Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti


Ishlab chiqarish resurslarining manbaiga ko‘ra


Download 4.82 Mb.
bet139/277
Sana23.11.2023
Hajmi4.82 Mb.
#1795370
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   277
Bog'liq
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2022

2. Ishlab chiqarish resurslarining manbaiga ko‘ra:
- ichki xarajatlar;
- tashki xarajatlar.
3. Maxsulot ishlab chiqarish xajmining o‘zgarishiga nisbatan:
- doimiy xarajatlar;
- o‘zgaruvchan xarajatlar.
4. Maxsulot tannarxiga olib borilishi jixatidan:
- bevosita xarajatlar;
- bilvosita xarajatlar.
5. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan:
- maxsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
- davr xarajatlari;
- moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar;
- favkulodda zararlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog‘liq kuyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
- bevosita moddiy xarajatlari;
- bevosita mexnatga xaq to‘lash xarajatlari;
- ishlab chiqarishga taallukli ustama xarajatlar.
Bevosita maxsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajat turlari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:
- maxsulotni sotish bilan bog‘liq xarajatlar;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
- favkulodda zararlar kiradi.
- tashki xarajatlar, o‘z maxsulotini ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni o‘z ichiga oladi (xomashyo, yoqilg‘i, transport, aloka, solik to‘lovlari).
- ichki xarajatlar, binolar, asbob-uskunalar va boshqa sarflarning xammasini o‘z ichiga oladi.




8.1-rasm. Xarajatlarning turkumlanishi
Xarajatlarning tarkibiy tuzilishi, ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liqligi doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni paydo etadi.
O‘zgarmaydigan xarajatlar - doimiy xarajatlardir. Bularga renta to‘lovlari, qarz foizi, reklama, ijara xaqi, oldindan to‘lanishi ko‘zda tutilgan maoshlar kiradi.
O‘zgaruvchan xarajatlar deb, ishlab chiqarish xajmiga nisbatan to‘g‘ri proporsional bo‘lgan xarajatlarga aytiladi.
Ularga ish xaqi, xomashyo, yoqilg‘i, tashish xarajatlari va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarish xajmi oshsa, bu xarajatlar ortadi, ishlab chiqarish xajmi kamaysa, xarajatlar kamayadi.

Download 4.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling