Navoiy kon metallurgiya kombinati Kelishilgan: Tasdiqlayman: nkmk kuk raisi nkmk bosh muhandisi


Download 113.04 Kb.
bet8/18
Sana25.07.2023
Hajmi113.04 Kb.
#1662270
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Naryad tizimi” to‘g‘risidagi Nizom Kelishilgan O‘zbekiston Resp-fayllar.org (1)

16.4.2. Mas’ul ijrochi va brigada a’zolari imzolari bilan ishlar va naryadni xavfsiz amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni olganliklarini tasdiqlaydilar.
16.4.3. Naryadni ijroga qabul qilgan rahbar (ishlar rahbari) va ijrochilar, shu jumladan ishlar mas’ul ijrochisi uchun ishlarni bajarishga naryad buyruq kuchiga ega bo‘ladi.
16.4.4. Sog‘ligi yo‘qligi, spirtli ichimliklar, narkotik yoki toksinli moddalardan mastlik belgilari bo‘lgan xodim tibbiy tekshirishga jo‘natilishi kerak. Uni ishga qo‘yish tibbiy xizmat mutaxassisining, xodimning sog‘ligi holati to‘g‘risidagi yozma xulosasidan keyin mumkin bo‘ladi.
16.4.5. Ijrochilarni ishlarni bajarishga naryad bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga qo‘yish:
16.4.6. Ijrochilarni naryad bo‘yicha ishlarni amalga oshirishga qo‘yish, bo‘linmalarda amaldagi normativ-texnikaviy hujjatlarning talablariga muvofiq naryadni qabul qilgan rahbar yoki uning topshirig‘i bo‘yicha ishlar mas’ul ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
16.4.7. Agar ishlarni amalga oshirish bitta ijrochiga topshirilgan bo‘lsa, unda u ish joyini, jihozlarni, instrumentlar va shu kabilarni ko‘rib chiqqandan hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin ishlarni boshlash haqidagi qarorni mustaqil ravishda qabul qiladi.
16.5. Naryad bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni tashkil etish:
16.5.1. Naryadni ijroga qabul qilgan ishlar rahbari o‘zining baholashi bo‘yicha mas’ul ijrochi o‘z vazifalarini bajarish holatida bo‘lmagan vaziyatda yoki boshqa ishlab chiqarish hollarida barcha ishlarga yoki alohida operatsiyalarni bajarishga rahbarlik qilishni o‘z zimmasiga olish huquqiga ega.
16.5.2. Naryadni ijroga qabul qilgan rahbar, mas’ul ijrochi va brigada a’zolari naryadni uning mazmuni bilan aniq muvofiqlikda amalga oshirishlari, shuningdek naryadni o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning ko‘rsatmalarini, ularni keyinchalik naryadlarni berish kitobiga kiritgan holda bajarishlari kerak.
16.5.3. Brigada a’zolari o‘zlarining ishlarni to‘xtatish yoki qisqa vaqtga ish joyidan ketish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarini ishlar mas’ul ijrochisi bilan kelishishlari kerak.

Download 113.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling