Navoiy davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti "Pedagogika va Psixologiya" ta’lim yo’nalishi
Download 20.86 Kb.
|
matematika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Fizika matematika fakulteti “Matematika o’qitish metodikasi ” ta’lim yo’nalishi 4-"G" guruh talabasi Iminqulova Muxlisaning Navoiy shahri
Navoiy davlat pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti “Pedagogika va Psixologiya” ta’lim yo’nalishi 2-"B" guruh talabasi Mamarajabova Dilnura Navoiy Viloyati Karmana tumani 30 - umumiy o’rta ta’lim maktabida pedagog amaliyot faoliyatiga TAVSIFNOMA Mamarajabova Dilnura Iminqulova Muxlisa pedagogik amaliyot davrida tirishqoqligi, o'ziga va boshqalarga talabchanligi bilan o'zini ko'rsatdi. U dars jarayonini tashkil etishda talabchanligi, har bir darsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida noan'anaviy tarzda o'tishga intildi. Iminqulova Muxlisa maktabda institutda olgan bilim, ko'nikma va malakalarini muntazam ravishda oshirishga harakat qilib, o'z darslarida har xil didaktik o'yinlar, texnika vositalari yordamida darslarni qiziqarli tarzda tashkil etdi. U o'zining tengdoshlari o'rtasida mehnatsevarliligi, fidoyi va rostgo'yligi bilan obro'ga erishdi. Tartib-intizomga rioya qilishda o'z kasbini astoydil sevishda o'zining tengdoshlariga ibrat ko'rsatmoqda. Iminqulova Muxlisa maktabda o'tkazilgan ma'naviy -ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib, o'quvchilarni ham ushbu tadbirlarga jalb etib, tadbirlari yuqori saviyada o'tkazishga harakat qildi. Iminqulova Muxlisa maktabda o'quv amaliyot davrida "Ta'lim to'g'risidagi" hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ijrosi bo'yicha va maktab ta'limi tizimida bugungi kunda amalda bo'lgan o'quv-rejalashtirish hujjatlari bilan tanishib chiqdi hamda ularni amaliyotga qo'llash bo'yicha tegishli bilim ko'nikmalarga ega bo'ldi. Navoiy shahar 8 -umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Bo’riyev F.. Maktab O’IBDO’: Bozorova. O'qituvchi: Abdullayeva D. Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Fizika matematika fakulteti “Matematika o’qitish metodikasi ” ta’lim yo’nalishi 4-"G" guruh talabasi Iminqulova Muxlisaning Navoiy shahri 8 - umumiy o’rta ta’lim maktabida pedagog amaliyot faoliyatida bajargan ishlari HISOBOTI Men, Iminqulova Muxlisa 2018-yil 5 -fevraldan 21-aprelgacha Navoiy shahridagi 8 - umumiy o’rta ta’lim maktabida institut tomondan berkitilgan o‘qituvchi Toshtemerova K.. rahbarligida pedagogik amaliyotni o‘tadim. Biz amaliyotni maktabda berkitilgan o‘qituvchi, o‘quv xonalari, informatika fani o‘qituvchilari va ularning dars jadvali bilan yaqindan tanishishdan boshladik. Bizga rahbar etib matematika fani o‘qituvchisi Abdullayeva D. ga biriktirildim. Kuzatishlar mobaynida o‘qituvchilardan darsni qanday tashkil etsa samarali bo‘lishini, o‘quvchilarni darsga jalb etishni, darsda qanday pedagogik qo‘llanmalardan va texnik vositalardan foydalanish haqida tushuncha oldim. Dars jarayonida amal qilish me’yorlari bilan tanishdim. Dars usullari, uslublarini kuzatdim. Tushunmaganlarimni o‘qituvchilardan va metodist o‘qituvchimiz Toshtemerova K.. murojaat qilib, kerakli maslahatlar oldim. Shu o‘quv amaliyoti mobaynida menga biriktirilgan o‘quv amaliyoti rahbarim ushbu maktabning matematika o’qituvchisi Abdullayeva D.ning dars o‘tish jarayonlarida qatnashib, uning barcha me’yoriy ( dars o‘tish jarayonida kerakli bo‘lgan barcha ) hujjatlari bilan tanishib chiqdim. Men bular bilan yaqindan tanishib, ushbu o‘quv amaliyotidan shuni xulosa qildimki, maktabda dars jarayonlari juda ham yaxshi tashkillashtirilgan. Darslar yangi pedagogik texnologiyalar va ko‘rgazma qurollari asosida o‘tildi. Men bundan o‘zimga keraklicha ma’lumotga ega bo‘ldim. Navoiy shahar 8 -umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Bo’riyev F.. O'qituvchi: Abdullayeva D. Download 20.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling