So`nggi guruhni yana g`arbiy va sharqiy kichik guruhlarga ajratadi. V. V. Radlov o`zining keyingi taraqqiyotlarida bu tasnifni qayta ishlab chiqadi, yana ham takomillashtiradi va turkiy tillarni to`rt guruhga bo`ladi


Download 0.58 Mb.
Sana10.11.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1761752
Bog'liq
O’zbek tili tarixini davrlashtirish

  • TAQDIMOTI
  • Nizomiy nomidagi
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti
  • O’zbek tili va adabiyoti fakulteti
  • 303-guruh talabasi
  • Eshtemirova Farangizning
  • O’zbek tili tarixi fanidan tayyorlagan
  • Mavzu: O’zbek tili tarixini davrlashtirish xususida o’zbek tilshunoslari dunyoqarashi
  • O`zbek tili o`zining tashkil topishi va shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab hozirgi kunlargacha juda murakkab taraqqiyot yo`lini bosb o`tdi. Asrlar davomida o`zbek tilida yuz bergan o`zgarishlar asta-sekinlik bilan, miqdor o`zgarishlardan sifat o`zgarishlarga o`tish yo`li bilan davom etdi, yuzaga keldi. hunga ko`ra tilning ichki qurilishidagi o`zgarishlar bilan bog`liq ravishda o`zbek tilining rivojlanishi jarayonida bir-biridan farq qiladigan turlicha davrlar ajratiladi.
  • Turkiy tillarni o`rganish va tasniflash asosan XIX asrdan boshlandi. Turkiy tillarni tasniflashda ko`proq jug`rofiy nuqtai nazardan asos qilib olinadi. Ma`lumi, jug`rofiy tasnifda qardosh tillarning xududiy yaqinligi yondosh yashash sharoiti nazarda tutiladi. Ammo ularning ba`zilarida bu hodisaga qisman rioya qilmaslik hollari ham seziladi. Turkiy tillarni ilk bor ilmiy nuqtai nazardan tasnif qilgan olim V.V.Radlovdir. U o`zining tasnifida turkiy tillarni uch guruhga bo`ladi:
  • 1) shimoliy guruh;
  • 2) janubiy guruh;
  • 3) qurama guruh.
  • So`nggi guruhni yana g`arbiy va sharqiy kichik guruhlarga ajratadi. V.V.Radlov o`zining keyingi taraqqiyotlarida bu tasnifni qayta ishlab chiqadi, yana ham takomillashtiradi va turkiy tillarni to`rt guruhga bo`ladi:
  • Sharqiy guruh (bunga oltoy va cho`lim tillari, xakas, shor, tuva va enasoy turklarining tillari kiradi);
  • G`arbiy guruh (bunga Sibir tatarlari, boshqird, tatar, qirg`iz, qozoq va qoraqalpoq tillari kiradi);
  • O`rta Osiyo guruhi (bunga uyg`ur va o`zbek tillari kiradi);
  • Janubiy guruh (bunga turkman, ozarbayjon va turk tillari kiradi).
  • A.N.Samoylovich esa turkiy tillarni tasnif qilishda fonetik prinsipga asoslanadi. U turkiy tillarni olti guruhga bo`ladi
    • R.guruhi. Bu tillarda qadimgi turkiy tildagi 3 tovush keyincha u ga o`tgan tovush r tovushi bilan aytiladi: azak – ayak (oyoq)- ura kabi. Bu guruhga eski bulg`or va hozirgi chuvash tillari kiradi.
    • D.guruhi. Bu tillarda z tovushi d tovushi bilan aytiladi. Bu guruhga uyg`ur, tuva, qaragaz, salar tillari, qadimgi uyg`ur va urxun-enasoy turklari kiradi.
    • Tau guruhi. Bu tillarda to`g` so`zi tau tarzida aytiladi. Bu guruhga oltoy, qirg`iz, ko`mik, qarachay-balqar, tatar, boshqird, karaim, nuqay, qozoq yoki umuman shimoliy-g`arbiy turkiy tillar kiradi.
    • 4. Taglik guruhi. Bunda so`z sShunday aytiladi. Bu guruhga eski o`zbek tili, hozirgi uyg`ur va o`zbek tillari – janubiy-sharqiy turkiy tillar kiradi.
    • 5. Taglik guruhi. Bunda so`z sShunday aytiladi. Bu guruhga Xorazm o`zbek tili shevasi, qipchoq-turkman tillari kiradi.
    • 6. Ol guruhi. Bunda bo`l fe`li o`l tarzida aytiladi. Bu guruhga ozarbayjon, turk, gagauz kabi janubiy g`arbiy turkiy tillar kiradi.
  • Turkiy tillarni tasniflash taraqqiyot tarixini davrlashtirish bilan bog`liq ravishda o`zbek tili tarixi ham olimlar tomonidan turlicha davrlashtirilgan. Jumladan, S.E.Malov o`zbek tili tarixini uch davrga bo`lib o`rganadi:
  •  
  • Uyg`ur tili
  • Chig`atoy tili
  • Uyg`ur tili
  • A.N. Samoylovich o`zbek tilining tarixini uch davrga bo`ladi:
  • 1. Qoraxoniylar davri tili (X-XI). Bu davr koraxoniylar davlatida shakllangan va keng qullangan sharqiy turkiy adabiy til va shu tilda yoziladigan asarlar bilan ajralib to`radi.
  • 2. O`g`iz- qipchoq tili (XII-XX asrlar). Bu davr Xorazmda o`g`iz-qipchoq dialekti negizida rivojlangan g`arbiy turkiy adabiy til hamda bu erda yaratilgan asarlar bilan bog`langan.
  • 3. O`rta Osiyo turkiy tili (XIV-XX asrlar). Bu davr tili shu asrlar davomida turkiy- eski o`zbek tilida yaratilgan asarlar bilan bog`langan. Hozirgi o`zbek tili esa O`rta Osiyo turkiy tilining davomi deb qaraladi.
  • G.Abduraxmonov o`zbek tili tarixini quydagicha davrlashtiradi.
      • eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo`lgan davr).
      • Qadimgi turkiy til (VII-XI asrlar)
      • Eski turkiy til (XI-XIII asrlar)
      • Eski o`zbek tili.(XIV-XIX asrlar)
      • Yangi o`zbek tili (XIX-XX asrlar)
  • VI. Hozirgi zamon tili.
  • Yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagicha davrlashtirish mumkin:
  • Qadimgi turkiy adabiy til davri(VII asrdan-XIII-asrgacha)
  • Eski o`zbek tili davri (XIII-XIX asrlar)
  • Hozirgi o`zbek tili davri (XIX-XX asrlar)
  • ADABIYOTLAR:
  •  
  • Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982.
  • Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984.
  • Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966.
  • Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971.
  • www.ziyonet.uz

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling