Navoiy kon metallurgiya kombinati Kelishilgan: Tasdiqlayman: nkmk kuk raisi nkmk bosh muhandisi


Download 113.04 Kb.
bet12/18
Sana25.07.2023
Hajmi113.04 Kb.
#1662270
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan O‘zbekiston Resp-fayllar.org (1)

17.4. Asosiy ish joyidan uzoqdagi yer osti kon qazilayotgan joylariga, faqat ushbu joylar texnik (kon) nazorat shaxsi tomonidan ko‘rib chiqilgandan keyin, bir vaqtning o‘zida ikkitadan kam bo‘lmagan tajribali ishchilarni jo‘natishga ruxsat etiladi. Malaka darajasining yetarliligi naryad beruvchi shaxs tomonidan aniqlanadi. Asosiy ish joyidan uzoqdagi kon qazilayotgan joylarining ro‘yxati har chorakda shaxtaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.
17.5. Portlatish ishlari portlatuvchilar tomonidan, texnik (kon) nazoratning portlatish ishlariga rahbarlik (yuritishga mas’ul) huquqi mavjud bo‘lgan shaxsi rahbarligi ostida “Portlatish ishlarida xavfsizlikning yagona qoidalari” va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarning talablariga muvofiq yozma naryadlar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
17.6. Konchilik mashinalarida (ekskavatorlar, burg‘ilash dastgohlari, konchilik-qazish kombaynlari va boshqalarda) doimo yuritish tartibi karer (kon) rahbariyati tomonidan aniqlanadigan Smenani qabul qilish-topshirish kitobi bo‘lishi kerak, uni to‘ldirishning to‘g‘riligi esa vakolatiga kiradigan uchastkalarning rahbar va mutaxassislari tomonidan muntazam tekshirilishi kerak.
17.7. Kon-transport uskunasining elektr va mexanik qismlarini ta’mirlashga naryadlar konning (shaxtaning) tegishli xizmatlari va uchastkalari rahbarlari (mutaxassislari) tomonidan iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda XTQ (xavfsizlik texnikasi qoidalari), uskunani ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalar, rejali-ehtiyot ta’mirlashlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom va shu kabilarga muvofiq rasmiylashtiriladi. Ijrochilarni ta’mirlash ishlariga qo‘yish kon ustasining buyrug‘i bo‘yicha smenani qabul qilish-topshirish jurnaliga yozgan holda, konchilik mashinasining (mexanizmining) mashinisti tomonidan amalga oshiriladi.
17.8. Naryad bo‘yicha ishlarni tashkil qiluvchi va nazorat qiluvchi hamda bevosita ularga rahbarlik qiluvchi shaxslar naryad bo‘yicha ishlarning borishini kuzatib turishlari va smena boshlig‘i (dispetcher) bilan doimo aloqada bo‘lishi shart. Konchilik ishlarini olib boruvchi bo‘linmaning bosh muhandisi qarori bo‘yicha, tezkor axborotlar o‘tishi va ma’lumotlarni (vaqt, hajm, manba va oluvchi) taqdim etishning tartibi (sxemasi) aniq hujjat bilan aniqlanishi mumkin.
17.9. Smena boshliqlari va kon (shaxta) dispetcherlari kon qazilayotgan joylaridagi ish joylariga bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan jadval va ishlab chiqarish zaruriyati bo‘yicha borishlari kerak.

Download 113.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling