Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat korxonasi navoiy davlat konchilik instituti
Sanoat mahsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
Download 4.82 Mb.
|
(Lotin) Soha iqt va men-UMK-2022
6. Sanoat mahsulotlarining tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari.
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko‘rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashkari xarajatlarni tejash maxsulot tannarxini pasaytirishning muhim manbalari xisoblanadi. Material, yoqilg‘i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, kimmatbaxo materiallarni arzon, lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflarni qisqartirish kerak bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma`muriy-boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag‘larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi. Unumsiz xarajatlarni (jarima to‘lash, penya va x.k.) tugatish maxsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyatga ega. Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni uyushtirishni yaxshilash maxsulot tannarxini pasaytirishni ta`minlovchi omil xisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti maxsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish, avtomatlashtirish, kimyolash maxsulot tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytiradi. Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko‘rsatkichlari - ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, maxsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o‘z aksini topadi. Maxsulot tannarxini xisoblashdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - uni ishlab chiqarishga sarflangan xaqiqiy xarajatlarni tegishli xujjatlarda o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli aks ettirish xamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘rnatishdir. Baxo kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor kategoriyasi bo‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jixatdan asoslangan baxo va baxolash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri xisoblanadi. Baxo bamisoli barometr kabi bozor xolatini ko‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga ko‘yiladi. Baxo-tovar qiymatining puldagi ifodasidir.Baxoning turlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari kuyidagilardir: ulgurji baxolar. Ular firmalar o‘z maxsulotlarini katta xajmda boshqa firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganligida ko‘llaniladi. Ulgurji baxo korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini koplashni, zarur foyda olishni ta’minlanishi zarur; chakana baxolar. Ulardan tovarlami bevosita iste’molchilarga sotishda foydalaniladi. Bu baxolarga davlat savdosi, xususiy shaxsiy mulk egalari do‘konlari va bozorda yuzaga kelayotgan baxolar kiradi. CHakana baxo darajasi aholining real daromadlari bilan belgilanadi. xarid baxolari qishloq xo‘jaligi maxsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi. dunyo baxolari xalqaro savdo munosabatlarida ko‘llaniladi. Baxolar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga o‘z vazifa- lari orqali ta’sir etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfxing pulda ifodalanishi baxoni xosil qiladi. Bozorda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bo‘lganidan narxning shakllanishida xar ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fukarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi korxonalarni tushunamiz. Baxolaming asosiy turlariga kuyidagilar kiradi: " ulgurji baxolar. Tovarlar ko‘tarasiga katta miqdorda sotilganda bu baxolardan foydalaniladi. Bunday baxoni asosan ulgurji savdo-sotik olib boriladigan savdo markazlarida uchratish mumkin. " chakana baxolar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi. Bu baxo o‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini oladi. " nufuzli baxolar. Bu baxolardan obro‘ talab iste’molchilarga tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda foydalaniladi. " dotatsiyali baxolar. Bunda tovarlar davlat byudjeti xisobidan arzonlashtirilgan baxolarda olinadi. " davlat baxolari. Bu ishlab chikaruvchilarga davlat tomonidan buyurtma berilganda ko‘llaniladi. " mavsumiy baxolar. Bu mavsumiy ishlab chikariladigan tovarlarga belgilanadi. " milliy va jaxon baxolari-alohida tovaming baynalminal xarajatlari. Bunda jaxon bozoridagi talab va taklif nisbati xisobga olinadi. " standart baxolar. Xaridor cho‘ntagidagi pulga karab, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan kat’iy standart narxlar ko‘llaniladi. " preyskurant baxolar. Bu baxolar sotuvchi uchun mo‘ljal baxo, xaridor uchun bildirishlik yoki ma’lumot baxo xisoblanadi. " ishlab chikargan maxsulotni sotish uchun muzoqaralarga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o‘zi uchun makbul bo‘lgan baxo ko‘rsatkichlarini aniqlashga xarakat qiladi. SHu maqsadda u baxoni uchga ajratadi. YA’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va obektiv baxo. " maksimal baxo - (sotuvchi nuktai nazaridan) - bu muzoqaralarni shu baxodan boshlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichidir. " minimal baxo - (ko‘shilishi mumkin bo‘lgan eng past baxo) - bu tovar narxining shunday ko‘rsatkichiki, tadbirkor muzoqaralar davomida undan tushmaslikka xarakat qiladi. " ob’ektiv baxo - bu, tarkibida o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan u yoki bu tovaming o‘rtacha baxosidir. Download 4.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling