Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet22/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   165
1991-yil oxirida O’zbekiston hayotida tom ma’noda ulkan tari-xiy voqea sodir bo‘ldi. 29- dekabrda xalqimiz uzoq yillik mustamla-kachilikdan so‘ng tom ma'nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq xohish irodasi bilan mustaqil O’zbekiston Respubli-kasi Prezidentini sayladi. O’zbekistonda demokratik jarayonlaming yangi bosqichi shu sanadan boshlanadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu tarixiy voqea juda katta mehnat, siyosiy faollik, milliy bir-lik, g‘oyalar va maqsadlar mushtarakligi mahsuli bo‘ldi. Bu sharafli ishni Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi va qariyb
7 ming’ia uchastka saylov komissiyasi amalga oshirdi. Asosiy vazifa O’zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risidagi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi qonunlar talablarini og‘ishmay amalga oshirish-bir tomondan millionlab fuqarolarga o‘z konstitutsion huquqidan foydalanishda, xohish-irodalarini erkin bildirishda, ikkinchi tomondan prezidentlikka nomzodlarga ulaming saylovoldi kurashida teng sharoit yaratib berishdan iborat edi.
Referendum va saylovga tayyorgarlik jarayonida Markaziy say-lov komissiyasi eng awalo saylovga doir barcha hujjatlami mar-kazlashtirilgan holda tayyorlash va joylarga o‘z vaqtida yetkazish choralarini ko‘rdi. Bu vazifa muvaffaqiyatli hal etildi. Xususan refe-rendum va Prezident sayloviga doir byulletenlar barcha saylovchilar-ga yetadigan miqdorda-o‘n bir million nusxada chop etildi.
Prezidentlikka nomzodlar har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 301 ming nusxadan iborat plakat, nomzodlar har birining 40 ming nusxadan saylovchilarga murojaatnomalari chop etildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovoldi kompaniyasida nom-zodlar uchun teng sharoit yaratish, ularga o‘z saylovoldi dasturlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishga bir xil imkon yaratish masalalariga Prezident saylovi haqidagi qonun talablaridan kelib chiqqan holda alohida e’tibor berdi.
Umumxalq Prezident saylovlari mamlakat tarixida ilk bor o‘tayotganini, saylovchilarimizda hali yetarli tajriba va ko‘nikma yo‘qligini inobatga olib, bu tadbimi uyushqoqlik bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida faollar keng ko‘lamda jalb qilindi. Say-lov komissiyalari ishida 75 mingdan ziyod kishi qatnashdi. Saylov komissiyalariga yordam tariqasida Oliy Kengash va mahalliy kengashlar deputa’liari samarali faoliyat ko‘rsatishdi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling