģularga tayanib emas , balki aql va bilimlarga qarab tushuntiradi • Falsafiy dunyoqarash dunyoni , borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. • Falsafiy dunyoqarash bu aslida mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar , mantiqiy muhokamalar va xulosa chiqarishlar asosida nazariy fikr yuritishlar orqali dunyoni , borliqni tushunish , tushuntirish , baholash va izohlashdir.Download 310.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling