Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet14/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165
Mustaqillik-tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini, doimiy kamolotni taqozo etadigan ma’naviy-ruhiy, ma’rifiy-axloqiy hodisa. Bu, ayniqsa, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, mustamlakachilik azobini ko’rgan mustaqil mamlakatlar, xususan O’zbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nima uchun?
Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqbo-liga daxldor bo’lgan har qanday katta-kichik masalalarni hal etishni o’z
zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bo’lgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi, xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga aylanib qolgan edi. Ertadan kechgacha mehnat qilasan, mehnating-ga yarasha ochdan o’lmaslikka u etadigan haqqingni olasan, tamom-vassalom. Bu-sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega bo’lgan davlat siyosati edi. Odamzod shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos. Tiriklik degan buyuk ne’matning, hayot degan oliy tushun-chaning mag’zini chaqishga o’zida rag’bat ham, ehtiyoj ham sezmas edi. Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish, ijodkorlik tuyg’ulari butunlay so’ndirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoli sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi.

XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistiq mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tarti-botlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistiq Federativ Respublikasi parchalanib, uning o’rnida bir necha mustaqil respublika, Chexoslovakiya Sotsialistiq Respublikasi ikkiga bo’linib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, ne-mislar yashaydigan ulkan hududda sotsialistiq tuzum barbod etildi. Ayni chog’da sobiq SSSR parchalanib, uning o’rnida mustaqil taraq-qiyot yo’lini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.


Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib ko’pgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan tarixiy jarayonga aylandi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi. «Xalqlarning ozodlik, Mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o’z taqdirini o’zi belgi-lashga azm-u qarori hayotdagi chuqur o’zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir»,-degan edi Islom Abdug’aniyevich Karimov.
XX asr 90-yillarining boshlariga kelib O’zbekistonda xalqning ana shu azaliy orzusini amalga
oshirish kun tartibidagi bosh masala bo’lib qoldi.
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: zo’ravonlikka asoslangan, ma’muriy buyruqbozlikka xos bo’lgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayonlar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti ta’minlanadimi?-degan masala dolzarb bo’lib qoldi. Ikkinchi tomondan, o’sha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to’g’ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham in-qiroziy holatdan chiqishning yo’lini topa olmay qoldi. Xullas, 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyatlar o’rtasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obro’yi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xo’jalik hayoli boshqa-rilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ah-voldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomon-lasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hoi tabiiy ravishda xalqning ko’zini ochdi, endi u eskicha buyruq-bozlik usulini qabul qila olmay qoldi.
Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenite-tini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik bosh-qaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o’zi ko’rsata boshladi.
Buni birgina sobiq SSSRda xalq xo’jaligini bozor iqtisodiyotiga o’tkazish hamda Yangi Ittifoq
Shartnomasi tayyorlash borasidagi na-tijasiz qadamlarda ham ko’rsa bo’ladi.
Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xo’jaligini bozor iqti-sodiga o’tkazish masalasi 1987- yili xalq deputatlari II syezdi qarori va iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida tilga olingan, u 1990-yil may oyida Oliy Sovet III sessiyasida muho-kama qilingan edi.
Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, bozor iqtisodiga o’tish obyektiv zaruriyat, bundan boshqa yo’l yo’q, degan xulosaga keldilar. SSSR Oliy Soveti III sessiyasining «Bosh- qariladigan bozor iqtisodiga o’tish haqida»gi qarorida bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmunini tashkil qiladi, deb qayd etildi. Shu bois bu boradagi Hukumat konsepsiya-sini deputatlar fikr-mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990-yil 1-sentabriga tayyorlash belgilandi.
SSSR Rahbariyatida shu yo’nalishdagi amaliy ishlar qizg’in tus oldi. 1990-yil 25-iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor iqtisodiyotiga o’tkazish yuzasidan qo’shimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990-yil 27-iyuli va 30-avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi uchrashuvi bo’ldi.
1990-yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o’tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo’jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida» ma’ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olin-gan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga
nis-batan ishonch yo’qola borgan edi. Ayni chog’da Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni,
shuningdek iqtisodiyotni sotsialistiq yo’ldan rivojlantirishni ko’zda tutar edi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling