Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Kaykovus “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati. Kaykovus


Download 1.04 Mb.
bet12/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Kaykovus “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati. Kaykovus 412 xijriy yilda (milod 1021-1022) tug’ilgan. Uning avlodlari g’ilon qabilasidan bo’lib, Tabaristonda (hozirgi Kaspiy dengizining janubidagi xudud) yashaganlar.
Ammo biz Kaykovus haqida batafsil ma’lumotlarga ega emasmiz. Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk "Qobusnoma" asasarini yaratdi. Kitobni u o’g’li G’ilonshoxga bag’ishlagan. Bu paytda Kaykovus taxminan oltmish yoshlarda edi. "Qobusnoma" SHarqda, xususan Eronning o’zida ham saqlanib kelayotgan an’anaga ko’ra pand-nasixat tarzida yozilgan bo’lib, mana bir necha asrlardan beri halqlarni, jumladan yoshlarni hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularni har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalashda muhim qo’llanma bo’lib kelmokda.
"Qobusnoma" murakkab yo’lni bosib o’tdi. SHo’ro mafkurasi davrida [asarning. insonni aqliy, ahloqiy tarbiyalashdagi ahamiyati xokim sinf axlokini targ’ib qilish deb baholandi. Kaykovusning Vatan haqidagi, kasb-xunarni ulug’lovchi, bilimlarni egallash haqidagi fikrlari, diniy qarashlari siyosiy nuktai nazaridan koralanadi. Asarning qimmati faqat uning adabiy-badiy, til xususiyati va tarixiy jihatlarida deb ta’kidlanadi. "Qobusnoma asariga davr va shart-sharoitlar, siyosiy qarashlar ta’sirida qay darajada soya tashlanmasin, bu asar mashhur xind asari "Kalila va Dimna", Nizom ul-Mulkning "Siyosatnoma, Nosir Hisravning "Saodatnoma, Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig", Maxmud Qoshg’ariyning "Devonu lugatit turk" , "Sa’diyning "Guliston", Axmad Yugnakiyning "Xibatul xaqoyik", Alisher Navoyining "Maxbub ul-kulub", Voiz Koshifiyning "Ahloqiy muxsiniy", Davoniyning "Ahloqi Jaloli" kabi ahloqiy-ta’limiy asarlari bilan bir katorda Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida inson kamolotini shakllantirishda muhim o’rinni egallaydi.
Shuningdek, mazkur bobda Kaykovus aql haqida ham fikr bildirib inson qobiliyatining bir xil emasligini, inson aqlining tug’ma, azaliy aql (tabiy aql) va kasbiy aql, ya’ni muktasib (o’rganilgan aql kabilariga bo’linishini bayon etadi. Kasbiy aqlni donish derlar, deydi.
Kaykovusning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar ana shu oxirgi bobida ta’rif bergan juvonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus unda "... barcha fikr va tushunchalarimni sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, ham xunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirk to’rt bobda etdim", deyish bilan har bir yoshning aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’lagan holda kamolga yetkazish yo’llar usullarini bayon etgan. Kitobda juvonmardlar egallashi zarur bu, quyidagi yunalishlarda ta’lim-tarbiya berishrish nazarda tutilgan:
1. Kaykovus bilim olish haqida.
2. Xunar va turli kasb egalari haqida.
3. Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.
Kaykovus "Qobusnoma" asarida jismoniy tarbiyaga ham katta e’tibor zgan. Zero, Kaykovusning "Qobusnoma" asari XI asrda yuzaga kelgan yirik tarbiyaviy asardir. Bunda o’sha davrga xos har bir yosh egallashi zarur bo’lgan aqliy, ahloqiy, jismoniy tarbiya bilan bog’liq faoliyat turlari: otda yurish, merganlik, suvda suish, harbiy mashqlar san’ati, ifodali o’qish, hatotlik san’ati, she’r yoza olish, musiqiy bilimga ega bo’lish, shatranj va nard uyinini bilish kabilar ham o’z ifodasini topgan.
Kaykovusning katta xizmati shundaki, u yoshlarni hayotga tayyorlashda xar tomonlama kamolga yetkazishning nazariy masalalarini amaliy faoliyatga tatbiqi nuktai nazaridan ifodalashi bilan hamma zamonlarda, xar qanday tuzumda ham o’z qimmatini yuqotmadi va amaliy hayot dasturi sifatida o’z o’rniga ega bo’ldi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling