Navoiy innovatsiyalar instituti
Download 0.95 Mb.
|
155-sessiya 19-oktabr kuni Parijda ochilgan edi. Uning aso-siy mavzusi «Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 50 yilligi, eslamoq burchi va hushyorlik zaruriyati-qullikdan inson qadr- qimmatining tiklanishi sari», deb belgilangan edi. Sessiyada UNESKO Bosh konferensiyasi tomonidan qabul qilingan UNESKO faoliyat dasturlarining bajarilishiga oid hisobot ma'ruzasi va turli tashkiliy masalalardan tashqari, dunyoviy madaniyat ravnaqiga bag‘ishlangan uchta hujjat qabul qilinishi mo’ljallangan edi. Birin-chi hujjat BMT uchun mo’ljallangan dunyoviy madaniyat haqida-gi jamlanma ma'ruza, ikkinchisi-«Dunyoviy madaniyat yo‘lida» deb nomlangan sohalararo loyihaning baholanishi haqida edi va ular Parijdagi yig’iishda qabul qilindi.
Uchinchi hujjat esa O’zbekiston tomonidan taklif qilingan «Dunyoviy madaniyat va UNESKOning a’zo mamlakatlaridagi fao-liyati» deb nomlangan qaror loyihasi boTdi. O’zbekiston hukumatining taklifiga binoan Ijroiya Kengash qarorlari ro‘yxatiga kiritilgan bu hujj at loyihasi 15 5-sessiyaning Toshkentda o‘tadigan yakuniy yig’iishida qabul qilinishi mo’ljallangan edi. Sessiyaning yakuniy yig‘ilishini UNESKO Ijroiya Kengashi raisi Pal Pataki ochdi. Rais sessiya kun tartibiga O’zbekiston to-monidan kiritilgan hujjatning ahamiyati haqida gapirar ekan, uning dunyoviy madaniyat shakllanishida muhim omillardan biri bo’lib qo-lishini ta'kidladi. Shuningdek, hujjat muhokamasini O’zbekistonda o‘tkazish taklifi ko‘pchilik tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilin-ganini qayd etdi. Sessiyada O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov nutq so‘zladi. UNESKOning o‘sha paytdagi Bosh direktori Federiko Mayor sessiyaning yakuniy yig’iishini O’zbekistonda oTkazish taklifini bildirgani uchun Birinchi Prezident I.Karimovga anjuman qatnashchilari va tashkilot nomidan minnatdorchilik izhor qildi. «Men,-deb ta’kidladi o‘z so‘zida F. Mayor,-O’zbekiston xal-qi boshidan kechirayotgan bugungi murakkab oTish davrida fan va madaniyat, ma’naviyat ravnaqiga qo‘shayotgan ulkan xizmatlaringiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman. Chunki Siz ma’naviyatni tiklashdagina emas, uni yosh avlodga singdirishda ham katta xizmat qilmoqdasiz». F. Mayor UNESKO faoliyati haqida gapirib, uning tinchlikni saqlashda fan, ta’lim va madaniyatni asos qilib olgani O’zbekistonhukumati olib borayotgan siyosat bilan hamohang ekaniga e'tibor qaratdi. Birinchi Prezident I.Karimovning «Biz kelajakning poydevorini qo‘ymoqdamiz», degan so‘zlarini esladi va bunga misol qilib O’zbekistonda ta’lim, fan va ma’naviyat sohasida erishilgan yutuq-lami keltirdi. O’zbekiston tajribasi dunyoviy madaniyat shakllani-shida muhim bo‘g‘inlardan biri bo‘lishini qayd etdi. UNESKO bosh direktori tashkilotning Abu Ali ibn Sino nomi-dagi oltin medaliga sazovor bo‘lgani bilan I.Karimovni qutladi va oltin medalni O’zbekiston Prezidentiga topshirdi. UNESKOning Vatanimizda o‘tkazilgan nufuzli xalqaro anjuma-ni ham shu asosiy maqsad yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib qolishi, shubhasiz. Zotan, ikkinchi jahon umshi olovining tafti hali bosilmagan olis 1945-yilning 16-noyabrida tuzilgan UNESKO tashkiloti o‘shandan buyon ona sayyoramizda tinchlikni saqlash yo‘lida samarali ishlami amalga oshirib kelmoqda. Bu yo‘lda UNESKOning asosiy quroli ta’lim, fan va madaniyat sohasida insoniyat aql-zakovati erishgan yutuqlami dunyo bo‘ylab yoyishdan iborat bo‘ldi. Tabiiyki, ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti bo‘lgan UNESKO sessiyasi ishtirokchilarining aksariyati olimlardir. Ular Birinchi Prezident I.Karimov kitoblarini o‘qib, uni shu mahalgacha faqat nazari-yotchi sifatida bilganlarini, endi O’zbekiston bilan tanishib, bu yer-da o‘tkazilayotgan isloho’llar va ulaming ilk natijalaridan boxabar bo‘lib, O’zbekiston Prezidenti faqat nazariyotchi emas, balki izchil amaliyotchi ham ekanligini e'tirof qiladilar. Sessiya ishtirokchilaridan biri «O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimovni kelgusi ming yillikning kishisidir, deya ishonch bilan ta’kidlayman», dedi. Barcha ma'ruzalarda O’zbekiston qadimiy madaniyat beshiklaridan birigina emas, ayni chog‘da xalqlaming tinch-totuv yasha-shi, ma'naviy merosga munosabat nuqtayi nazaridan bugungi zamon davlatlarining ko‘piga o‘mak bo‘larli jamiyat ham ekani qayd etildi. Mavzuga doir material O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasida mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning polyak tilida nashr etilgan «O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘Imaydi» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Marosimda Polshaning rasmiy doiralari, ilmiy tadqiqot muassasalari, Varshavada akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatiya vakolatxonalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi Taqdimot davomida uning qatnashchilari «O’zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi» asari bilan atroflicha tanishish imkoniga ega boTdilar. Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining ushbu kito-bi yuzasidan o‘zlarining mufassal tahliliy fikr-mulohazalarini bildirishar ekan, O’zbekistonda barqaror bozor munosabatlari va ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini tadrijiy ravishda hamda bosqichma-bosqich bar-po etish maqsadida amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islo- ho’llaming hozirgi holati va istiqbollarini yuqori baholashdi. Maro-simda O’zbekiston rivojlanishi strategiyasiga muvofiq, mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash bo‘yicha maqsad va vazifalar birinchi darajali bo’lib qolaverishi yoTining to‘g‘ri ekanligi bir necha bor ta’kidlandi. Varshava universiteti huzuridagi Siyosiy fanlar institutining eksperti, siyosatshunoslik fanlari doktori A. Vejbitskiy o‘z chi-qishida ushbu kitobda bayon etilgan dalillar Markaziy Osiyodagi murakkab mintaqaviy vaziyat manzarasini yaqqol namoyon etishini aytdi. «Men xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash masalasida O’zbekistonni Yevropa Ittifoqi hamda Polshaning muhim sherigi, deb bilaman. Bundan tashqari, O’zbekiston madaniyatning tarixiy beshiklaridan biri hisoblanadiki, bu gumanitar hamkorlikni mustah-kamlashda muhim omildir», dedi polshalik olim. Sharq tadqiqo’llari markazining Kavkaz va Markaziy Osiyo boTimi rahbari K. Straxota Polsha tahlilchilari doirasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur kitobidan mintaqaviy xavfsizlik, narkotik xavf-xatar hamda diniy ekstremizm bilan bog’iiq barcha sa-vollarga javob topishi mumkinligini alohida ta’kidladi. BMT Bosh Assambleyasining 2000-yil sentabr oyida o‘tgan «Mingyillik sammiti»da davlatimiz rahbari xalqaro terrorchilik va giyohvand moddalaming noqonuniy savdosiga qarshi kurashga, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, BMT faoliyati va uning tarkibiy tizimini isloh qilishga doir ko‘plab takliflami bildirdi. Xal-qaro jamoatchilik e’tiborini yana bir bor Orol muammosiga qarat-di. Ta'kidlamoq joizki, Oroldagi vaziyat nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo mamlakatlarining ekologik muammo-sidir. Shimdan kelib chiqqan holda, davlatimiz rahbari «Mingyil- lik sammiti»da ekologik xavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlikni qo’llab-quwatlash, ushbu xayrli ishlarga xalqaro tashkilot va donor mamlakatlardan moliyaviy vositalar jalb etish maqsadida BMTning Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha xalqaro dasturi huzurida Orol va Orolbo‘yi muammolari kengashini tuzishni taklif qildi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999-yilgi Is-tanbul sammitida Birinchi Prezident I.Karimov BMT huzurida terrorchi-likka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro markaz tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. 2001-yil 28-sentabrda BMT Xavfsizlik kengashi doi-rasida terrorchilikka qarshi kurash qo‘mitasining tashkil etilishi bu g‘oyaning amaliy natijasi boTdi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling