“Navoiy kon- metallurgiya kombinati” Markaziy kon boshqarmasidagi 7-gidrometallurgiya zavodi (7-gmz)


Download 1.44 Mb.
Sana05.04.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1274663
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

“Navoiy kon- metallurgiya kombinati” Markaziy kon boshqarmasidagi 7-gidrometallurgiya zavodi (7-GMZ)

  • “Navoiy kon- metallurgiya kombinati” Markaziy kon boshqarmasidagi 7-gidrometallurgiya zavodi (7-GMZ)
  • 7-gidrometallurgiya zavodi – texnogen chiqindilarni qayta ishlaydigan dunyodagi eng yirik korxona.

Maʼlumki, maʼdan tarkibi qimmatbaho metallarga boy yoki qashshoq ko‘rinishda bo‘ladi. Tarkibi boy maʼdanlar korxonalarda qayta ishlanib, uning metali kam bo‘lgan qismi (balansdan tashqari) esa kelajakda keng foydalanish uchun sanoat maydonlarida maxsus tashkil etilgan uyumlarga yig‘ib kelingan.

  • Maʼlumki, maʼdan tarkibi qimmatbaho metallarga boy yoki qashshoq ko‘rinishda bo‘ladi. Tarkibi boy maʼdanlar korxonalarda qayta ishlanib, uning metali kam bo‘lgan qismi (balansdan tashqari) esa kelajakda keng foydalanish uchun sanoat maydonlarida maxsus tashkil etilgan uyumlarga yig‘ib kelingan.
  • 1996-2006-yillar mobaynida “Oltinni uyumda ishqorlash sexi” konida hosil bo‘lgan qayta ishlangan maʼdanni uyumda ishqorlash usuli bilan qayta ishlash masalasini hal qilish bilan bir qatorda, chiqindilarni yo‘q qilishni talab qiladigan xududning ekologik muammolari o‘z yechimini topdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kombinatni 2026-yilgacha rivojlantirish dasturi doirasidagi katta investitsion loyihalardan biri – yiliga 15 mln tonna texnogen chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi 7-gidrometallurgiya zavodidir. 

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kombinatni 2026-yilgacha rivojlantirish dasturi doirasidagi katta investitsion loyihalardan biri – yiliga 15 mln tonna texnogen chiqindilarni qayta ishlash imkonini beruvchi 7-gidrometallurgiya zavodidir. 
  • Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan 7-GMZda murakkab jarayonlar orqali qayta ishlangan (texnogen) maʼdanlardan mahsulot olish yo‘lga qo‘yildi. Zavodning kombinatning boshqa gidrometallurgiya zavodlaridan farqi shundaki, bu yerda qo‘llanilayotgan texnologiyalar evaziga qayta ishlangan maʼdanni yana qayta ishlab, mahsulot olish imkoniyati mavjud. 

 Korxonada texnogen chiqindilardan mahsulot olinishi ekologik jihatdan barcha talablarga to‘la javob beradi. Eng muhimi, qayta ishlash jarayonida faqatgina mahalliy kimyoviy mahsulotlar ishlatiladi. Bu esa ichki bozorning o‘sishiga olib keladi, mahsulot tannarxini arzonlashtiradi.

  •  Korxonada texnogen chiqindilardan mahsulot olinishi ekologik jihatdan barcha talablarga to‘la javob beradi. Eng muhimi, qayta ishlash jarayonida faqatgina mahalliy kimyoviy mahsulotlar ishlatiladi. Bu esa ichki bozorning o‘sishiga olib keladi, mahsulot tannarxini arzonlashtiradi.
  • Texnogen chiqindilarni qayta ishlashning muhim jihatlaridan biri bu 7-GMZda mahsulot tannarxini sezilarli darajada pasaytiradigan maʼdan qazib olish va tashish xarajatlarining yo‘qligidir. Ushbu ishlab chiqarishning noyobligi va texnologiyasi jahon qimmatbaho metallar bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi.

Texnogen chiqindilarni qayta ishlashning muhim jihatlaridan biri bu 7-GMZda mahsulot tannarxini sezilarli darajada pasaytiradigan maʼdan qazib olish va tashish xarajatlarining yo‘qligidir. Ushbu ishlab chiqarishning noyobligi va texnologiyasi jahon qimmatbaho metallar bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi.

  • Texnogen chiqindilarni qayta ishlashning muhim jihatlaridan biri bu 7-GMZda mahsulot tannarxini sezilarli darajada pasaytiradigan maʼdan qazib olish va tashish xarajatlarining yo‘qligidir. Ushbu ishlab chiqarishning noyobligi va texnologiyasi jahon qimmatbaho metallar bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi.
  • O‘tgan davr mobaynida kombinat mutaxassislari tomonidan ushbu zavodni qurishga, loyihaning bir nechta bosqichida maʼdanni qayta ishlashga ixtisoslashgan oltita tegirmon bloklarini ishga tushirishga, eng muhimi, loyihani belgilangan muddatidan oldin bajarishga erishildi. 2020-yildan boshlab zavod mahsulot bera boshladi. Taʼkidlash joizki, 2020-yilda korxonani ishga tushirish davomida 3,3 mln tonnadan ortiq texnogen chiqindilar qayta ishlandi va tayyor mahsulot olindi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling