Navoiy innovatsiyalar instituti


Download 0.95 Mb.
bet81/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165
1992-yil 2-martda O’zbekiston Respublikasi o‘z tarixida birin-chi bor jahon hamjamiyatining teng huquqli subyekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zoligiga qabul qilindi. Bu tarixiy voqea O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyat-dan munosib o‘rin olishida katta ahamiyatga ega boTdi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, Toji-kiston va Afg‘oniston mojarolari, narkobiznesga qarshi kurash-ni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo‘yicha bir qator takliflami o‘rtaga qo‘ydi.
O’zbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bu nufuzli tash-kilot tomonidan inobatga olinib, 1993-yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ta’sis etilib, ish boshladi. Xolid Malik BMTning O’zbekistondagi vakili qilib yuborildi.
Bugimgi kunda BMTning O’zbe-kistondagi vakolatxonasi respublikada BMTning taraqqiyot Das- turi, Sanoat taraqqiyoli Dasturi, qochoqlar ishi bo‘yicha vakillari Oliy Komissari, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Aholi joylashish jamg‘armasi, Narkotiklami nazorat qilish bo‘yicha Dastur, Bolalar jamg‘armasi singari ixtisoslashgan muassasalami o‘z tarkibiga bir-lashtirishga muvaffaq boTdi.
O’zbekiston 1992-yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustah-kamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlami amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YXHT) a’zo bo’lib kirdi. I.Karimovning 1992-yil 9-10-iyulda bo’lib o‘tgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining majlisida ishtirok etishi, nutq so‘zlashi va uning 10- iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning ja-hon hamjamiyatiga muvaffaqiyatli kirib borayotganligini ko‘rsatadi.
O’zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o‘tka-zishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. 1993-yil sentabrda bo’lib o‘tgan BMTning 48-sessiyasida O’zbekiston Birinchi
Prezidenti I.Karimovning ishtiroki va unda qilgan ma'ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va navqiron
davlat sifatida tanitdi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling