Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston mustaqilligi sharoitida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar tarixi
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Xaruxiko Kuroda: O‘zbekiston 2011-
yilda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini yana bir bor namoyon etdi. Bu muvaffaqiyat, Yevropada hamon davom etayotgan global muammolar oqibatida jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan mavhum bir sharoitni hisobga olganda, ayniqsa, g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Jadal iqtisodiy rivojlanishning muhim asoslaridan biri – bu O‘zbekistonning tashqi savdo pozitsiyalarining mustahkamlanishi va hukumatning investitsiya hamda islohotlarga bosqichma- bosqich yondashishi, aniq strategiyaga asoslangan makroiqtisodiy boshqaruvidir. O‘zining keng qamrovi bilan ajralib turadigan bunday yondashuv mamlakatni tashqi bo‘hronlardan himoya qilish bilan birga, mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish va shaharlarda ham, qishloq joylarda ham yangi ish o‘rinlari tashkil etish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minladi. Ta’lim va tarbiya mamlakat samaradorligi hamda raqobatdoshligini oshirishning muhim omillaridandir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston byudjetidan ta’lim sohasiga ajratilayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etayotganiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Mamlakat umumiy yillik byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda va buning yarmi ta’lim sohasiga to‘g‘ri keladi.
31
Ta’lim sohasini taraqqiy ettirish dasturi va bu sohaga kiritilayotgan investitsiyalar kasb-hunar ta’limini rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. 12-yillik universal va majburiy bepul ta’lim dasturi 9-yillik umumiy o‘rta ta’limni ham o‘ziga qamrab oladi. Bu dastur o‘quvchilarga iqtisodiyot miqyosida eng istiqbolli va jadal rivojlanib borayotgan sohalar bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha kasb- hunar ko‘nikmalarini egallash imkonini bermoqda. Ta’lim tizimi, shuningdek, tobora ko‘proq texnologiyalar va zamonaviy ommaviy axborot vositalari hamda telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish negiziga qurilmoqda. Hozirgi paytda O‘zbekistonda zamonaviy vositalar bilan jihozlangan 1500 dan ortiq kasb-hunar kollejlari va litseylar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 59 oliy o‘quv yurti, Yevropa va Osiyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlarining filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkentda Quyosh energiyasi bo‘yicha xalqaro ilmiy- tadqiqot institutining ta’sis etilishi ta’lim sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarga yana bir yorqin misoldir. Kecha OTB va O‘zbekiston Respublikasi hukumati o‘rtasida mazkur institutni hamkorlikda tashkil etish to‘g‘risida hujjat imzolandi. O‘zbekistondagi katta qiziqish uyg‘otayotgan dasturlardan biri – bu Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasidir. Bu innovatsiyalar va diversifikatsiyaga yorqin misol bo‘lib, intellektual va jismoniy rivojlanishni sog‘lom turmush tarzi bilan uyg‘unlashtirish nechog‘lik ulkan samaralar berayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Prezident o’z ma’ruzasida: Butun dunyoda ko‘zga ko‘ringan olim va mutaxassislar, jahondagi mashhur o‘quv yurtlari, nufuzli xalqaro tuzilmalarning rahbarlari va vakillari ishtirokida O‘zbekistonda shakllangan ta’lim tizimini isloh etish modeli va uni amalga oshirish bo‘yicha to‘plangan tajribaning muhokama qilinishi biz uchun yuksak sharafdir. Avvalo shuni ta’kidlash zarurki, bundan 15 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta’lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy 32
rivojlanish prinsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan “o‘zbek modeli” – o‘z taraqqiyot yo‘limizning ajralmas tarkibiy qismidir. Ushbu dastur jiddiy izlanish va tadqiqotlarning, jahondagi taraqqiy topgan ilg‘or mamlakatlar tajribasini umumlashtirishning natijasi sifatida o‘tmishda majburan singdirilgan kommunistik mafkuraning qolip va andozalaridan butunlay voz kechish, odamlarning, birinchi navbatda, unib-o‘sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, qisqacha aytganda, bu dastur hayotda o‘z fikriga, o‘zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‘yadi. Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski ta’lim tizimini tubdan qayta qurmasdan va isloh etmasdan turib bu maqsadga erishish aslo mumkin emas edi. Agarki O‘zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar, 62 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo‘lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati o‘z-o‘zidan tushunarli va ravshan bo‘ladi. Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi joriy etildi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan modelning prinsipial xususiyati shundaki, umumta’lim maktabidagi 9 yillik o‘qishdan so‘ng o‘quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarni ham egallaydi. O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy ekani qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. Yana bir bor ta’kidlayman – bu biz uchun prinsipial masala hisoblanadi. Ayniqsa, olis qishloq joylarda, to‘g‘risini aytganda, hamma ham 12 yil o‘qishni xohlamaydi. Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yangi avlodimiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga aniq mutaxassislik va kasb-hunarga ega bo‘lishi kerak. Bu, ayniqsa, qizlarimiz uchun muhimdir. Chunki yosh oilaning
33
mustahkamligi avvalo qizlarning biror-bir mutaxassislikni egallab, hayotda o‘zining mustaqil fikri va o‘rniga ega bo‘lishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun ham barcha zarur fanlar bo‘yicha umumiy bilim beradigan umumta’lim maktablarida 9 yil ta’lim olganidan keyin yoshlarimiz majburiy tarzda 2-3 ta zamonaviy mutaxassislik bo‘yicha kasb-hunarlarga ega bo‘lishiga biz alohida e’tibor qaratmoqdamiz. O‘n ikki yillik majburiy ta’limdan so‘ng ularning har biri, o‘z xohishiga ko‘ra, bakalavr va magistr darajasini olish uchun oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishi mumkin. O‘tgan yillar mobaynida ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo‘yicha miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruksiya qilindi va zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlandi. O‘quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo‘yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Maktab ta’limi 7 ta tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda. Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi. Siz, konferensiya qatnashchilarining ko‘pchiligi ushbu bilim maskanlari bilan tanishar ekansiz, ular o‘z me’moriy qiyofasi va texnik ta’minotiga ko‘ra eng yaxshi oliy o‘quv yurtlaridan aslo qolishmasligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Kasb-hunar kollejlaridagi zamonaviy o‘quv-laboratoriya, kompyuter va ishlab chiqarish asbob-uskunalari o‘quvchilar uchun umumiy fanlar bo‘yicha nafaqat to‘liq bilimlar hajmini egallash, ayni vaqtda ushbu o‘quv yurtlaridagi zamonaviy texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish imkonini ham beradi.
Biz ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko‘nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi dunyoda ro‘y berayotgan barcha voqea-hodisalar, yangilik
34
va o‘zgarishlardan atroflicha xabardor bo‘lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni ham chuqur o‘rganishlari uchun katta ahamiyat bermoqdamiz. Siz, muhtaram konferensiya ishtirokchilarini, birinchi navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki namoyandalari bo‘lgan aziz mehmonlarimizni, dunyoning turli qit’alaridagi 40 dan ziyod mamlakatdan tashrif buyurgan vakillarni qutlash va barchangizga o‘zimning chuqur hurmatimni va ushbu anjumanda qatnashayotganingiz uchun samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.
Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling