Navoiy davlat
Download 0.85 Mb.
|
Xolmurodova Nozima
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi Xolmurodova Nozimaning “Matematika o`qitish metodikasi” fanidan 4-sinflar uchun DARS ISHLANMASI 2022-2023-o’quv yili 4-sinflar Matematika fanidan ishlanmalar tayyorlashda foydalanilgan III-chorak taqvim rejasi
Sana:________________ Mavzu: Ko‘p xonali sonni uch xonali songa yozma bo‘lishni mustahkamlash Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida sonlarni ko’paytirish va bo’lishni o’rgatish. Ta’limiy: O’quvchilarga “ Ko‘p xonali sonni uch xonali songa yozma bo‘lishni mustahkamlash ” ko’rinishidagi misollarni bajarishni o’rgatish. Tarbiyaviy: Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o’rgatish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish. O`quv jarayoniga oid kompetensiya:TK1matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to‘g‘ri o‘qiy olish;so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; TK1 matematik qoidalarni ifodali ayta olish.FK-1:sonlarni qo‘sh ish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 100 ichida ikkita ikki xonali sonlar ustida arifmetik amallarni yozma bajara oladi; Dars turi: Yangi tushuncha berish. Metodi: aqliy hujum , mustaqil ish.. Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari. Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi II. Otgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan darsda “Takrorlash” yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib no`to`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman. 5-misol 17 052 : 28=609 108 120 : 53 =2040 5 085 : 565=9 14 700 : 42=350 212 520 : 69 =3080 7 128 : 891=8 6-misol. Chizmada nechta to‘g‘ri to‘rtburchak bor? N echta to‘rtburchak bor? Nechta uchburchak bor? Javob:1ta to‘g‘ri to‘rtburchak bor. 3ta to‘rtburchak bor.3ta uchburchak bor III Yangi mavzu bayoni 1-misol. 1) Bo‘lish qanday bajarilganini ko‘rib chiqing: Tu s h u n t ir i s h : 8 932 ni 319 ga bo‘lish kerak.Bo‘linmada ikkita raqam bo‘ladi, chunki 893 > 319. O‘nliklarni bo‘lamiz: 893 o‘nlik — birinchi to‘liqsiz bo‘linuvchi.893 o‘nlikni 300 ga bo‘lamiz, 2 chiqadi. 2 – sinash raqami. Uni tekshirib ko‘ramiz. Ko‘paytiramiz: 319 ni 2 ga, 638 hosil bo‘ladi. 2 ra q a m i t o‘ g ‘r i k el a di . U n i bo‘linmaga yozamiz. Ayiramiz: 893 o‘nlikdan 638 o‘nlikni, 255 o‘nlik qoladi. Qoldiqni bo‘luvchi bilan taqqoslaymiz: 255 < 319. Demak, bo‘lishni davom ettirish mumkin. Birliklarni bo‘lamiz: 255 o‘nl. — bu 2 550 birlik, yana 2 birlik. Hammasi bo‘lib 2 552 birlik.Bu ikkinchi to‘liqsiz bo‘linuvchi. Bo‘lishni davom ettiring. 2) 12 780 soni 284 ga qanday bo‘linganini tushuntiring. 2-misol. 14 625 : 325=45 45 216 : 628=72 62 856 : 873=72 3-misol. Masalalarni yeching va yechilish usulini taqqoslang. 1) Bir haydovchi yuk mashinasida 128 t, ikkinchi haydovchi esa 224 t qum keltirdi. Birinchi haydovchi 3 ta kam qatnadi. H ar bir haydovchi necha marta qatnagan? Yechim: Demak 224t-128t=96t 96t:3=32t har bir qatnaganda 1-haydovchi 128:32=4 marta 2-haytovchi 224:32=7 marta 2) Ikki haydovchi yuk mashinalarida qum keltirishdi. Birinchisi 7 marta, ikkinchisi 4 marta qatnadi. Birinchi haydovchi 96 t ko‘p qum keltirdi. Har bir haydovchi qancha qum keltirgan? Yechim: birinchi mashina 96 tonna ko’p yuk keltirgan bo’lsa, 1-haydovchidan o’sha yukni ayirib tashlasak ikkala yuk mashinasidagi yuk tenglashadi: 7-4=3 96:3=32 32 * 7=224 32 * 4 =128 Javob: Birinchi haydovchi 224 t, ikkinchi haydovchi 128 t yuk keltirgan IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu yuzasidan qo`shimcha savollarga javoblar beriladi va mustahkamlash uchun misol va masalalar ishlanadi. VI. O`quvchilarni rag`batlantirish.Darsni yakunlashDarsda faol qatnashgan, doskada misol masala bajargan va birinch bo`lib bajargan o`quvchilarni baholayman.Uyga vazifani e`lon qilaman. VI Uyga vazifa. 4-5– misol va masala. 4-misol. To‘g‘ri to‘rtburchakning eni 10 cm, bo‘yi esa enidan 7 marta katta. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi qanchaga teng? B=10 Yechim: a=10 7x10=70 b=70 A=70 S=70x10=700 Javob:700 5-misol. Agar a = 306 bo‘lsa, 452 · a ifodaning qiymatini toping. a=306 452*a=452*306=138 312 O`IBDO`:_________ _____________________________ Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling