O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Qo‘lyozma huquqida
SA’DULLAYEVA FERANGIZ SOBIROVNA
TA’LIMNING ELEKTRON RESURSLARI ASOSIDA TASVIRIY SAN’AT TA’LIMI SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DIDAKTIK VOSITALARI
Mutaxassislik: 5А110801-"Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati"
Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: dotsent Samadov O.N.
Navoiy - 2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Magistratura talabasi: Sa’dullayeva Ferangiz Sobirovna
Kafedra: “Tasviriy san’at va
muxandislik grafikasi” Ilmiy rahbar: dotsent Samadov O.N.
O‘quv yili: 2019-2021 Mutaxassisligi: 5А110801-"Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati"
Ta’limning elektron resurslari asosida tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning didaktik vositalari
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi: Ta’lim sohasida fanlarni xususan tasviriy san’at fanlarini o‘qitishda multimediya vositalari va Web-texnologiyalarni joriy qilish, fanga kiritilayotgan yangi ma’lumotlarni tezkorlik bilan o‘quv jarayoniga kiritish yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Bundan tashqari o‘quv jarayonini virtuallashtirish bilan birga bilim oluvchi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, olinayotgan bilimlar yaxlitligini, tezkorligini ta’minlaydi. Demak, ta’lim jarayonida elektron o‘quv kontentlarini va didaktik vositalar yaratish usullari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish, dolzarb ilmiy-texnik masalalar turkumiga kiradi.
Tadqiqotning maqsadi va vazifasi: O‘quv jarayoniga mos keluvchi elektron o‘quv qo‘llanmalarini yaratish texnologiyalarining nazariy va amaliy masalalarini tadqiq qilishdan iborat. Ta’limning turli bosqichlari uchun tasviriy san’at bo‘yicha elektron o‘quv didaktik vositlarlarining zamonaviy dasturiy mahsulotlar negizida na’munalarini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |