Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet113/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Monolog. Monolog so’zlovchini o’ziga yoki tinglovchilarga qaratilgan nutqidir. Monolog nutqida so’zlovchi o’ziga ma’lum bo’lgan voqea-hodisalar, o’z ichki kechinmalari xaqida ma’lumot beradi. Monologik nutq tinglovchilarni suhbatga faol aralashuvga undamaydi; ulardan aytilganlarga javob talab qilmaydi. Sintetik jihatdan monologik nutq murakkab tuzilgan bo’lib, keng qamrovlidir.
Monolog nutq o’z xususiyatlariga qarab, bir necha ko’rinishda bo’lishi mumkin: ichki monolog va tashqi monolog. Tashqi monologning dramatik monolog, lirik monolog, xabar monologi kabi turlari bor.
Ichki monolog badiiy adabiyotda qo’llanuvchi uslubiy usullardan biridir. Bu usul yuz bergan aniq voqealarni ularning ta’sirida qahramon ichki kechinmalarida paydo bo’lgan fikrlar sifatida bayon etish imkonini beradi. Ichki monolog so’zlovchining nutqidir.
Misol sifatida(A.Oripov. “Jannatga yo’l”) asarini olish mumkin.
Tashqi monolog so’zlovchining tashqi nutqidir. Unda til imkoniyatlari xaqiqatga aylanadi.
So’zlovchining nutq mazmunini yetkazishga ko’maklashuvchi turli xil harakatlari yordamida bayon etiladigan monolog dramatik monolog deyiladi. Dramatik monologda so’zlayotgan shaxsning qo’li, gavdasi, qoshi, boshi kabi a’zolari zarurat tug’ilganda xarakat qiladi. Turli tarzdagi ma’noli harakatlar fikrning tinglovchi tomonidan yaxshi tushunib olinishiga ko’maklashadi.
So’zlovchining ichki his-tuyg’ularini, ruhiy kechinmalarini ifodalovchi tashqi monologik nutq lirik monolog deyiladi. Lirik monologda shaxsning orzu-umidlari, tashqi dunyodan olgan taassurotlari, kelajak rejalari aks ettiriladi.
Dialog. Dialog nutq shakllaridan biri bo’lib, unda har bir fikr to’g’ridan-to’g’ri suhbatdoshga qaratilgan bo’ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dialogik fikrlarning qisqaliligi bilan boshqa fikrlardan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi, voqealar keng izohlanmaydi. SHu jihatdan ham dialog monologga o’xshamaydi. Dialog so’roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling