Navoiy davlat pedagogika instituti «kelishildi»
Download 37.19 Kb.
|
19-МАЛАКА АМАЛИЁТИ БЎЙИЧА УСЛУБИЙ ТАВСИЯ ЛОЙХАСИ Fazli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malaka amaliyot dasturi Bilim sohasi
- Talim sohasi: Ta‘lim 100000 Talim yo‘nalishi
- Malaka amalyotining asosiy parametrlari
- 2022/2023 Semestrlar 3-6 Haftalik soati 18
- Malaka amaliyotining vazifasi
- II. Malaka amaliyotining mazmuni Malaka amaliyotining mazmuni uning reja-jadvali
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGINAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Malaka amaliyot dasturi
Malaka amalyotining asosiy parametrlari
I. Malaka amaliyotining maqsad va vazifalari Malaka amaliyotining maqsadi - amaliyotchi bevosita davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga tayyorlash, o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo‘yicha tajriba hosil qilish, o‘z ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, shuningdek, tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganishdan iborat. Talabalarning malaka amaliyotini tashkil etishda kafedra tasarrufidagi ta’lim yo‘nalishining o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bo‘yicha amaliy bilim, ko‘nikmalarini chuqurlashtirish va kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Malaka amaliyotining vazifasi – o‘quv jarayonida kasb mahoratini takomillashtirish bilan birga, tarbiyaviy ishlar va tashkilotchilik mahoratlarini o‘zlashtirish, o‘quv jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash, tadbiq etish, o‘rganishdir. Amaliyotchi talabada mutaxassislik bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish. Ta’lim tizimida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lamini va tizimini o‘rgatish. Malaka amaliyot obyektida mavjud tartib-qoidalar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rgatish. Malakaviy amaliyot obyektida qaror qabul qilish va mustaqil ishlashga o‘rgatish. Ijtimoiy-siyosiy, tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish sohasida kerakli bilimlarni egallash. Ma’lumotlarni tahlil qilish va hisobotlarni tayyorlash usullarini qo‘llashdan iborat. II. Malaka amaliyotining mazmuni Malaka amaliyotining mazmuni uning reja-jadvali va dasturlari bilan belgilanadi. Oliy ta’lim tashkilotlari hamda ta’lim muassasalari hamkorligida malaka amaliyoti samaradorligi va sifatini oshirish uchun 2-kursdan boshlab ta’lim yo‘nalishlari mutaxassislik fanlaridan amaliy faoliyatlarni o‘quv dasturlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tashkilotlarida tashkil etish yo‘lga qo‘yiladi. OTM bilan talabalar malaka amaliyotini o‘tkazish bo‘yicha tegishli qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomada bitiruvchini ish bilan ta’miilanishi to‘g‘risida bandlar kiritiladi. Ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasida malaka amaliyotini o‘tash davri qabul qiluvchi tashkilotning faoliyat yuritayotgan davriga, xususan malaka amaliyoti ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoni olib borilayotgan davrga mos holda qo‘yilishi lozim. Amaliyotchi talaba O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq 60110600 – «Matematika va informatika» hamda 5110100 – «Matematika va informatika» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustdagi 418-sonli bo‘yrug‘i bilan tasdiqlangan malaka talabi asosida malaka amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tash talab etiladi. Malaka amaliyoti dasturini belgilangan muddatlarda o‘zlashtirmagan va qoniqarsiz baho olgan talaba(lar) akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talabalar, shuningdek, malaka amaliyotini uzrli sabablarga ko‘ra o‘tay olmagan talabalar akademik qarzdorlikni qonunlarda belgilangan muddatda bartaraf etish huquqiga ega. Download 37.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling