Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Konferensiya ishtirokchilari fikrlari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston mustaqilligi sharoitida tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar tarixi
Konferensiya ishtirokchilari fikrlari:
Igors Tipans, Riga texnika universiteti prorektori (Latviya): – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning forumdagi nutqi menda unutilmas taassurot qoldirdi. Davlatingiz rahbarining O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarga doir teran fikrlari anjumanning barcha qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
1 Батафсил қаранг: Каримов И.А. Асарлар 20 жилд. 28
Konferensiyada O‘zbekistonda joriy etilgan 9+3 sxemasi bo‘yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi o‘zining yuksak samaralarini berayotgani alohida ta’kidlandi. Bu umumta’lim maktabidagi 9 yillik o‘qishdan so‘ng o‘quvchilarning keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumta’lim fanlari bilan birga mehnat bozorida ehtiyoj katta mutaxassisliklar bo‘yicha kasb-hunar egallashida muhim omil bo‘layotir. O‘zbekistonning ta’lim modelidan boshqa mamlakatlar ibrat olsa arziydi. Samarqandni ko‘rib, bamisoli ertaklar shahriga kelib qolgandek bo‘ldim. Bu yerdagi qadimiy obidalarning me’moriy yechimi, bugunga qadar asl holida saqlanib kelinayotgani, kishi aqlini shoshiruvchi go‘zalligi va salobati haqiqiy mo‘jizadir. Javad Laghariy, Oliy ta’lim bo‘yicha komissiya raisi (Pokiston): – Avvalo, ushbu xalqaro forum juda yuksak saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidlamoqchiman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning xalqaro konferensiyada ishtirok etishi va nutqi so‘zlashi ushbu yirik anjumanning nufuzini yanada oshirdi. O‘zbekistonning ikki betakror shahri – Toshkent va Samarqand o‘rtasida qatnay boshlagan yangi “Afrosyob” katta tezlikda yuradigan elektropoyezdi yo‘lovchilaridan biri bo‘lganimdan mamnunman. Ushbu zamonaviy, qulay, yo‘lovchilar uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan poyezd yurtingizda barcha sohalari kabi temir yo‘l tizimi ham izchil rivojlanayotganidan dalolatdir. Xalqaro anjumanda O‘zbekiston ta’lim tizimining o‘ziga xos modeli, bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar bilan tanishish va bu borada mamlakatingizning boy tajribasidan ko‘plab foydali jihatlarni o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik. Den Devidson, Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi prezidenti (AQSH): 29
– Bugungi kunda ta’lim tizimini rivojlantirish, iqtidorli talabalar safini kengaytirish, professional-mahoratli kadrlarni yetishtirish jahonning barcha mamlakatlari uchun birdek dolzarbdir. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ahamiyati g‘oyat kattadir. Zero, nafaqat muayyan bir mamlakat, balki butun jahon iqtisodiyotining rivoji ta’limning sifati bilan uzviy bog‘liqdir. Xalqaro anjumanning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning so‘zlagan nutqi mamlakatingiz ta’lim tizimida erishilgan muvaffaqiyatlar, puxta ishlab chiqilgan ta’lim modeliga oid foydali maslahatlarni qamrab olgani bilan forumning barcha ishtirokchilarida katta qiziqish o‘yg‘otdi. O‘zbekistonda ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan ushbu ta’lim modeli barcha mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘zbekistonda 12 yillik ta’lim barcha uchun majburiy va uning bepul ekani qonunlaringizda belgilab qo‘yilgani e’tiborga molik. Bugungi kunda o‘sib kelayotgan yangi avlodingiz 12 yillik majburiy ta’lim olish bilan birga aniq mutaxassislik va kasb-hunarga ega bo‘lishiga, ayniqsa qizlarning bu jarayonda faol qatnashishiga qaratilayotgan ulkan e’tibor tahsinga loyiq. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, yosh oilaning mustahkamligi avvalo qizlarning biror-bir mutaxassislikni egallab, hayotda o‘zining mustaqil fikri va o‘rniga ega bo‘lishi bilan bevosita bog‘liqdir. Bu fikrni men qatori bshqa ishtirokchilar ham keng qo‘llab-quvvatladi. Muhammad Amin Mirza, “Umm Al-Quraa” universiteti tibbiyot fakultetining professori (Saudiya Arabistoni Podshohligi): – O‘zbekistonda boshqa sohalar qatori temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilayotgani tahsinga sazovor. Samarqandga “Afrosyob” elektropoyezdida kelganimizdan juda mamnunmiz. Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, yuqori tezlikda harakatlanadigan ushbu transport vositasida
30
yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Qish bo‘lishiga qaramay, poyezddagi mo‘tadil haroratning barqaror ta’minlanishi menga g‘oyat ma’qul bo‘ldi. Salonlarning qulayligi, xodimlarning kiyinishi va muomala madaniyati ham bizga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Qadim Samarqanddagi betakror me’moriy obidalar, jumladan, Amir Temur maqbarasi, Registon maydonidagi Ulug‘bek, Sherdor va Tillaqori madrasalari kabi tarixiy yodgorliklar o‘z jozibasi bilan barchaga ma’naviy quvvat baxsh etadi. O‘zbekistonning boy tarixini aks ettirgan ushbu bebaho obidalar bilan xalqingiz har qancha faxrlansa arziydi. Har qadamda ulkan bunyodkorlik ishlarini ko‘rib, O‘zbekiston xalqining yaratuvchanlik salohiyatiga tasannolar aytdik. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling