Navoiy hikoyatlari shakllanishida folklorning


Download 403.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana12.02.2023
Hajmi403.26 Kb.
#1191052
  1   2   3   4
Bog'liq
navoiy-hikoyatlari-shakllanishida-folklorning-o-rni



Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
190 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
NAVOIY HIKOYATLARI SHAKLLANISHIDA FOLKLORNING 
O‘RNI 
Hoshimova Azizaxon Bahodirovna 
Marg‘ilon shahar14-umumiy o‘rta ta’lim maktab ona tili va adabiyot 
fani o‘qituvchisi 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ulug‘ adib hikoyatlarining xalq og‘zaki ijodi 
bilan bog‘liqligi haqida so‘z boradi. Navoiy xikoyatlarida uchraydigan mifologik 
obrazlar, xalq og‘zaki ijodida uchraydigan afsona va rivoyatlar shoir mahoratini 
ifodasi sifatida dalillangan. 
Kalit so‘zlar: Navoiy, hikoyatlar, xalq og‘zaki ijodi, zamonaviy adabiyot, 
ko‘prik.
Abstract: The article discusses the connection between the stories of the great 
writer and folklore. Mythological images, myths and legends found in Navoi folklore 
have been proven as an expression of the poet's skill. 
Keywords:  Navoi, stories, folklore, modern literature, bridge. 
Аннотация: В статье рассматривается связь рассказов великого 
писателя с фольклором. Мифологические образы, легенды и мифы, 
встречающиеся в рассказах Навои, являются выражением мастерства поэта. 
Ключевые слова: Навои, сказки, фольклор, современная литература, 
мост. 
KIRISH 
Alisher Navoiy epik asarlarining deyarli barchasida adabiy asarlari jumladan 
Maxbubul-qulub, Muhokamatul-lug‘attayn, Tarixi Muluki Ajam, Tarixi Anbiyo va 
Hukamo, singari asarlarida bir qator hikoyalarga duch kelinib hikoyachilik turkiy 
adabiyotning bir yo‘nalishi sifatida qaror topganiga ishonch uyg‘otdi. Shubhasiz bu 
hikoyatlarining yuzaga kelishida xalq ijodidagi afsona, asotir, rivoyat, qissa va 
boshqa janrdagi asarlarning alohida o‘rni borligi kuzatildi. 
Alisher Navoiy asarlaridagi ko‘pchilik hikoyatlari ular qaysi manba asosida 
ishlangan bo‘lishiga qaramay g‘aroyib badiiy hususiyatlari bilan xalq hikoyatlariga 
uyg‘unlashib ketadi. 
Anushirvoni odil sharq xalqlari adabiyotida keng o‘rin olgan an’anaviy 
obrazlardan biridir. Anushirvon (531-589) sosaniy shaharlarida bo‘lib shon shavkati 
bilan shuhrat qozongan edi. Tarix zaminida adabiyot olimiga o‘tgan Anushirvon 
yarim tarixiy, yarim afsonaviy qaxramon tusini olib odillikning ramzi sifatida talqin 
qilinadi. U haqidagi hikoyatlar “Hayratul abror” va “Tarixi muluki Ajam” asarlaridan 
ham o‘rin olgan. 



Download 403.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling