Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet30/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Mahmudxo`ja Behbudiy (1874-1919) Samarqandning Baxshitepa qishlog`ida ruhoniy oilasida tug`iladi. U adabiyot, tarix, geografiya, islom tarixi, siyosatshunoslik bilan shug`ullanadi. 27 yoshida Makkaga borib, hoji va mufti unvonlari bilan qaytadi.
Behbudiy 1899 yildan sayohatlarga chiqadi. Misr, Istanbul, Qrim, Qozon, Kavkazning ko`plab shaharlarida bo`ladi.
U o`lkada usuli jadid maktablarining eng birinchi nazariyotchisi va amaliyotchilaridan, jadidchilikni boshlaganlardandir.
Rajabamin qishlog`ida Shakuriy ochgan maktabni 1908 yili o`z hovlisiga ko`chirib keladi, unga har tamonlama yordam beradi.
U o`zbek va tojik tillarida «Kitobul-atfol» (Bolalar kitobi), «Muxtasari tarixi islom» (Islomning qisqacha tarixi), «Amaliyoti islom»,
«Aholi geografiyasiga kirish», «Rossiyaning qisqacha geografiyasi» kabi asarlarni yaratdi. «Behbudiy nashriyoti»ni tashkil etib, unda darsliklar, Turkiston, Buxoro, Xiva xaritasini bosib chiqaradi. Samarqandda kutubxona va qiroatxona ochishga boshchilik qiladi. Drammaturgiya sohasida qalam tebratadi (m-n, «Padarkush»),.
Behbudiy 1913 yildan «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshlaydi.
U til o`rganishga yoshlarni da’vat etadi. Diniy ilmlar va dunyoviy ilmlar ulamolari kerak deb biladi. Behbudiy o`z maktabi uchun o`quv reja va dasturlar ishlab chiqadi. Uning maktabi 2 qismdan iborat edi: 1. Ibtidoiy qism. 2. Rushadiya. Birinchi bosqich 4 yil, 2 bosqichi ham 4 yil bo`lgan va unga birinchi bosqichni tugatganlar olingan.
U ilmning jamiyat rivojidagi rolini yaxshi tushungan va yoshlarni ilm o`rganishga chaqiradi, «Padarkush» dramasida ham ilmsizlikni qoralaydi.
Munavvar Qori Abdurashidxonov (1872-1931) Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug`iladi. Onasi otinoyi bo`ladi.
1901 yili birinchi jadid maktabini ochadi. Yangi maktablar uchun tovush usulida «Adibi avval» (1907), «Adibi soniy» darsliklarini yozadi. 1906 yili Ismoil Obid muharrirligida «Taraqqiy» gazetasini tashkil qiladi. Darsliklari qayta-qayta nashr qilinadi.
Munavvar Qori o`rta maxsus va oliy ta’lim asoschisi sifatida 1916 yil 9 aprelida o`z uyida to`plangan jadidlar bilan birga Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo`limini tashkil etish yuzasidan komissiya tuzadi. O`zi raislik qiladi. 3 bosqichdan iborat dastur tuziladi.
1918 yil 13 may, yakshanba kuni Dorilfunun (hozirgi yosh tomoshabinlar teatri binosida) ochiladi. Munavvar Qori rais (rektor), Iso To`xtaboyev 1-, Burxon Habib 2-, muovin qilib belgilanadilar. O`qituvchilar soni 190 ga yetadi. Ular orasida Fitrat, Kamol Shams, Haydar Shavqiy va boshqalar bor edi.
Shu munosabat bilan Toshkent davlat universitetiga Milliy universitet nomi berildi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling