Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika


Download 1.04 Mb.
bet54/133
Sana03.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1151901
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133
Bog'liq
Ma\'ruza 3 kurs

Elementar ta’lim nazariyasi. Pestalotssi nazariyasiga ko’ra tarbiyalash eng oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin tobora murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim.
Pestalotssining elementar ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mehnat tarbiyasini, axloqiy va estetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o’qitishni o’z ichiga oladi. Tarbiyaning mana shu jihatlarini Pestalotssi bir-biriga bog’lab olib borishni taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma jihatlari bir-biriga uyg’un bo’lib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi.
Jismoniy tarbiya va mehnat tarbiyasi. Pestalotssi bolaning barcha jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o’stirishni ularni jismoniy jihatdan tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o’ynashga, bir joyda o’tirib qolmaslikka, hamma narsaga yopishishga, hamisha harakatda bo’lishga majbur qiluvchi tabiiy intilishini jismoniy tarbiyalashning asosi, deb hisobladi.
Pestalotssi inson shaxsini kamolotga yetkazishda jismoniy tarbiyaga juda katta ahamiyat beradi va uni bolalarning o’sishiga kattalarning oqilona ta’sir ko’rsatishining birinchi turi, deb hisobladi.
YUqorida ko’rsatib o’tilganidek, o’qitishni unumli mehnat bilan qo’shib olib borish Pestalotssining pedagogik tajribasi va nazariyasidagi asosiy qoidalardan biri bo’ldi. Pestalotssining fikricha («Lingard va Gertruda» romanida yoçèëèøè÷à) maktabda bolalar kun bo’yi yigirish va to’qish dastgohlarida ishlash bilan vaqt o’tkazadilar; maktab huzurida yer uchastkasi bo’lib, bu uchastkada har bir bola o’ziga ajratib qo’yilgan paykaldagi ekinlarni parvarish qiladi, chorva mollarini parvarish qiladi. Bolalar zig’irpoya tolasini va junni ishlashni o’rganadilar, qishloqning eng yaxshi xo’jaliklari bilan, shuningdek, hunarmandchilik ustaxonalari bilan ham tanishadilar. O’qituvchi ish vaqtida, shuningdek, ishdan bo’sh vaqtlarida bolalar bilan mashg’ulotlar o’tkazadi, ularga savod, hisob va turmush uchun zarur bo’lgan boshqa bilimlarni o’rgatadi. Pestalotssi odamning kamolotga yetishi uchun mehnat tarbiyasining ahamiyati katta ekanini uqtirib o’tdi. U ish vaqtida «bolalarning ko’nglini xushvaqt qilish va aqlini o’stirishga» intildi. SHuningdek, u mehnatkashlarning bolalarini kelgusida, «industriya»da, sanoat korxonalarida ishlashga tayyorlashga harakat qildi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling