Navoiy davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi yo`nalishi 4-kurs V guruhi talabasi jo`rayev muhriddinning


Download 66,16 Kb.
bet3/6
Sana14.02.2023
Hajmi66,16 Kb.
#1197089
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jo`raev Muhriddin Kurs ishi

Kurs ishining dolzarbligi: Umumta`lim maktablarida musiqa darslarining mazmuni, unga qo`yiladigan umumiy talablar,uning tuzilishi, o`ziga xos xususiyatlari, uni tashkil etish shakllari, vosita va usullari yuqorida qayd etilgan olimlartomonidan ishlab chiqilgan bo`lsada, lekin musiqa ta`limi vatarbiyasi jarayoniga bugungi kun nuqtai nazaridan yondashib,uni samarali tashkil etish yo`llarini aniqlash alohida muammo sifatida o`rganilganicha yo`q. Amaliyotda ham ushbu muammo,musiqa tarbiyasining boshqa ko`plab muammolari qatori o`zining to`laqonli yechimini topmagan bugungi kunning
dolzarb muammolaridan biridir.
Kurs ishining maqsadi: Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risidagi qarorida “umumiy o`rta ta`lim muassasalarida milliy musiqa cholg’ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahoratio`rgatiladi hamda bu haqda ularning ta`lim to’g`risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi”.Olib borilayotgan islohotlar shuni ko`rsatib turibdiki, o`zbek milliy musiqa san`atining kelajagi porloqdir.Kurs ishimning maqsadi xor malakalarini rivojlantirish orqali bo`lajak o`quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari: Asosiy vazifalardan biri ovoz hosil qilish malakalari va fiziologik o`rganish hamda uni amalda qo`llay olish, shuningdek,musiqa malakalarini rivojlantirish va amaliy ko`nikma xosil qilishdan iborat. O`quvchilarning musiqa malakalarini rivojlantirish musiqaning sir-sinoatini bilish, nazariy va amaliy savodxonligini o`stirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ob`ekti: Buxoro-Samarqand mahalliy uslublari tasniflanishini o`rganish va unni o`quvchiga singdira olish.


I BOB: Xalq musiqasining maxaliy uslublariga oid bilim va tushunchalarni yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi o’rni va axamiyati .
1.1. O’zbek xalq musiqasining maxaliy uslublari va ulardan ta’lim –tarbiya tizimida foydalanishning nazariy asoslari.
O’zbek xalqining milliy-manaviy qadriyatlarini uning milliy musiqa me’rosi boyliklarimiz tasavur qilib bo’lmaydi.Milliy musiqiy merosga tegishli bo’lgan qo’shiqlar, aytimlar, mavsum-marosim, dehqonchilik, chorvochilik, kasb-hunar, mehnat turlari, turli marosimlar va urf-odatlar bilan bog’liq qo’shiqlarda xalq xayotining o’ziga xos ko’rinishlari, turmush tarsi o’z ifodasini topadi.O’tmishda xalq xayotining barcha bosqichlaridamuayan voxa, o’lkada yashovchi millat elatlarni o’ziga xos turmush tarzi bilan uyg’un xolda musiqa madaniyati xam shakllangan, qaror topgan.Bu o’rinda maxalliy xalqning ishtimoiy madaniy xayotida muxim o’in tutuvchi kasb-korlik, marosimlar, bayramlar, urf-odatlar, ana’nalar va ularni o’ziga xos xususiyatlari aloxida axamiyat kasb etgan. Bular o’z o’rnida ush xudud, vaxada yashovchi xalqning adabiyoti, sana’tida o’zini muayyan ifodasini topib, shakllanib kelgan. Ularni muxim belgilari va xususiyatlari barqarorligi va davomiyligi,ommaviyligi, rivojlanishidagi takroriyligi va uzluksizligidadir.
O’zbek xalqining tarix sinovidan o’tgan bayramlari,marosimlari, urf-odatlari kishilarning o’zaro munosabatlaridagi yaxshi fazilatlarini chinakam xalqchil umuminsoniy qadriyatlarni aks etiradi va ular o’z navbatida xalqning milliy musiqa san’atida o’zining betakror ifodasini topadi.
Biz yashayotgan zamin kishilik tarixi va madaniyatining eng qadimgi maskanlaridan biridir. Afsuski, yaqinlargacha (aniq,ravon,mustaqillikga erishilgunga qadar davrda) boshqa xalqlar qatori o’zbek xalqining milliy madaniyatini xam chuqur va mustaxkam ildizlarga ega ekanligi ilmiy asoslarini o’rniga kamsitilib kelindi. Chunonchi, Samarqand va Buxoro shaxar madaniyati Eron xomoniylari yoki Yunonistonlik ellinlar tomonidan keltirilga g’oyalar ilgari surildi.
Zarafshon voqeasidagi Zamonbobo va Sarazm yodgorliklarining topilishi bu o’lkaning insoniyat eniolit va bironza yodgorliklari shu davrlar xalqlari madaniyati asosida mavjud bo’lganligini isbotlaydi.
Ma’lumki,har qanday madaniyatning tarixi bevosita shu xalqning kelib chiqishi , shakllanishi, uning moddiy xam manaviy, milliy turmush tarzi, ruxiy – psixologik xolatlari bilan bog’liqdir.shu nuqtai nazardan xam o’zbek xalqining og’zaki ana’nada rivojlanib kelgan madaniyati, tarixi shu xalqning paydo bo’lishi tarixi bilan tengdir desak xato qilmagan bo’lamiz.
Xalq musiqa madaniyati, uning paydo bo’lishi, shakllanishi, rivojlanishi xam shunday kechgan. Boshqa xalqlarda bo’lgani kabi o’zbek xalqining musiqa madaniyati xam o’ziga xos milliy oxanglar, nota yozuvi yoki shunga o’xshash belgilar bilan ifodalana boshlanganiga qadar katta tarixiy yo’lni bosib o’tdi. Uning ajoyib ana’alari xozirgi kunda xam o’z badiiy va estetik qiymati va qiyofasini saqlab kelmoqda. Prizidentimiz I.Karimov ta’biri bilan aytganda “… o’zbek xalq musiqasining jaxon manaviy merosida tutgan o’rni benixoya buyuk, bu musiqa ming yillardan beri odamlar ruxini poklab, ularning ruxini yuksaltirib kelmoqda. O’zining nozik jozibasi bilan dunyo madaniyatiga o’ziga oziqa berib, umumbashariy qadriyatlarga munosib xissa qo’shmoqda 1.[ ]
Ma’lumki ana’naviy o’zbek xalq musiqasi asrlar davomida ikki asosiy yo’nalishda
Folklore va kasbiy ustozona (profisional ) yo’nalishida rivojlanib kelgan. Musiqa sana’tining xar ikala yo’nalishi xam bir-biriga doimiy ravishda bog’liq xolda rivojlanib kelgan.Folklor og’zaki kasbiy (profesional) musiqa uchun ilxom manbai, xayotbaxsh kuch bo’lib xizmat qilgan bo’lsa, o’z navbatida mumtoz va maqom kuy- qo’shiqlari asosida yuzlab yalla, lapar va boshqa janrlardagi folklor asarlari yaratilgan.
Musiqiy folklor namunalari asosan, odatda ma’lum bir xududda yoki bir-biriga yaqin xududlarda yashovchi kishilarning turmush tarzidagi urf- odatlar, marosimlar, mexnat jarayonlari bilan uzviy bog’liq ravishda yuzaga kelgandir. Shuning uchun ular sekin-astalik bilan o’ziga xos maxaliy uslublar sifatida shakllangan va xozirda o’zbekiston sarxadida ushbu yo’nalishlarni bir- biriga uzviy bog’liqligi va omalashganligi nuqtai-nazaridan to’tda katta guruxga bog’lab tasnif etiladi. Bular:
1.Surxondaryo- Qashqadaryo musiqa uslubi.
2.Buxoro -Samarqand musiqa uslubi.
3.Xorazm musiqa uslubi.
4.Farg’ona –Toshkent musiqa uslubi.
Xar bir maxaliy uslub o’z xususiyatlari, ana’nalari va yetakchi musiqiy janrlarga egadir.Bu o’ziga xos xususiyatlar, ijrochilik ana’nalari maskur voxalarda yashovchi kishilar xayotining o’ziga xos tarzi, madaniyati shevasi, kiyinish madaniyati (liboslari), rasm-rusumlari, musiqiy cholg’u sozlari, raqs harakstlari bilan bog’liq bo’lib, ma’lum darajada o’ziga xos ko’rinishi, qiyofasi, xarakter kasp etadi.
Xar bir ana’na kabi musiqiy ana’a xam uzoq davom etgan madaniy taraqqiyot mobaynida shakllangan bo’lib, ular insonlarning turli sharoitlaridagi mexnat jarayoni, muayan bir marosim yoki tadbirni o’tkazishda, bayramlar , to’y- xashamlarda ijro etilib, rivoj topib keladi. Ushbu jihatlarni batafsil urganish natijasida yuqorida ta’kidlab o’tilgan 4 ta mahalliy uslublarni o’ziga xos o’xshash va farqli jihatlari yetakchi janrlar, yo’nalishlari, maktab yaratgan mashhur namoyondalari bilan usib kelayotgan yoshlarni ta’limning ilk bo’g’inlaridan boshlab tanishtirib borish musiqa ta’limi oldiga qo’yilgan vazifilar tarkibiga kiradi.Shu o’rinda mahalliy musiqiy uslublarni mohiyati va mazmuni ya’ni mustaqil mahalliy uslublar sifatida tariflanishiga qisqacha to’xtalib o’tamiz:
-Malumki, millatimizning eng asosiy o’zligini anglatuvchi ona-tilimiz nafaqat so’z va ohang boyliga, ifodaviy xususiyatlari bilan balki, o’lkamizning turli vohalarida yashovchi yurtdoshlarimizninh o’ziga xos “sheva”larda gapirishlari, turmush tarzlarida esa o’zaro farqli madaniy udumlarni qo’llashlari bilan ham ajralib, ko’zga tashlanib turadi.Bu xususiyatlar O’zbekistondagi xar bir vohaning boshqa sohalarda bo’lgani kabi musiqa san’ti amalyotida han o’ziga xos tarzda namayon bo’ladi. Musiqa san’atining muayyan vohalardagi bunday o’ziga xoslikni umumiylikda ifodalovshi mahalliy musiqiy uslub deyiladi. Mahalliy musiqiy uslublarni eng muhum xususiyatlaridan birini o’ziga xos yetakchi janrlari va ijrochilik uslublari, an’analari mavjudligidir. Masalan Farg’ona vodiysida yallachilik, katta ashula, Surxondaryo- Qashqadaryo, Zarafshon vodiylarida esa dostonchilik, beshqarsak kabi qo’shiqchilik bilan bog’liq janrlar keng tarqalgan.


Download 66,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling