Navoiy innovatsiyalar instituti


Mafkura-g’oya va qarashlar tizimi. Avtokratlik-


Download 0.95 Mb.
bet130/165
Sana06.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1330979
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165
Mafkura-g’oya va qarashlar tizimi.
Avtokratlik-hokimlik, kishining buyruqbozlik, ko’rsatmalar berish va jazolash kabi shakllarda boshqalarga (masalan, o’qituvchining talabaga) nodemokratik usullardan foydalangan holda ta’sir etishga moyilligi.
Agressivlik-dushmanlik, boshqalarga, atrofdagilarga zarar yetkazish, tajovuz qilish, noqulaylik tug’dirish
maqsadini amalga oshiruvchi shaxsning xususiyati.
Aktuallashtirish-shaxsdagi mavjud bilim, malaka va ko’nikmalarni turli axloqiy shakllar va xissiy holatlarni qayta ishlab chiqish va ularni botiniy holatdan zohiriy harakatlarga aylantirish.
Aksiologiya-qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot, aksiologik qadriyat mohiyati.
Donor mamlakat-boshqa mamlakatga moliyaviy, moddiy va boshqa resurslar taqdim etuvchi mamlakat.
Rivojlanishga ko’maklashish qo’mitasi RKQ-21 donor-mamlakat va Yevropa Komissiyasidan iborat Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti IHRT) qo’mitasi. Qo’mita rivojlanish maqsadlaridagi yordam miqdorini oshirish va uning samarasi haqida qarorlar qabul qiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar-mustamlaka qaramligidan ozod bo’lgan va mustaqil rivojlanish siyosatini olib borayotgan mamlakatlar. Odatda, bular past va o’rtacha darajadagi daromadga ega mamlakatlar bo’lib, ularda kishilar yuqori daromadli mamlakatlar kishilariga nisbatan kam hajmdagi tovar va xizmatlardan foydalanadilar. Hozirgi kunda dunyoda rivojlanayotgan 125 ta mamlakat bo’lib, ular aholisining umumiy soni 4, 9 mlrd. dan ortiq.
Rivojlanishga rasmiy yordam RRYo-rivojlanayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy taraqqiyotni qo’llab- quvvatlash uchun Rivojlanishga ko’maklashish qo’mitasiga a’zo mamlakatlar tomonidan imtiyozli shartlar bilan 25% dan kam bo’lmagan beg`araz yordam) ko’rsatiladigan yordam.
Xalqaro rivojlanish uyushmasi XRU-juda kambag`al mamlakatlarga foizsiz kreditlar, texnik ko’mak va siyosatni ishlab chiqish sohasida tavsiyalar berish orqali ularga yordam ko’rsatadigan tashkilot. XRU aholi jon boshiga 885 AQSh dollaridan kam daromad 1999 yil raqamlari) to’g`ri keluvchi va Jahon bankidan kredit olish uchun moliyaviy imkoniyati bo’lmagan mamlakatlarga kredit beradi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling