Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet15/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165
1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S. Shata-linning «500 kun» Programmasini
qabul qildi. Unda quyidagi masa-lalar ko’tarilgan edi:
Fuqarolarni mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste’mol bozori va
unda erkin narx;
korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi; ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti;
aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko’zda tutar edi.
SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bo’lib o’tgan IV sessiyasida bu Dastur ham qabul qilinmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo’jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo’lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Das-turidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o’tish jahon amali-yotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistiq yo’nalishiga ziyon yetkazmaydi»,-deb xulosa berdi.
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazishni hayotning o’zi kun tar-tibiga qo’ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaru-ratga aylantirdi. Shunday bo’lsa-da, 1990-1991-yillarda iqtisodi-yot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta
yo’nalishdagi kuchlar manfaatlari to’qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:
Birinchi kuchlar-N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo’jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko’proq markazda to’plash niyatida edilar. Ular iqti- sodiyotni rivojlantirishda sotsialistiq yo’ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar-S.Shatalin guruhi a’zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o’rnida suveren, Mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlanti-rish, mulkni davlat tasarrufldan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo’jaliklari tuzishni ko’zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistiq yo’lidan voz ke-chishni bildirar edi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling