Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti «energo-mexanika»


Download 198 Kb.
bet26/41
Sana08.01.2022
Hajmi198 Kb.
#239977
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
3 курс Amaliy mashg`ulotlar

6-Amaliy mashg’ulot

Tish ochuvchi uchun ishchi joyidagi yo’riqnomalar bo’yicha talablar

Reja:

1. Xavfsizlikning umumiy talablari.

2.Ish boshlashdan oldingi xavfsizlik talablari

3.Ish vaqtidagi xavfsizlik talablari

4.Avariya vaziyatlardagi xavfsizlik talablari

5.Ish tugagandan keying xavfsizlik talablari


XAVFSIZLIKNING UMUMIY TALABLARI

1. Yo'riqnoma tish ochish stanoklarida silindrik va konussimon shesternyalarga, tishli g'ildiraklarga frezalash, zarb bilan o'yib ishlov berish, nusxalash va bosish usullari bilan ichki va tashqi tishlar kesish, mustaqil ravishda ularni sozlash ishlarini bajaruvchi tish qirquvchilar uchun mo'ljallangan.

2. Tish ochuvchi bo'lib ishlashga ruxsat etiladigan shaxslar:

2.1. 18 yoshdan kichik bo'elmaganlar;

2.2. Tibbiy ko'rikdan o'tganlar;

2.3. Kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lganlar, "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq ushbu ishlarning xavfsiz usullari va yo'llari

bo'yicha o'qiganlar, bilimlari tekshirilgan va belgilangan shakldagi guvohnomani olganlar;

2.4. Tish qirqish stanoklarini sozlashga beshinchi va undan yuqori razryadli tish ochuvchilarqo'yiladi;

2.5. Kirish instruktaji va bevosita ish joyida "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq texnika xavfsizligi bo'yicha instruktaj o'tganlar.

2.6. Yuk ko'tarish mexanizmlari, charxlash stanoklari bilan ishlash zaruriyati uchun "Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq o'rnatilgan tartibda qo'shimcha mehnat muhofazasi bo'yicha maxsus o'qish va instruktaj o'tganlar;

3. Tish ochuvchi qo'yidagilarga majbur:

3.1. Korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnat va dam olish rejimini bajarish;

3.2. Belgilanmagan joylarda chekmaslik va korxona territoriyasida spirtli ichimlik ichmaslik;

3.3. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarish;

3.4. Ish vaqtida o'zi bilan birga, ishlarni bajarishning xavfsiz usullari va yo'llari bo'yicha bilimni sinash haqidagi guvohnomaga ega bo'lish;

3.5. Korxonada amal qiluvchi normalarga muvofiq berilgan maxsus kiyimdan, maxsus poyafzaldan hamda saqlovchi moslamalar va himoya vositalaridan foydalanish;

3.6. Yongin xavfsizligi talablarini bajarish;

3.7. Baxtsiz hodisalar ro'y berganda jabrlanganlarga vrach kelguncha yordam berishni bilish, voqea sodir bo'lgan joyda, imkoni boricha vaziyatni saqlab turish va bu haqida bevosita rahbariga xabar berish;

3.8. Ishni bajarish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;

3.9. Ustaga stanokning aniqlangan nosozliklari va boshqa xavfsizlik talablari buzilishi to'g'risida xabar berish va tegishli choralar ko'rilmaguncha ishga kirishmaslik;

3.10. Ishlayotgan stanokni ekspluatasiya qilish bo'yicha yo'riqnomani bilish va bajarish.

3.11. Elektr toki kuchlanishi ta'siri ostidagi shaxslarni qutqarish yo'llarini va ularga birinchi yordam ko'rsatish usullarini bilish;

3.12. Yong'in o'chirish vositalaridan foydalanishni bilish;

3.13. Elektr va yong'in xavfsizligi talablarini bajarish;

4. Tish ochuvchining ish joyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari quyidagilar hisoblanadi:

4.1. Aylanuvchi mexanizmlar va detallar;

4.2. Elektr tokidan shikastlanish xavfi;

4.3. MSS (moylovchi- sovituvchi suyuqliklar);

4.4. Detallarni tushib ketishi.

5. Ushbu yo'riqnoma talablarini bajarmaslik ishlab chiqarish intizomiga rioya qilmaslik hisoblanadi, bunda aybdorlar NKMK ishchilari uchun ichki mehnat tartib qoidalariga muvofiq o'rnatilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling