NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTI
“ O ’ Z B E K I S T O N N I N G E N G Y A N G I T A R I X I ”
fanidan tarix yo`nalishidan tashqari barcha
yo’nalish I-kurs talabalari uchun
B A H O L A S H M E Z O N L A R I
Navoiy sh
Baholash mezoni:
“A+”, “A”, “B+” baho: talaba materiallarni mustaqil ravishda tez o’zlashtiradi: xatolarga yo’l qoymaydi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi.
“B”, “C+”, “C” baho: talaba materiallarni yaxshi o’zlashtirgan, uni mantiqiy ifoda eta oladi; mashg’ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga to’liq va aniq javob beradi, biroq uncha jiddiy bo’lmagan xatolarga yo’l qoyadi.
“D+”, “D” baho:talaba asosiy materiallarni biladi, biroq aniq ifoda etishga qiynaladi; savollarga javob berishda aniqlik va to’liqlik yetishmaydi; materiallarni taqdim etishda ayrim xatoliklarga yo’l qoyadi; kommunikatsiya jarayonida qiyinchilik sezadi.
“F” (o’tmadi) baho: talaba materiallarni o’zlashtirmagan; savollarga javob bera olmaydi; mashg’ulotlarda ishtirok etmaydi.
Baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
-mashg’ulotlardagi ishtiroki (davomat);
-mashg’ulotlardagi faollik va ijodkorlik;
-asosiy va qo’shimcha o’quv materiallarini o’zlashtirish;
-mustaqil ta’lim boyicha topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish;
-nazoratning barcha turlarinii o’z vaqtida va sifatli bajarish.
Talabalar bilimini baholash mezonlari
“A’lo” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Xulosa va qaror qabul qilish;
Ijodiy fikrlay olish;
Mustaqil mushohada yurita olish; Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo’lish.
“Yaxshi” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Mustaqil mushohada yurita olish;
Olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasavvurga ega bo’lish.
v) “Qoniqarli” baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Mohiyatini tushunish;
Bilish, aytib berish;
Tasavvurga ega bo’lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |