O’zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlashda xalq tomo-nidan uning ma’qullanishini hisobga olib, mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991-yil 18-noyabrida Oliy Kengash VIII sessiyasi O’zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda: «Siz Oliy Kengash tomonidan O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon qilinishini ma’qullaysizmi?»-degan masalada referendum oTkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan oTkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalarini tuzdi. Ular joylarda referen-dum oTkazish haqidagi Qonunning so‘zsiz bajarilishini ta'minlash borasida katta tashkiliy ishlami olib bordilar. Umumxalq referen-dumiga 10 millionga yaqin kishi, yoki saylov ro‘yxatiga kiritilgan-laming 94,1 foizi qatnashdi. Referendumda qatnashganlaming 98,2 foizi O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat, deb e’lon qili-nishini yoqlab ovoz berdi. Shuni aytish kerakki, referendum butun respublika hududida qonim asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolaming yuksak siyosiy faolligi bilan o‘tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan beta-raf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.
O’zbekistonning mustaqil respublika, deb eTon qilinishi faqat mamlakat xalqi emas, balki jahon jamoatchiligi tomonidan ham qo-niqish bilan kutib oiindi. Buni mustaqillik kunlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga kelgan tabriklardan ham bilsa boTadi. Jumladan, AQSHning o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bush I.Karimov nomiga yuborgan telegrammada shunday deydi:
«Qadrli janob Prezident. SSSR tarqatilgandan so‘ng, Sizning mamlakatingizda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar munosabati bilan shuni maTum qilish menga qoniqish beradiki, AQSH Hukumati O’zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan oldi».
Shuningdek, Shvetsiya Bosh vaziri Karl Bilodt o‘z telegramma-sida:
«Shvetsiya hukumati nomidan Shvetsiya hukumati O’zbekiston Respublikasini suveren va
mustaqil davlat sifatida tan olish haqida qaror qilganligini ma’lum qilishdan baxtiyorman.
Shu munosabat bilan Shvetsiya hukumati nomidan O’zbekiston xalqiga ezgu ishlarida
muvaffaqiyatlar tilayman»,-degan iliq istaklar bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |