Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 1-”d” guruh talabasi elmurodova umidaning islom dini qadriyatlari mavzusida tayyorlagan taqdimoti Milliy va diniy qadriyatlarning tarixiy ildizlari - O’zbekiston bebaho qadriyatlari bilan azaldan olamni o’ziga maftun etib kelgan munavvar diyor. Qadriyat so’zi alohida e’tibor va e’zozga ega bo’lgan odat ma’nosini anglatar ekan, u bir xalq ichida emas, barcha xalqlar tomonidan e’tirof etilsa, oliy maqom kasb etadi. O’zbekiston zaminida yashovchi xalqlarga mansub katta-yu kichikka birdek salom berish, keksalarni e’zozlash, qo’shniga hurmat, qarindoshga oqibat, bolaparvarlik, mehmonni ikrom etish, dini va millatidan qat’iy nazar bani bashar avlodiga, uning avvalo inson ekanligi e’tiboridan bag’rikeng munosabatda bo’lish kabi fazilatlar asrlar davomida jahon tamadduni sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan.
Ma’naviy qadriyatlar rivojida islomning o’rni - Ma’naviy va diniy qadriyatlarimiz tarixan uyg’un holda rivojlanib takomillashib brogan. Ayniqsa, ma’naviy qadriyatlar rivojida an’anaviy islomning o’ziga xos o’rni bor. Insoniy fazilatlarning eng yuqori cho’qqisi, shubhasiz, odob durdonalaridir. Xususan, bugungi kunda komil insonni kamol toptirishda ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati beqiyos.
- Bu borada, milliy qadriyatlarimizning ma’naviy qadriyatlari haqida gap ketganda uzoq asrlar qa’rida yuzaga kelgan vatanparvarlik, do’stlik, tinchliksevarlik, mehmondo’stlik, muruvvat, andisha, or-nomus, halollik, mehr-oqibat, birodarlik va ahil qo’shnichilik munosabatlari kabi ezgu insoniy fazilatlarni alohida qayd etish lozim. Mintaqamizda 10 asrdan ortiq mavjud bo’lib kelayotgan islom dini xalqimizga ana shunday beqiyos ma’naviy qadriyatlarida chuqur aks etib turadi.
Islomda asosan 2ta mazhab mavjud: Sunniylik - Jahondagi barchab musulmonlarning taxminan 93%i sunniylikka mansub. Sunniylik bo’yicha Abu Hanifaning “Al-fiqhul Akbar” asari eng nodir ilmiy meros sanaladi. Bu ishda Abul Hasan Ash’ariy bilan Abu Mansur Moturidiylarning xizmatlari beqiyosdir.Sunniylikda 4ta diniy-huquqiy mazhab mavjud:hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik
Shialik - Bu diniy sekta vakillari Ali ibn Abu Tolib hamda uning avlodlarini Muhammad payg’ambarning qonuniy merosxo’rlari va diniy jihatdan davomchilari deb hisoblashadi. “Shia” so’zi arab tilidan tarjima qilinganda “izdosh”, “tarafdor” degan ma’noni bildiradi
MUSTAQILLIK TUFAYLI O’ZLIGINI ANGLAYOTGAN, QAYTA TIKLAYOTGAN HOZIRGI VAQTDA BEMALOL YASHASHIMIZ MUMKINKI,
OTA-BOBOLARIMIZ DINI, IYMONI, E’TIQODI, VIJDONI BO’LIB KELGAN ISLOM DINIMIZ O’ZIGA XOS O’ZBEKONA URF-ODATLAR BILAN UYG’UNLASHIB KETGANDIR. SHU NUQTAYI NAZARDAN ISLOM KARIMOV ISLOM DININI XALQIMIZ MA’NAVIYATI VA MA’RIFATINI YUKSALTIRUVCHI MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYAT SIFATIDA TA’RIFLAYDI.
INSONIYLIK SHARTLARI
VIJDON
OR-NOMUS
HAYO
TAQVO
IYMON - IYMON masalasida islomda avvalgi davrda turli maktablar vujudga kelib, ular shu kungacha rivojlanib kelmoqdalar. Ba’zi ta’limotlar yo’qolib ,yangi teologik maktablar paydo bo’lgan.Shuningdek, ko’p hollarda alohida olingan mashhur mutafakkir ulamoning shaxsiy yo’li- mazxabi ancha xususiyatlarga ega bo’ladi.Ikki asosiy maktab –Moturudiylar va Ash’ariylar kuchli mavqega ega bo’lganlar.Iymon so’zining lug’aviy ma’nosi –ishonmoq ,tasdiqlamoq hisoblanadi.
Islomning asosiy marosim talablari:
Namoz
Ro’za
Zakot
Haj
Kalima
Tasavvuf ta’limoti - Tasavvuf – islomdagi mistik-astetik oqimdir. Bu ta’limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo’lgan sirli aloqasi bo’lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo’ldi. Tasavvuf, sufiy yoki mutasavvuf so’zlarining kelib chiqishi haqida turlicha qarashlar mavjud. Sufiylik so’zining kelib chiqishini “svf” –sof bo’lmoq o’zagiga tegishli deb hisoblaydilar. 3ta asosiy tariqat mavjud: Yassaviya, Kubroviya, Naqshbandiya.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |