NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTI
|
«TASDIQLAYMAN»
Navoiy innovatsiyalar instituti rektori ___________B.F.Yalg’ashev 2022 yil “___” ________
|
IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
FANINING O`QUV DASTURI
SIRTQI TA’LIM
(Sillabus)
Bilim sohasi:
Ta`lim sohasi:
Ta`lim yo`nalishi:
|
300 000-Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
310 000-Ijtimoiy va xulq atvorga oid fanlar;
60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha);
|
Navoiy - 2022
Fanning asosiy parametrlari
( Fan/ modul kodi )
HISET6
|
O‘quv yili
2022/2023
|
Semestrlar
1
|
Kreditlar
6
|
( Fan/ modul turi )
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4 soat
|
Fanning nomi
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
32
|
Mustaqil ta’lim (soat)
148
|
Jami yuklama (soat)
180
| Auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim o’quv yuklamasi (soatlarda) ajratilgan semestr bo‘yicha taqsimoti
T/r
|
Auditoriya mashg‘ulotlar soatlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
1
|
Ma’ruza
|
16
|
|
|
|
|
|
|
|
2
|
Amaliy
|
16
|
|
|
|
|
|
|
|
3
|
Seminar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
Laboratoriya
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7
|
Jami auditoriya soatlari
|
32
|
|
|
|
|
|
|
|
5
|
Mustaqil ta’lim va mustaqil mashg‘ulotlar
|
148
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
Kurs loyihasi va kurs ishlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8
|
Jami yuklama
|
180
|
|
|
|
|
|
|
|
I. Faning mazmuni
Fanning maqsadi - talabalarga Antik davrdan XX asrning ikkinchi yarmigacha bo`lgan iqtisodiy fikrning rivojlanishi haqida umumiy ma`lumot berish. Iqtisodchilar har doim duch kelgan va hal qilishga uringan muammolar mohiyatiga alohida e`tibor berishlari kerak. Muammolarni hal qilishda iqtisodchilarning uzluksizlik va o`zgarishlarni tushunish iqtisodiyotni fan sifatida shakllanish evolyutsiyasini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Fanni muvaffaqqiyatli tugatgandan so`ng talabalarga iqtisodiy ta`limotlar tarixidagi asosiy maktablar va tendensiyalarni ajrata olishlari va XIX-XX asrlar itisodiy yondashuvlarning analitik asoslarini tushunishlari kerak.
Fanning asosiy vazifasi - talabalarga iqtisodiy fikrning tarixiy evolyutsiyasi to`g`risida tushuncha berish. Talabalarni qisman iqtisodiy tarixning ba`zi epizodlari bilan tanishtirish. Ularga ikki ming yildan ortiq davrda iqtisodiy tafakkur evolutsiyasi to`g`risida keng tushunchalar berish. Talabalarda iqtisodiy tafakkurning turli oqimlari va ularning iqtisodiy ta`limotlar tarixiga ta`sir ko`rsatgan ba`zi shaxslar bilan tanishtirish.
Fanning asosiy vazifalari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Iqtisodiy atamalar, konsepsiya va nazariyalarni bilish va tushunishni o`rgatish;
Iqtisodiy ma`lumotlarni qayta ishlash jarayonida asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlardan foydalana olishni o`rgatish;
Iqtisodiy tahlil qila olishni o`rgatish;
Iqtisodiy g`oyalarni yozma ravishda mantiqiy va aniq tasvirlashni o`rgatish;
Iqtisodiy tadqiqot olib borishda iqtisodiy konsepsiyalarni qo`llay olishni o`rgatish.
II. Asosiy nazariy qism (Ma‘ruza mashg‘ulotlar)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” faniga kirish. Qadimgi dunyo iqtisodiy g‘oyalari. Feodal jamiyati va uning yemirilishi davridagi iqtisodiy ta’limotlar.
G‘oyalar kuchi va fikrlar tarixini o‘qitish. Ta’limotlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jarayonlari. iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar bilan chambarchas bog‘liqligi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va o‘rganish usullari. Iqtisodiy fikrlar tarixida biografik va kontekst elementlari. Qadimgi rimdagi iqtisodiy qarashlar.
Ilk iqtisodiy fikrlar. qadimgi bobil davlatining g‘oyalari. Qadimgi sharqdagi iqtisodiy fikrlar. Zardushtiylik (avesto)dagi iqtisodiy g‘oyalar. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar. Qadimgi rimdagi iqtisodiy qarashlar
Feodalizm davrining o‘ziga xos xususiyatlari. «Buyuk ipak yo‘li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o‘rni. Islom ta’limotida iqtisodiy qarashlar. Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari. O‘rta asr G‘arbiy Yevropa va Rossiyadagi iqtisodiy g‘oyalar. O‘rta asr utopiyalari: Tomas Mor va Tommazo Kampanella.
2-mavzu. O‘rta Osiyodagi temuriylar davrigacha bo‘lgan iqtisodiy g‘oyalar. Amir Temur va Temuriylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy siyosat.
Marg‘inoniyning “Hidoya” asarida iqtisodiy fikrlar. Forobiy asarlarida ehtiyoj, mehnat, mehnat taqsimoti, inson omilining yoritilishi. Beruniyning asarlarida kishilik ehtiyoji, mehnat va hunar masalalari. Ibn Sino asarlarida iqtisodiyotga oid fikrlar. Nizomulukning “Siyosatnoma” asaridagi iqtisodiy fikrlar. Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig” asari, undagi iqtisodiy fikrlar.
A.Temurning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari. Mirzo Ulug‘bek davridagi iqtisodiy islohotlar. Alisher Navoiy iqtisodiy ta’limoti. Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar davri.
3-mavzu. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining mohiyati va ahamiyati. Angliya va Fransiyada klassik (mumtoz) maktabning shakllanishi.
Merkantilizm tushunchasi uning mohiyati va mazmuni. Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosligi. Turli mamlakatlarda merkantilizm ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlari. Merkantilizmning zamonaviy tahlillari. Merkantilizmning tarixiy ahamiyati.
Klassik iqtisodiy maktab paydo bo‘lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi. U.Pettining iqtisodiy ta’limoti. P.Buagilberning iqtisodiy ta’limoti. Fiziokratlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |