Navoiy ijodida qofiya annotatsiya


Bo‘lub bu motamidin dasht g‘amnok


Download 63.45 Kb.
bet9/12
Sana13.02.2023
Hajmi63.45 Kb.
#1192666
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Navoiy ijodida qofiya

Bo‘lub bu motamidin dasht g‘amnok Ki, vodidin yaqosin aylabon chok.
(Farhod va Shirin)

Sunbul qilibon qaro uzorin


Ochib qaro zulfi mushkborin.
(Layli va Majnun)
Tazmin (ar. – bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo‘ymoq ) – she'rda o‘zga bir Shoir she'ridan bir misra yoki bir bayt kiritish san'ati. Ilmi badi'ga doir deyarli barcha manbalarda ushbu san'at haqida ma'lumotlar keltiriladi. Tazmin san'atining nomi dastlab Umar Roduyoniyning “Tarjumon ul-balog‘a” asarida (11-a.) uchraydi. Muallif tazminni ikki nuqtai nazardan talqin qiladi: 1) avvalgi baytning mazmunini keyingi baytda keltirishga asoslangan san'at; 2) she'rda o‘zga Shoir bayti va ushbu bayt muallifini keltirishga asoslangan san'at. Roduyoniydan keyingi forsiy manbalarda asosan ikkinchi talqinga diqqat qaratiladi. Husayn Voiz Koshifiyning “Badoyi' ul-afkor fi sanoyi' ul-ash'or” (15-a.) asarida T. san'ati ikki guruhga ajratiladi: 1) Tazmini musarrah – misra yoki bayti keltirilayotgan muallif nomi ko‘rsatilgan 2) Tazmini mubham – muallif nomi keltirilmagan. Shuningdek, Koshifiy tazminning taxmis va tasdis turlari haqida ham ma'lumot keltiradi.
Nasiruddin Tusiyning “Me'yor ul-ash'or” (1251-1252) asarida tazmin san'ati Shoirning o‘z fikriga dalil sifatida boshqa bir asardan barchaga ma'lum baytni keltirishi bilan bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi va tazmin sifatida keltirilayotgan bayt Shoirning boshqa asaridan olingan o‘z ijod mahsuli bo‘lishi ham mumkinligi ta'kidlanadi.
Alisher Navoiy ijodida tazmin san'atining istifoda etilishi aynan “Me'yor ul- ash'or” muallifi keltirgan mezonlarga mos keladi. Shoirning “Xazoyin ul-maoniy”
kulliyotidagi ayrim g‘azallarida boshqa g‘azallardagi misralar aynan keltirilganligini kuzatish mumkin. Masalan, “G‘aroyib us-sig‘ar”dan 479-raqam ostida o‘rin olgan va

Download 63.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling