Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti «informatika» kafedrasi


Download 138.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana16.06.2023
Hajmi138.46 Kb.
#1495744
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Eshquvatova Nilufar kurs ishi 4

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI 
I. Tashkiliy qism 
Salomlashish, davomatni aniqlash. 
II. Takrorlash 
Uy vazifasi tekshiriladi, savol-javoblar uyushtiriladi. 
III. Qiziqtirish (motivatsiya) 
O‘quvchilarni dars mavzusi bilan qiziqtirish. Sinf doskasida sana, mavzu va 
qiziqtirish uchun savollar yoziladi. Har bir qatorga 1 tadan savol tashlanadi 
va bahs-munozara shaklida javoblar tahlil qilinadi 
1. Mantiqiy qiymat deganda nima tushuniladi? 
2. Murakkab mulohaza nima? 
3. Qanday amallarga mantiqiy amallar deyiladi? 
Yangi mavzudan oldin o‘quvchilarning shu mavzuga oid bilimlari aniqlab olinadi. 
IV. Mavzuni tushuntirish 
Mavzu yuzasidan asosiy ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu www://dr.rtm.uz sayti 
yoki QR-kod orqali yuklab olingan taqdimot va videolar yordamida taqdim etiladi. 
O‘quvchilarga sodda mulohazalar ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallar 


21 
tushuntiriladi. Taqdimotning 1–4-slaydlari yordamida mantiqiy ko‘paytirish, 
mantiqiy 
qo‘shish va mantiqiy 
inkor amallari 
tushuntirib 
beriladi.
O‘quvchilar, o‘z navbatida, diqqat bilan eshitib, mavzu haqida yangi bilimlarga ega 
bo‘ladi. Shuningdek, diqqat va eslab qoling bloklarini daftarlariga yozib oladi.
O‘quvchilarga 9-betda berilgan mantiqiy amallar bo‘yicha misollar tushuntirib 
o‘tiladi. 
1-misol. A mulohaza yolg‘on qiymat qabul qilsa, “(A EMAS) yoki A” 
mulohazaning qiymatini aniqlang. 
Yechish. A “yolg‘on” qiymat qabul qilganligi uchun (A EMAS) “rost” qiymatga ega 
bo‘ladi. U holda “rost” va “yolg‘on” qiymatlarning yig‘indisidan (“YOKI” amali) 
“rost” natijaga ega bo‘lamiz. Demak, javob “rost” ekan. Javob: rost. 
2-misol. x=1,6 va y=8,7, A=“rost” va B=“yolg‘on” bo‘lganda, (A
∨⏋B)&(x>y) 
mantiqiy ifodaning qiymatini hisoblang. 
Yechish. B mulohazaning qiymati “yolg‘on” bo‘lganligidan, ⏋B mulohazaning 
qiymati “rost” bo‘ladi. A mulohazaning qiymati “rost” va ⏋B mulohazaning 
qiymati “rost” bo‘lganligidan, (A∨⏋B) mulohaza qiymati “rost” bo‘ladi. (1,6>8,7) 
munosabat noto‘g‘ri ekanligidan, bu mulohaza “yolg‘on” bo‘ladi. U 
holda (A
∨⏋B)&(x>y) mantiqiy ifodaning qiymati “yolg‘on” bo‘ladi. Javob: 
yolg‘on. 

Download 138.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling